Z m islomovning ilmiy ishlarida qayd etilishicha, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquq va axloq muhim hisoblanadi. Ammo ularning bir necha farqli jihatlari bo‘lib, shakllanish usullari va manbalari, ta’minlash usullari, ifoda etish shakliga
Download 22.26 Kb.
|
umid
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.V Kudryavsevning ilmiy ishlarida esa axloq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘llanilishiga e’tibor beriladi.
- Birinchi muammo
Z.M Islomovning ilmiy ishlarida qayd etilishicha, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquq va axloq muhim hisoblanadi. Ammo ularning bir necha farqli jihatlari bo‘lib, shakllanish usullari va manbalari, ta’minlash usullari, ifoda etish shakliga ko‘ra, kishilar ongiga ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra, inson xulq atvoriga nisbatan qo‘llaniladigan talablar darajasi bo‘yicha farqlari mavjudligi keltirib o‘tilgan. I.V Kudryavsevning ilmiy ishlarida esa axloq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘llanilishiga e’tibor beriladi. Avvalo, ijtimoiy munosabatlar tushunchasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Ijtimoiy munosabatlar – bu ijtimoiy subyektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoy subyektlar, ya’ni shaxslar va ularning uyushmalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shu jihatdan olganda, insonning o‘zi yaratgan sun’iy obyektlari va tabiat ne’matlari (o‘simlik va hayvonot dunyosi)dan foydalanishini ijtimoiy aloqalar sifatida tavsiflab bo‘lmaydi. Bundan shuni tushunsak bo‘ladiki, hozirgi davrning eng zo‘r ixtirosi bo‘lmish sun’iy intellekt bilan bo‘ladigan aloqalarni ham ijtimoiy munosabatlar deb hisoblolmaymiz. Birinchi muammo: Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquq va axloq o‘ziga xos va farqli jihatlarini yoritib bering. Ikkinchi muammo: Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang. Birinchi muammoga huquiqy yechim beradigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquq va axloq asosiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun normativ hujjatlar qabul qilishimizga qaramay, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib bo‘lmaydigan munosabatlar ham mavjud. Masalan, biron-bir insonni haqorat qilishni oladigan bo‘lsak, haqoratning mazmunini axloqiy jihatdan o‘rganiladi. Sababi qonun hujjatlarida haqorat qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik mavjud, lekin uning mazmuni-mohiyati jihatdan e’tiborga olinsa balki u ma’muriy jazo chorasi noo‘rin bo‘ladi. Huquq bilan axloqning umumiy jihatlari ham mavjud. Bular quyidagilar: Ularni birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir; Falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq – ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bog’liq bo‘lgan usqurma kategoriyalardir; Huquq va axloq normativ mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat birdan-bir boshqarosh obyektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va ularning jamoalariga yo‘naltirilgan; Huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uyg’unlashtirish vositasi sifatida maydonga chiqadi; Inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular shaxs irodasining erkinligi va xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi; Huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa, ya’ni ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish vazifalarini ko‘zda tutadi. Birinchi umumiy jihatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, huquqshunos olim Sh.A Saydullayev ta’kidlashicha: “Ijtimoiy hayotda tartibga solish- odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo‘nalishlar berish, uni aniq maqsadni ko‘zlagan holda muayyan bir qolipga tushirish demakdir”1. Ya’ni odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda axloq va huquq teng ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquq va axloqning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi ma’lum bir tizimga asoslangan. Masalan, huquqda normalar ekologik, suv, yer, ma’muriy, oila, jinoyat va boshqa sohalarga ajratilgan. Ikkinchi umumiy jihatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular shaxs irodasining erkinligi va xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, huquq va axloq ma’lum bir ijtimoiy hodisalar yuzasidan fuqarolarning imkoniyatlarini cheklasa, boshqa sohalarda ularga keng erkinliklar yaratib beradi. Masalan, iqtisodiyot sohasida kuchli cheklovlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan so‘z erkinligi sohasida keng imkoniyatlar bor. Agar huquq mavjud bo‘lmaganida biz o‘z shaxsiy hayot dsaxlsizligi huquqiga ega bo‘lmas edik. Huquq va axloqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rniga e’tibor qaratamiz. Bu borada asosiy qismni huquq egallaydi, sababi huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalardan iborat. Huquq davlat tomonidan ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga qarab ma’lum bir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi. Masalan, O‘zbekiston respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g’risidagi”2 qonuni, bu qonun ekologiya sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Huquqshunos olim Sh.A Saydullayev ta’kidlashicha: “Jamiyat kishilar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iborat. Ushbu tizim o‘z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro ta’sirli aloqada bo‘lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. Shunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir”3. Huquqshunos olim S.S Aleksevning ta’kidlashicha: “Huquq- qonunlarda yoki davlat tomonidan tan olinadigan boshqa manbalarda mustahkamlanadigan va huquqiy ruxsat etilgan hamda yuridik jihatdan ruxsat berilmagan, ta’qiqlangan xulq-atvorni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umummajburiy normalar tizimi”4. Bizningcha, huquq asosan davlat hokimiyati bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. Ya’na huquqning o‘ziga xos jihati shundaki uni bajarishga barcha majbur hisoblanadi, lekin axloqda xulq-atvor qoidalarini buzganlik uchun qat’iy choralar mavjud emas. Axloq yordamida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish esa, bu bizning kundalik hayotimizdagi kichik-kichik munosabatlar. Masalan, biz har kuni ummumiy transport vositasi bo‘lmish avtobusda harakatlanamiz. Bizning ko‘pincha kuzatamiz yoshlar o‘zidan katta yoshlilarga joy bo‘shatib bermaydi. Buning natijasida u inson boshqa bir insondan dakki eshitib oladi, manashu shu vaziyat orqali ular ijtimoiy munosabatga kirishishadi va ularning munosabati axloq yordamida tartibga solinadi. Axloqning huquqdan farqli jihatlari quyidagilar: Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, o‘rnatilish,shakllanish usullari va manbalari bo‘yicha farq qiladi; Huquq va axloq normalarni ta’minlash usullari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi; Huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga ko‘ra farq qiladi; Axloq va huquq normalari kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi; Huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi; Huquq va axloq normalari Amal qilish sohalari bo‘yicha. Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni navbat bilan ko‘rib chiqamiz. Birinchidan, huquq va axloq o‘rnatilishi va shakllanish usuli jihatidan farq qiladi. Huquqshunos olim SH.A Saydullayev ta’kidlashicha: “Huquq normalari davlat tomonidan yaratiladi yoki tasdiqlanadi. Axloq normalari esa boshqacha tarzda tarkib topadi, ya’ni ular butun jamiyat tomonidan yaratiladi. Bu normalar doimiy ravishda kishilar amaliy faoliyati, ularning o‘zaro aloqalari jarayonida yuzaga keladi va rivojalanib boradi”5. Ikkinchidan, ularni ta’minlash usullari jihatidan farq qiladi. Bizning fikrimizcha, huquq davlat tomonidan yaratilar ekan, davlat hokimiyat kuchiga ega bo‘lgani uchun uni amalga oshirish umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Axloq esa yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek jamoatchilik fikri orqali qaror topadi, bu shuni anglatadiki axloq umummajburiy ahamiyat kasb etmaydi. Bunda qo‘shimcha tarzda davlat va yuridik jazolar qo‘llanilishi taqozo etilmaydi. Axloq qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralari jamiyatning o‘zi tomonidan belgilanadi. Uchinchidan, huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu shuni anglatadiki, huquq davlat tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettiriladi. Bu orqali huquq umummajburiy kuchga ega bo‘ladi. Masalan, Jinoyat Kodeksini6 oladigan bo‘lsak, bu qonun hujjati davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ta’minlanadi. Axloq normalari esa yozma ravishda ifoda etilmaydi. Huquqshunos olim Sh.A Saydullayev fikricha: “Axloq normalari va qoidalari jamiyat turli qatlamlari guruhlar hamda muayyan ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga kelar ekan, keyinchalik u keng tarqaladi hamda barqaror xulq-atvor qoidalariga aylanadi. Bundan biron-bir axloq normasining yuzaga kelishi vaqtini ham, sababini ham, tartibini ham va uning amal qilishi muddatini ham aniq ko‘rsatish mumkin emas”7. To‘rtinchidan, Axloq va huquq kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati jihatidan farq qiladi. Agar huquq normalari subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ularning yuridik huquq va majburiyatlari- haqqoniylik va nohaqlik, qonuniylik va g’ayriqonuniylik, jazolanish va jazolanmaslik nuqtai nazaridan tartibga soladigan bo‘lsa, axloq inson qilmishlariga ezgulik va yovuzlik, maqtov va qoralash, halollik va nopoklik, oliyjanoblik va pastkashlik, vijdon, or-nomus, burch nuqtai nazaridan yondashadi. Beshinchidan, huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi tomonlama ajralib turadi bir-biridan. Huquqbuzarlik harakatlari oddiy javobgarlikni keltirib chiqaribgina qolmay, balki maxsus-yuridik javobgarlikni ham yuzaga keltiradi. Ayni paytda jazo tayinlash tartibi qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yiladi. Axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mutlaqo boshqa oqibatlarga olib keladi. Bu yerda aniq bir jazo chorasi ko‘zda tutilmaydi. Beriladigan jazo qoidabuzarni axloqiy qoralash, unga tanbeh berish, jamoatchilik ta’siri choralarini qo‘llashda ifodalanadi. Oltinchidan, huquq va axloq amal qilish sohalari turlicha hisoblanadi. Axloqiy makon huquqiy makondan ancha kengdir. Ma’lumki, huquq ijtimoiy hayotning ko‘p qirralarini chetda qoldirib, uning eng muhim sohalarigina tartibga solib boradi. Huquqdan farqli o‘laroq, axloq jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo‘ladi. Masalan, oiladagi kattalarning so‘zini ikki qilmaslik kabi ijtimoiy munosabatlar uchun huquqda alohida normalar belgilanmagan, sababi bu kabi kundalik turmushimizdagi odatiy tartib qoidalar axloqiy xulq-atvor normalar bilan belgilangan. Bizning fikrimizcha, huquq normalari hayotimizning eng muhim yuza qismidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni nizoli munosabatlarni o‘rtada hakam sifatida xolis hal etishga ko‘maklashadi. Huquq jamiyatimizning barcha sohalariga tatbiq etilmagan, buning iloji ham yo‘q, sababi huquq bilan belgilab bo‘lmaydigan kichik-kichik munosabatlardan iborat hayotimiz. Bunday holatlarda asr asrdan saqlanib kelgan jamoatchilik tomonidan tan olingan xulq-atvor qoidalari muhim hisoblanadi. Buni inobatga olmaslikning iloji yo‘q. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, huquq va axloq hayotimizda teng ahamiyatga ega. Huquq tomonidan tartibga solib bo‘lmaydigan munosabatlarni axloq normalari ko‘maklashadi yechim topishga. Shu sababli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda axloq normalari keraksiz eskilik sarqiti sifatida olishimiz noto‘g’ri hisoblanadi. Ularning yuqorida sanab o‘tilgan o‘xshash va farqli jihatlari ham gapimizning isboti bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan manbalar: Saydullayev SH.A, Davlat va huquq nazariyasi, Darslik,Yuridik adabiyotlar publish, Toshkent,- 2022. https://lex.uz/docs/111453 Aleksev S.S, Law:Theory-Philosophy: a Comprehensive Research Experience,Book,1999. https://lex.uz/uz/docs/-107115 1 Saydullayev Sh.A,Davlat va huquq nazariyasi.Darslik,Toshkent,Yuridik adabiyotlar publish-2022,92-bet. 2 https://lex.uz/uz/docs/-107115 3 Saydullayev SH.A,Davlat va huqu nazariyasi,Darslik.Toshkent,Yuridik adabiyotlar publish-2022,96-bet. 4 Aleksev S.S, Law:Theory-Philosophy: a Comprehensive Research Experience,Book,1999.- 58-bet. 5 Saydullayev SH.A,Davlat va huquq nazariyasi,Darslik,Yuridik adabiyotlar publish,Toshkent -2022,96-bet. 6 https://lex.uz/docs/111453 7 Saydullayev SH.A, Davlat va huquq nazariyasi, Darslik,Yuridik adabiyotlar publish, Toshkent,- 2022.97-bet. Download 22.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling