5. Huquqshunos olim Z. M. Islomovning ilmiy ishlarida qayd


Download 15.21 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi15.21 Kb.
#1748142
Bog'liq
Axloq


5. Huquqshunos olim Z.M.Islomovning ilmiy ishlarida qayd
etilishicha, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquq va axloq
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumki, huquq va axloqning bir
necha farqli jihatlari bo‘lib, shakllanish usullari va manbalari, ta’minlash
usullari, ifoda etish shakliga ko‘ra, shuningdek, kishilar ongiga ta’sir etish
xususiyatiga qarab hamda inson xulq-atvoriga nisbatan qo‘yiladigan
talablar darajasi bo‘yicha farqlari mavjudligi keltirib o‘tilgan.
Boshqa huquqshunos olimlarning asarlarida esa, axloq ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon
etilgan. Huquq va axloqning o‘zaro nisbati nimada?

1. Axloq normalari deganda qanday normalarni tushunasiz?


2. Huquqni boshqa ijtimoiy normalardan farqli jihatlarini yoritib
bering?
3. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ahloq normalari qanday
amaliy ahamiyatga ega?
4. Huquq va axloq normalarining urf-odat va korporativ normalari
bilan o‘zaro aloqadorligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
Javob;
Axloq-kishilarning bir-birlariga ,oila va jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan harakatlari ,xulqatvori,odoblari majmui.
Axloq (arabcha xulqning koʻpligi; lotincha moralis – xulq-atvor) – maʼnaviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, maʼnaviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi oʻzaro munnosabat, shuningdek jamiyatga boʻlgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan meʼyor va qoidalar yigʻindisi. Axloq – bu avvalo insof va adolat tuygʻusi, iymon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon boʻlishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli boʻladi, vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham oʻzini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning feʼl-atvori va faoliyatida oʻz ifodasini topadi. Bunda baʼzi xattiharakat va xulq-atvorlar axloqiy, baʼzilari axloqsizlik deb baholanadi. Axloq – ijtimoiy ongning eng qadimiy shakllaridan biri. Davr oʻzgara borgani sari har qanday hodisa kabi axloq ham oʻzgaradi, rivojlanib, takomillashib, maʼnaviy madaniyatning koʻrinishlaridan biriga aylanib boradi. Uning axloq bilan aloqador “burch”, “vijdon”, “or-nomus” kabi qator kategoriyalari mavjud. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan oʻz talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq meʼyorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrugʻi bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon boʻladi. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida axloqning oʻziga xos meʼyor va qoidalari (mehnat axloqi, xizmat koʻrsatish axloqi, kasbiy, tadbirkorlik, diplomatiya etikasi, maishiy turmush, oila axloqi) mavjud va ular axloqning nisbatan mustaqil sohalarini tashkil etadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yigʻindisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga boʻlgan munosabatda axloq belgilari namoyon boʻladi. Inson xatti-harakati va xulqidagi yoʻnalishlar, eng muhim belgilar mujassamlashib, shaxs faoliyatida, uning kamol topishida axloqning asosi boʻlib xizmat qiladi. Xalqimiz axloqiy tafakkur bobida boy merosga ega.Axloqiy normalarga rioya qilish har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan qonundir. Sababi, axloqiy normalar bizni inson sifatida ko‘rsatib beruvchi ko‘zgulardan biridir. Insonni inson sifatidagi darajasi uning tarbiyasi va mana shu tarbiyasiga bog‘liq bo‘lgan holda axloqiga ham daxldordir. Axloq esa axloqiy normalar bilan tartibga solib turiladi.
Download 15.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling