Kusr ishi mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish
Download 0.9 Mb.
|
1. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish. Reja : Kirish
- Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Bank ishi fakulteti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi “Xalqaro valyuta-kredit muosabatlari” fanidan KUSR ISHI Mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish. Tayyorladi: Ilmiy rahbar: Toshkent-2022 Mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish. Reja: Kirish Xalqaro valyuta munosabatlari, uning mohiyati va valyuta tizimi. Valyuta munosbatlarini tartibga solish tizimi va iqtisodiyotda tutgan o`rni. Xalqaro valyuta munosabatlarini takomillashtirish va valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Kirish Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”1 imzolangan bo’lib, bugungi kunda bu strategiya iqtisodiyotimizning har sohasida o’z kuchini ko’rsatib kelmoqda. Har qanday mamlakatda valyuta muomalasining haddan ziyod ma‘muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar uchun imtiyoz hamda preferentsiyalarning kamsamarali tizimini asossiz ravishda shakllantirishga yo‘l ochadi. Biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlar vujudga kelishi esa raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylanadi. Bunday holat respublikamiz uchun ham yot emas edi. Lekin hozirgi kunda valyuta siyosati hamda tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni alohida e‘tirof etish joiz. Aytish kerakki, davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risid» gi Farmoni bunda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayapti. Avvalo, mazkur hujjat 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq va valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish, respublika eksport salohiyatini yuksaltirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinganini ta‘kidlash o‘rinlidir. Bizga ma`lumki "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari chuqur o'rgandik va bazi jihatlarini amalda ham ko`rdik. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqaroladi bo`lmish yuriddik hamda jismoniy shaxslarining pul shaklidagi talab va majburiyatlarini keltib chiqaradi. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari bozor va davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Ushbu kurs ishida shu kabilar bilan bog`liq ko`plab ma`lumotlarni ko`rish mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling