Kusr ishi mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish


Valyuta munosbatlarini tartibga solish tizimi va iqtisodiyotda tutgan o`rni


Download 0.9 Mb.
bet4/7
Sana09.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1179926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. kurs ishi

2.Valyuta munosbatlarini tartibga solish tizimi va iqtisodiyotda tutgan o`rni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishini jahon tajribasi ko’rsatadi. Valyuta bozorida valyutalarga talab va taklif hamda valyuta kurslarining bir-biriga nisbati shakllanadi. Bozor orqali muvofiqlashtirish qiymat hamda talab va taklif qonunlariga bo’ysungandir. Ushbu qonunlarning valyuta bozoridagi raqobatchilik sharoitidagi harakati valyuta almashuvlarining nisbiy ekvivalentligi, xalqaro moliyaviy oqimlarni tovarlar, xizmatlar, kapitallar, kreditlar harakati bilan bog’liq jahon xo’jaligi ehtiyojlariga mosligini ta'minlaydi. Bozordagi baho mexanizmi va valyuta kursi dinamikasining daraklari orqali iqtisodiy agentlar valyuta sotib oluvchilarning ehtiyojlari hamda taklif imkoniyatlari haqida ma'lumot oladilar. Demak, bozor valyuta operatsiyalari holati haqidagi ma'lumotlar manbasi sifatida maydonga chiqadi.
Biroq davlat azaldan valyuta munosabatlarining jahon xo’jalik aloqalaridagi muhim rolini hisobga olgan holda dastlab bilvosita, keyinchalik esa bevosita valyuta munosabatlariga aralashib kelgan. Oltin standartini yigirmanchi asrning 30-yillarida bekor qilinishi natijasida oltin nuqtalar mexanizmining valyuta kursini stihiyali muvofiqlashtiruvchisi sifatidagi harakati to’htadi. Kurs nisbatlarining katta va keskin o’zgarishi hamda valyuta inqirozlari og’ir ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan holda milliy va jahon iqtisodiyotlariga salbiy ta'sir etdi.
Valyutani bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bir-birini to’ldiradi. Raqobatchilikka asoslangan bozor rivojlanishda rag’batlantiruvchi omillarni keltirib chiqaradi, davlat esa valyuta munosabatlarini bozor tomonidan muvofiqlashtirilishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu ikki muvofiqlashtiruvchilar orasidagi chegara aniq bir holatdagi manfaat va yo’qotishlar bilan belgilanadi. Shu sababli ularning orasidagi nisbat tez o’zgaruvchandir. Inqirozli larzalar, urushlar, urushdan so’nggi vayronagarchiliklar sharoitida valyuta munosabatlarining davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi ustunlik qiladi. Valyuta-iqtisodiy sharoitni yahshilanishi bilan valyuta operatsiyalari borasida erkinlashtirish yuz beradi, ushbu jarayondagi bozor raqobatchiligi rag’batlantiriladi. Ammo davlat valyuta munosabatlari ustidan kuzatuv va cheklovlarni amalga oshirish maqsadida doim valyuta nazoratini o’z qo’lida saqlab keladi.
Bizga ma`lumki har bir mamlakat o`zining markaziy bankiga egadir. Mamlakatda asosan milliy va xalqaro valyuta munosabatlarini va boshqa shu kabi iqtisodiy munosabatlarni asosan davlatning Markaziy Banki tartibga soluvchi davlatning organi xisoblanadi.4 Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishda Markaziy banklar asosiy o`rinni egallaydi. Misol uchun O`zbekiston respublikasida valyutani tartibga soluvchi organ bu O`zbekiston respublikasi Markaziy banki xisoblanadi.5 Bozor iqtisodiyotini muvofiqlashtirish tizimida muhim o’rinni valyuta siyosati egallaydi. Valyuta siyosati - bu, mamlakatning joriy va strategik maqsadlariga muvofiq Xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari jarayonida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Ushbu siyosat iqtisodiy o’sish barqarorligini ta'minlash, ishsizlik va inflyatsiya o’sishini sekinlashtirish, to’lov balansi muvozanatini qo’llab-quvvatlash sharoitida iqtisodiy siyosatning eng muhim maqsadlariga erishishga qaratilgandir. Valyuta siyosatining yo’nalishlari va shakllari mamlakatlarning valyutaiqtisodiy holati, jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon arenasidagi kuchlar joylashishi bilan belgilanadi. Turli tarixiy bosqichlarda birinchi qatorga valyuta siyosatining aniq vazifalari chiqadi: valyuta inqirozini bartaraf etish va valyuta barqarorligini ta'minlash; valyuta cheklovlari, valyutani erkin ayirboshlanishiga o’tish, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish hamda shu kabilar. Valyuta siyosati mamlakatlar o’zaro aloqalari tamoyillarini aks ettiradi: nisbatan kuchsiz (birinchi navbatda rivojlanib borayotgan) hamkorlar kamsitilishini keltirib chiqaruvchi hamkorlik va kelishmovchiliklar, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuv.
Xalaro valyuta munosabatlari muammolari bo’yicha hal qiluvchi qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi hamda amalga oshirilishini valyuta siyosati belgilaydi. Valyuta munosabatlarini muvofiqlashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
a) xususiy korxonalar, birinchi navbatda nihoyatda katta valyuta resurslariga ega va valyuta operatsiyalarida faol ishtirok etadigan milliy hamda Xalqaro banklar va korporatsiyalar;
b) milliy davlat (Moliya Vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati organlari);
v) davlatlararo darajada.
Valyuta, kredit va moliya siyosatlarini muvofiqlashtirish shaklidagi davlatlararo muvofiqlashtirish quyidagi sabablar bilan asoslangan:
a) o’z ichiga valyuta, kredit, moliya munosabatlarini olgan holda milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligini kuchayishi;
b) bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirishning o’zaro nisbatini xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitlarida bozor foydasiga o’zgarishi;
v) jahonda kuchlar nisbatining o’zgarishi; AQShning yakka hukmronligi barham topdi hamda jahonda hamkorlik va raqiblikning uch markazi (AQSh, G’arbiy Yevropa, Yaponiya) hukmronligi bilan almashinildi. Shu bilan birgalikda yangi industrial davlatlar sifatidagi yosh raqobatchilar maydonga chiqdi;
g) valyuta kurslari, foiz stavkalarining tebranishi, davriy neft shoklari, birja, valyuta va bank inqirozlari hamda boshqa shu kabilar sababli barqarorsizligi bilan ajralib turadigan jahon valyuta, kredit, moliya bozorlarini yirik masshtablari.
Barchaga ma`lumki davlatlararo valyuta munosabatlarini muvofiqlashtirishning organi bo’lib Xalqaro Valyuta Fondi hisoblanadi. XVF xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. XVF ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi.6

1-rasm. Xalqaro valyuta fondi7
Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (qarang BrettonVuds bitimi). 1947-yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Fondning rasmiy maqsadlari:
● maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish;
● xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;
● valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish;
●koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;
●aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, tijorat banklarining yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda. Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
• forvard valyuta bitimlari;
• moliyaviy fyuchers bitimlari;
• valyuta optsioni;
• svop operatsiyalari.
Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo‘yicha bitim imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to‘lovni nazarda to`tuvchi bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin. Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xakki yo‘q. Mijoz shartnomada ko‘rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.
b) bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko‘rsatilgan summadan ko‘proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo‘q.
v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (agar optsionli bitimlar bo‘lsa - ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo‘q. Forvard valyuta bitimi tuzilgandan so‘ng, uning bajarilishi fyuchers bitimlari va valyuta optsionlaridan farqli ravishda majburiy hisoblanadi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling