2. Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar olish usullari


Riforming katalizatidan aromatik uglevodorodlarni dieti- lenglikol (DEG) yordamida ekstraksiyalash prinsipial sxemasi


Download 326.12 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi326.12 Kb.
#1021195
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlar asosida sintezla

Riforming katalizatidan aromatik uglevodorodlarni dieti- lenglikol (DEG) yordamida ekstraksiyalash prinsipial sxemasi.
1–xomashyo tayyorlash rektifikatsion kolonnasi; 2–ekstraksion kolonna; 3–dearomatizatsiyalangan katalizatni yuvish kolonnasi; 4–dearomatizatsiyalangan katalizat kolonnasi; 4.1–aromatik uglevodorodlarni yuvish kolonnasi; 5–bug‘latish kolonnasi; 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigi.


Riforming katalizati 1-rektifikatsion kolonnaga oson qaynovchi fraksiya (58ºC)dan haydash orqali ajratish uchun yuboriladi. Frak siyaning og‘ir qismi kolonnaning quyi qismidan 2–ekstraksion ko lonnaga kirib keladi. Kolonnaning yuqori qismiga DEGning suv li eritmasi beriladi. Maksimal selektivlikni ta’minlash maqsadida 2–kolonnaga 5–kolonna pastidan retsirkulat yuborib turiladi. 2–kolonna tepasidan olinadigan rafinat 3–kolonnaga yuvish uchun yuboriladi, pastidan esa ekstrakt 5–bug‘latgich kolonnaga jo‘natiladi. Haydab ajratib olingan aromatik uglevodorodlar 5–kolonnaning te pasidan 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigiga keladi, bu yerdan esa ajralgan suv 3 va 4–yuvish kolonnalariga ketadi.
Аromatik uglevodorodlar aralashmasining bir qismi 5–kolon- nadan ekstraksion kolonnaga qaytariladi qolgan qismi esa 4–yuvish kolonnasi orqali puxta rektifikat- siyaga yo‘naltiriladi. 3–kolonnanig tepa qismidan dearomatlashtirilgan katalizat olinadi. Benzol, toluol, ksilollarni ajratib olinish darajasi ularni ilk xom- ashyodagi miqdoriga qarab 93–99% ni tashkil qiladi. DEG: xom- ashyoning og‘irlik nisbatlari 10:1 dan 14:1 gacha bo‘ladi. DEG bilan ekstraksiya qilishning kamchiliklari: ekstragent sar fining kattaligi, regeneratsiya qilishga yuqori energetik sarflar, uni yetarli bo‘lmagan yuqori selektivligi.
Хorijda ekstragent sifatida trietilenglikol, sulfolan, monometilfor mamid, N–metilpirrolidonni suvdagi eritmasi ishlatiladi.


Ekstrfaol distillatsiya
Ekstrafaol distillatsiyaning tub mohiyati quyidagicha bo‘ladi. Ekstrfaol distillatsiya uchinchi komponent – fenol ishtirokida olib boriladi. Аromatik uglevodorodlar bilan birga fenol kolonna kubida aromatikaning uchuvchanligi pasayishi hisobiga qoladi.
Fenoldan aromatika haydash orqali ajratib olinadi, fenol esa jarayonga qaytariladi. Ekstrfaol distillatsiyaning soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan:






Download 326.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling