2-novdalar o‘sishi va shoxlanishi test savollari


Download 40.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi40.5 Kb.
#1061931
Bog'liq
2-TEST NOVDALAR O‘SISHI VA SHOXLANISHI.

2-NOVDALAR O‘SISHI VA SHOXLANISHI TEST SAVOLLARI


1. Shoxlanishning qaysi turida o'sish nuqtasining bir hil o'sishi tufayli 2ta kurtak hosil bo'ladi va ayrisimon shoxchalar rivojlanadi?
A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

2. Uchki kurtakning o'sishdan to'xtab, yon kurtaklar o'sib, uchki kurtakdan katta bo'lib ketishi hisobiga hosil bo'ladigan shoxlanish qanday nomlanadi?


A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

3. O'simlikning uchki o'sish nuqtasi o'sishni to'xtatmagan holda , undan pastroqda yuqoriga o'suvchi novdalar paydo bo'ladigan shoxlanish qanday nomlanadi?


A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

4. Qaysi shoxlanish turida o'simlik yon tomonga o'sib ketadi?


A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

5. Qarag'ayda shoxlanishning qaysi turi uchraydi?
A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

6. G'o'zada dastlab qanday shoxlanish uchraydi?


A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

7. Novdaning pastdan yuqoriga o'sishi qanday nomlanadi?


A. Bazipetal B. Akropetal C. Loteral D. Terminal

8. Novdaning yuqoridan pastga o'sishi qanday nomlanadi?


A. Bazipetal B. Akropetal C. Loteral D. Terminal

9. Qaysi o'simlikning bargida kurtak hosil bo'ladi?


A. Begoniya B. Rosyanka C. Briofillium D. B va C

10.Bir yilda bir necha marta yangidan rivojlanadigan novdalar qanday nomlanadi?


A. Yillik novda B. Ajraluvchi novda
C. Elementar novda D. Tinimdagi novda

11. Kuchli yon novdalar asosiy novdaning o'rta qismida rivojlanishi qanday nomlanadi?


A. Mezaton B. Akroton C. Baziton D. B. J. T

12. Novdalar o'zining manfiy geotropizmini saqlagan holda rivojlanishi qanday nomlanadi?


A. Plageotrop B. Ortotrop C. Anizatrop D. Izatrop

13. Terakda qanday shoxlanish uchraydi?


A. Simpodial B. Soxta dixotomik
C. Dixotomik D. Monopodial

14. Tinimdagi kurtaklardan qisqa bo'g'imli gul hosil bo'lishi qanday nomlanadi?


A. Kaulifloriya B. Gabistus C. Plageotrop D. Anizatrop

15. Yo'nalishini o'zgartirib , uchki qismi yuqoriga qarab o'sa boshlagan novda qanday nomlanadi?


A. Plageotrop B. Ortotrop C. Anizatrop D. Izatrop

16. Pseudodixotomik shoxlanishda ...


A. Asosiy poya ma'lum vaqtdan so'ng o'sishdan to'xtaydi
B. Qo'shaloq shoxchali to'pgullarda uchraydi
C. Ayrisimon shoxchalar hosil bo'ladi
D.Yon shoxlar asosiy o'q tomonga qarab o'sadi

17. Kelib chiqishi turlicha bo'lgan, muhitga moslashishi jihatidan o'xshash belgilari bo'lgan organizmlar qanday nomlanadi?


A. Plageotrop B. Konvergentlar
C. Kauliforiya D. Gabitus

18. Gabitus nima?


A. Tinimdagi kurtak B. Qisqargan novda
C. Shoxlanish turi D. Tashqi ko'rinish

19. Abortiv organ nima?


A. Tuzilishi bir hil, vazifasi xar hil organlar
B.Vazifasini o'zgartirib, boshqa vazifaga moslashgan organ
C. Butunlay yo'qolib ketgan organ
D. Kelib chiqishi bir hil, vazifasi xar hil organlar

20. Kelib chiqishi bir xil, lekin tuzilishi, shakli va bajaradigan vazifalar xar xil bo‘lgan organlar qanday organlar deb ataladi?


A. Abortiv organlar B. Analogik organlar
C. Gomologik organlar D. Dixotomik organlar

21. Gledichiyaning tikani nimaning o'zgarishidan hosil bo'ladi?


A. Bargning B. Novdaning C. Poyaning D. Yon bargning

22. Organizmlarda turga xos bo'lmagan, lekin ajdodlarga xos bo'lgan belgilarning takrorlanishi qanday nomlanadi?


A. Abortiv organlar B. Analogik organlar
C. Gomologik organlar D. Atavizm

23. Ajraluvchi kurtaklar qaysi o'simlik uchun xos?


A. Begoniya B. Rosyanka C. Briofillium D. B va C

24. Elementar novda qaysi o'simliklarda uchraydi?


A. Gledichiya B. Rosyanka C. Geveya D. Begoniya

25. Kauliforiya qaysi o'simliklarda kuzatiladj?


A. Gledichiya B. Kakao C. Geveya D. Begoniya

26. Ekzogen holda hosil bo'luvchi kurtaklar joylashishiga ko'ra qanday nomlanadi?


A. Loteral B. Appikal C. Terminal D. Interkolyar

27. Novdaning bo'g'im oralig'i nimaning hisobiga bo'yiga o'sadi?


A. Loteral meristema B. Yog'ochlik
C. Lub D. Interkolyar meristema

28. Yon novdalari rivojlanmaydigan o'simliklarni aniqlang?


A. Qizil tikan, Yetmak B. Oqquray, Beh
C. Yuka, Agava D. Kaktus, Temirtikan

29. Ko'p va tez shoxlanadigan o'simliklarni aniqlang?


A. Qizil tikan, Yetmak B. Oqquray, Beh
C. Yuka, Agava D. Kaktus, Temirtikan

30. Agar novdaning kuchli rivojlangan yon novdalari asosiy poyaning uchki qismiga yaqin joylashsa, bunday shoxlanish ... eyiladi.


A. Mezaton B. Akroton C. Baziton D. B. J. T
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling