2-oktabr — Grigoriy taqvimida yilning 275- (kabisa yilida 276-) kuni. Yil yakuniga 90 kun qoladi
Download 14.53 Kb.
|
2-oktabr kun tarixi
2-oktabr — Grigoriy taqvimida yilning 275- (kabisa yilida 276-) kuni. Yil yakuniga 90 kun qoladi. 1187 — Quddus qamali. 1527 — Marburg munozarasi (suratda). 1941 — vermaxt Moskvaga bostirib kelishni boshladi. 1944 — Varshava qoʻzgʻoloni bostirildi. 1980 — bokschi Larry Holmes Muhammad Ali ustidan gʻalaba qozondi. 2014 — Toshkentda Inha universiteti ochildi. 1866-yil — rus qo‘shinlari Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kirdi va O‘ratepa shahrini ishg‘ol qildi. 1913-yil — qurilish sohasidagi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abbos Ashrabov tavallud topdi. U zilzilabardosh binolar yaratishga asos solgan olimlardan biri. 1924-yil — Butun Xorazm xalq vakillarining beshinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1949-yil — bokschi, xizmat ko‘rsatgan sportchi, 1974-yilda 75 kg vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Rufat Risqiyev tavallud topdi. U 1999-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 1990-yil — huquqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Otaboy Eshonov (tavalludi — 1916-yil) vafot etdi. 1995-yil — O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarboyjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 1996-yil — Shavkat Rahmon taxallusi bilan ijod qilgan shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shavkat Rahmonov (tavalludi — 1950-yil) vafot etdi. 2000-yil — rangtasvir ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi Lutfulla Abdullayev (tavalludi — 1912-yil) vafot etdi. U 1995-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati bo‘lgan, 1999-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2-oktabr Gvineya Respublikasi Mustaqillik kuni 2-oktabr Moskva osmonida havo shari paydo bo'lgan kun Uni sobiq Fransiya inqilobiy armiyasi zobiti Andre Jak Garneren boshqardi. U 1797-yilning 22-oktyabrida yer yuzida birinchi bo'lib parashyuddan sakragandi. Mongol’f’er (1783-yilda birinchi bo'lib aka-uka Mongol’f’elar tomonidan samoga uchirilgan havo shari sharafiga shunday nomlandi) 17-25 da havoga ko'tarildi va taxminan 30 km masofani bosib o'tib bir soatdan keyin Ostaf’evo qo'rg'oniga kelib qo'ndi. 2-oktabr Buyuk hind faylasufi Mahatma Gandi tavallud topgan kun Gandi Moxandas Karamchand 1869-yil 2-oktabrda Gujarot viloyatida tavallud topgan. Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni "Mahatma” ("Buyuk qalb”) deb ataydi. Uning nomi bilan bog’liq bo’lgan gandizm ta'limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya-Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling