Kusr ishi mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish


Xalqaro valyuta munosabatlari, uningg mohiyati va valyuta tizimi


Download 0.9 Mb.
bet2/7
Sana09.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1179926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. kurs ishi

1.Xalqaro valyuta munosabatlari, uningg mohiyati va valyuta tizimi
Dastlab biz valyuta munosabati o`zi nima ekanligini, qachondan bu tushuncha foydalanilishi boshlanganligi, mohiyati nima ekanligini to`liq tushunib olishimiz zarur. Demak valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbumunosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi.
Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv vaiste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning ob’yektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir, yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining sub’ektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir. Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.
Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi. Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani holda to’lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko’rsatadi.2 Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
-siyosiy ahvolga;
-jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi. Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar. Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.
Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo‘jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir. Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin. Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Milliy valyuta tizimi deganda ma‘lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo‘llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo‘ladi. Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin. Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligi bilan bog‘lovchi mexanizmdir.
Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama shartnoma va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to‘lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat. Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga ―ko`chib o‘tishi‖ mumkin. Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo‘jaligining global maqsadlarini ko‘zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog‘langan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling