2-olit ta’lim “Moliya” fanidan nazorati ishi


Download 68.52 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi68.52 Kb.
#1017620
Bog'liq
Aktamov Adxam moliya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Bank ishi fakulteti
2-olit ta’lim
Moliya” fanidan


NAZORATI ISHI
Tayyorladi: BIA-97k-2 guruhi talabasi
Aktamov A.
Tekshirdi: Razzaqov J.

Toshkent-2022
Mavzu:Daromadlik stavkasi darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining asosiy maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgandir. Buning uchun esa bank moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishi, doimiy va muntazam daromad manbaiga ega bo’lishi talab etiladi. Bankning asosiy daromadi bu bevosita aktiv operatsiyalardan shakllanadi. Aktiv operatsiyalarning ichida ssuda(kredit) operatsiyalari asosiy o’rinni egallaydi. Bu shundan dalolat beradiki, kredit operatsiyalarining qay darajada tashkil etilganligi va holati bevosita bank aktiv operatsiyalari, qolaversa, bankning faoliyatini belgilab beruvchi muhim omildir. Bank aktivlarini doimiy tarzda nazorat qilib borish, muammoli aktivlarni o’z vaqtida aniqlash va ular bo’yicha tegishli choralar ko’rish har doim ham dolzarb masala hisoblanadi. Aktivlarni samarali tashkil etish va boshqarishda ularni tasniflash alohida ahamiyatga ega.
Tasnif, (arabcha saralash, tartibga solish) klassifikatsiya – ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid o’zaro bir xil tushunchalar. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal bo’lib, uning vositasida shu fan doirasida to’plangan bilimlar qat’iy tartibga solinadi. Tasniflash-davr o’tishi bilan o’rganilayotgan ob’ekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirib boriladi. Tasniflash har bir tushunchaning tafakkur tizimidagi o’rnini aniqlab beradi. Tasniflash natijasida hosil bo’lgan bilim predmetning asosiy xususiyatlari hamda ular o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi va bu bilimlar tartibga solingan hisoblanadi.
Bank aktivlari tasniflanishini to’g’ri yo’lga qo’yish, uni doimiy nazorat qilib borish, bank tizimida bo’layotgan o’zgarishlar moslashtirish, tasniflash mezonlarini ishlab chiqish banklar samarali faoliyatining garovidir. Bank aktivlari tasniflanganda muammoli aktivlarni oldini olish va kamaytirish choralari ko’riladi. Shunday usullardan biri ssudalar (aktivlar) bo’yicha mumkin bo’lgan yo’qotishlar uchun zaxiralarni tashkil etish hisoblanadi.
Kredit xatarining bank faoliyatiga ta’siri natijasi o’laroq ssudalar bo’yicha ehtimoldagi zararni qoplash uchun zaxiralar yaratish zarurati yuzaga keladi. Mazkur zaxira banklarning moliyaviy faoliyati uchun barqaror sharoit yaratilishini ta’minlaydi va ssudalar bo’yicha ko’rilgan zarar hisobdan o’chirilishi munosabati bilan qiymat tebranishini chetlab o’tish imkonini beradi. Ssudalar bo’yicha ehtimoldagi zararni qoplash uchun zaxira bank xarajatlariga kiritiladigan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi va undan asosiy qarz bo’yicha qarzdorlar to’lamagan ssuda qarzini to’lash uchungina foydalaniladi.
Shunday qilib, banklar tomonidan ssudalar bo’yicha ehtimoldagi zararni qoplash uchun zaxiralar yaratilishi bank ajratgan kreditning bir qismi qaytarilmasligi oqibatida to’satdan zarar ko’rish omilini istisno qilish (sug’urtalash) bo’yicha samarali metod hisoblanadi, biroq zaxira hisobidan to’lanishi kerak bo’lgan zarar hajmini belgilovchi kredit xatari miqdorini o’ta aniq belgilashni talab etadi.
Ssudalar bo’yicha mumkin bo’lgan yo’qotishlar uchun zaxiralarni tashkil etish muammolari birinchi navbatda kredit risklari bilan bog’liq, chunki bank amaliyotida aksar hollarda banklarning bankrot deb e’lon qilinishiga “yomon” kreditlar sabab bo’ladi. Kredit xavfi (riski)ning iqtisodiy mohiyati ko’rilayotgan mavzuning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Kredit riskining mohiyatini tushunmasdan turib zaxiralarning ma’nosi va ahamiyatini aniqlab olish qiyin.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida” Nizomga asosan, kredit tavakkalchiligi - qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha bank oldidagi o’z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to’liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo’qotish bilan bog’liq tavakkalchilik, deb ta’riflanadi. Yuqoridagi ko’rsatmada aytib o’tilgan kredit riski kredit shartnomasida belgilangan muddatgacha bo’lgan davr bilan chegaralanadi. Kredit riski (xatari) shartnoma muddati kechiktirilgandan so’ng ishga tushadi, u bankning inqiroziga yoki unga davomiy ta’sir o’tkazilishiga sabab bo’ladi.
Bazel Qo’mitasi esa kredit riski haqida batafsilroq aytib o’tadi: “Alohida qarz oluvchi bilan bog’liq risk ko’lami qarz oluvchiga berilayotgan barcha kredit instrumentlari, shuningdek balansda o’z aksini topgan kreditlar, avanslar, overdraftlar, u egalik qilayotgan qimmatli qog’ozlar, qarz oluvchining bevosita va bilvosita majburiyatlari, uning barobarida balansda ko’rsatilmagan majburiyatlar, anderrayting, indossamentlar, joylashtirilgan mablag’lar, berilgan hujjatli akkredetivlar, shartnomaviy majburiyatlarni bajarish kafolatlari va boshqa shartli majburiyatlarni o’z ichiga oladi. Foiz stavkalari va valyuta shartnomalari bilan bog’liq bo’lgan bank risklari ham ushbu toifaga kiritilishi lozim”. Ushbu ta’rifning asosi kredit riski amal qiladigan sanab o’tilgan ob’ektlar, ya’ni kredit vositalari, avanslar, foiz stavkalari, valyuta shartnomalari va hk.lar bilan aniqlanadi. Kredit riski mohiyati, uning iqtisodiy tabiati, kredit riski yuz beradigan kredit munosabatlari yuqoridagi ta’rifga kiritilmaganini ham aytib o’tish joiz.
N.F.Karimovning fikriga ko’ra, kredit riski bank boshqaruv organlarining moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan riskdir. Moliyaviy (kredit) risk-bu firma tomonidan investorlarning firma faoliyatiga jalb qilingan, ya’ni qarzga berilgan mablag’larni qaytarish shartlarining bajarilmasligi ehtimolidir.
Professor Sh.Z.Abdullaevaning ta’riflashicha, kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya’ni kredit summasining (qisman yoki to’liq) va u bo’yicha foizlarning shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda to’lanmasligi tushuniladi.
Bizning nuqtai nazarga ko’ra kredit riskini tasodifiy hodisa tufayli ssudalar(aktivlar)ni hisobga olgan holda ularning foizlari, bank tomonidan berilgan kafolatlar va kafilliklar ko’rinishidagi bo’lgan aktivlarning barchasi yoki bir qismining yo’qotilish ehtimolligidir, deb tasavvur qilish mumkin.
Bank faoliyatidagi zaxiralar uning ishonchliligini ta’minlaydi.
Fanda zaxira tushunchasi (fr. reserve g’amlab qo’yilgan narsa, lot. reservare – g’amlamoq, saqlamoq) etarlicha keng foydalaniladi va u o’zining mohiyatiga ko’ra “Zaxira-ehtiyot qilib saqlangan narsalar (oziq-ovqat, pul, buyum, qurolaslaha va b.) yoki “zarurat tug’ilganida ishlatish uchun g’amlab qo’yilgan biror narsa; zarur yangi materiallar, kuchlar olinadigan manba” ni bildiradi.
Bunda turli predmetli sohalarda ushbu tushuncha inson faoliyatining u yoki bu sohasining o’zi xos tomonini aks ettiradi. Xususan, ishlab chiqarishda zaxiralar rivojlanish rejalarida ko’zda tutilmagan alohida holatlarda foydalanish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlari zaxiralarining yig’indisi sifatida belgilanadi. Sug’urta sohasida zaxiralar sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urta tovonlari va sug’urta summalarini to’lash kafolatlarini ta’minlash uchun tashkil etiladigan fondlar sifatida tavsiflanadi. Texnikada zaxiralar texnik ob’ekt tarkibiga asosiy uskunadagi ishdan chiqqan o’xshash elementlarni tezlik bilan (avtomat yoki qo’lda) almashtirish uchun mo’ljallangan qo’shimcha qurilmalar, tugunlar va biriktiruvchi qismlarni kiritish yo’li bilan uning ishonchliligini oshirish usuli sifatida belgilanadi. Bank ishida, bizning fikrimizcha, P.Rouzning zaxiralarga bergan ta’rifi klassik hisoblanadi. Unga ko’ra zaxiralar – bu “kutilmagan xarajatlar” uchun qoldirilgan mablag’lardir. Bunda muallif ularga
“sud tartibida undirilgan mablag’larni, hali e’lon qilinmagan dividendlarni to’lash uchun foydalaniladigan zaxiralar”37 to’lovini ham kiritadi.
Fikrimizcha, “zaxiralar” kategoriyasining muayyan noqulay vaziyatlarda foydalanish maqsadida mo’ljallangan g’amlab qo’yilgan narsa (moddiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa resurslar) sifatida tushunilishi yuqorida keltirilgan ta’riflar uchun umumiy hisoblanadi. Aynan shu ma’noda zaxiralar va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy barqarorligini ushlab turuvchi vosita sifatidagi roli namoyon bo’ladi.
Zaxiralar nima uchun yaratilishi, (qanday xatarni qoplash uchun), qanday maqsadga sarflanishi, qaysi qoidalarga ko’ra shakllanishi, ularni shakllantirish va ishlatish erkinligi qay darajada ekanligi bank zaxiralarini shakllantirish va ishlatish tartibini belgilaydi. Bank zaxiralarining hammasini bank xatarini sug’urtalash uchun yaratiladigan ma’lum tizim deb hisoblash mumkin.
Kredit tashkilotining zaxiralarini samarali va samarasiz deb tasniflash mumkin. Xususan, A.V.Belyakov “o’z egasiga noqulay voqealardan himoyalanish, istalmagan oqibatlarni yumshatish” imkonini beruvchi xususiyatga ega zaxiralarni samarali zaxiralar toifasiga kiritadi. Bunda, uning ta’kidlashicha, “xo’jalik yurituvchi sub’ekt qanchalik ko’p samarali zaxiralarga ega bo’lsa, uning korxonasi shunchalik ishonchlidir”. A.V.Belyakov zaxiralarning bunday turiga “zararlarni qoplash uchun yaratiladigan zaxira fondini” kiritadi, “uni shakllantirish tartibi va undan foydalanish amaldagi fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi”.
A.V.Belyakovning fikriga ko’ra, samarasiz zaxiralar, “mohiyati bo’yicha emas, balki nomi bilangina zaxiralar bo’lgani holda”, o’z egasini noqulay voqealardan himoya qilish, istalmagan oqibatlarni yumshatish kabi xususiyatlarga ega bo’lmaydigan zaxiralardir.
Ayrim mualliflar zaxira deganda moliyaviy resurslarning kafolatli likvidligini ta’minlash uchun ishlatiladigan aktivlarni tushunadilar. Masalan, Ch.Dj.Vulfelning fikricha, ayrim turdagi operatsiyalarni, xususan aktiv operatsiyalarni boshqarish turli likvidlik darajasiga ega aktivlar ajratilishini va berilgan darajada saqlab turilishini talab etadi: “Naqd shakldagi aktivlar birlamchi zaxira deyiladi”. Ikkilamchi zaxiralar- yuqori sifat va likvidlikka ega bo’lgan daromadli aktivlardir, bular qisqa muddatli davlat qimmatli qog’ozlari, bank aktseptlari, tijorat qog’ozlari. Ch.Dj.Vulfelning fikricha, bunday birlamchi va ikkilamchi zaxiralarni yaratishdan maqsad- tijorat bankining likvidligini ta’minlashdir. O’z mohiyatiga ko’ra- bu balans hisobotlarida aks ettirilmaydigan, biroq qaytarib olinayotgan omonatlarni to’lash va kredit olishga berilgan buyurtmani qondirishda zudlik bilan ishlatish uchun muhim bo’lgan funktsional zaxiralardir, ya’ni tijorat bankining likvidligini ta’minlovchi asosiy manba. Bu zaxiralar barcha aktivlar summasiga nisbatan foiz miqdorida belgilanadi va yuqori likvidlikka ega aktivlardan iborat bo’ladi. Ikkilamchi zaxiralarga ma’lum daromad olib keladigan “g’aznadan tashqari” likvid aktivlar kiradi, chunki biroz zarar ko’rganda ularni sotib, naqd pulga ega bo’lish mumkin. Ular, asosan, qimmatli qog’ozlardan iborat. Ikkinchi navbat zaxiralarining aktivlardagi ulushi butun bank tizimi ma’lumotlariga asoslanib belgilanadi.
E.Ridning ta’kidlashicha, aktivlarni umumiy mablag’lar jamg’armasi modeli asosida yoki “banklar ichidagi banklar” metodi bilan boshqarish jarayonida birinchi navbatda birlamchi zaxiralar shakllanadi, ya’ni likvidlikni ta’minlash maqsadida qaytarib olinayotgan omonatlarni to’lash va kredit olishga berilgan buyurtmani qondirish uchun zudlik bilan ishlatilishi mumkin bo’lgan aktivlar. Bu tijorat bankining likvidligini ta’minlovchi asosiy manba. Birlamchi zaxiralar tarkibiga g’aznadagi naqd pullar va cheklar, boshqa tijorat banklaridagi korrespondentlik hisob raqamlaridagi mablag’lar, ya’ni “Naqd pullar va to’lov hujjatlari” qismiga kiradigan aktivlar kiradi. Iqtisodiy tabiatiga ko’ra, bu funktsional kassa likvid aktivlaridir.
Ikkilamchi zaxiralar- bu ma’lum daromad keltiradigan “kassadan tashqari” likvid aktivlardir. Bu eng kam xatar qilgan holda nisbatan qisqa muddatda naqd pulga aylantirish mumkin bo’lgan yuqori likvidli daromadli aktivlardir. Ikkilamchi zaxiralardan asosiy maqsad- birlamchi zaxiralarni to’ldirish manbai bo’lib xizmat qilish. Ikkilamchi zaxiralar- bu buxgalterlik hisobotlarida aks ettiriladigan iqtisodiy kategoriya. Ikkinchi navbat zaxirasiga likvid qimmatli qog’ozlar yoki ssuda hisob raqamlaridagi mablag’lar kiritiladi. “Tijorat banklari” kitobi mualliflarining fikriga ko’ra “omonatlari va kreditlari hajmi barqaror bo’lgan bankka qaraganda, omonatlari miqdori va kreditiga talab tez o’zgarib turadigan bankka katta miqdordagi ikkinchi navbat zaxirasi ko’proq zarur”.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015 yil 13 iyunda 14/5--sonli “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibida” nizomga asosan zaxiralar quyidagicha ta’riflanadi:
Maxsus zaxira - “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan kreditlar va lizing yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo’yicha yuzaga kelish mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira. Umumiy zaxira - bu zaxira bank faoliyati bo’yicha umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investitsiyalash va b.) bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun mo’ljallangan.Alohida muayyan operatsiyalarga doir zararlar bundan mustasno. “Standart” kreditlar bo’yicha yo’qotishlarga qarshi yoki milliy valyuta devalvatsiyasi bo’yicha zaxiralar bunga misol bo’la oladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan har qanday kutilmagan, noxush, favqulodda vaziyatlar, odamlarning atayin yoki bilmay qilgan harakatlari, oldindan kutilgan yoki kutilmagan, halokatli yoki halokatsiz hodisalar zaxira yaratishga ob’ektiv zarurat tug’diradi.
Zaxira yaratishdan umumiy maqsad daromadning bir qismini darhol taqsimlashdan ushlab qolish va uni kelajakdagi ko’pincha mavhum moliyaviy muammolarni hal qilish uchun saqlab qo’yishdan iborat. Zaxira rejalashtirilgan xarajatlar kutilgandan ortib ketganda ham, rejalashtirilgan davrda daromad pasayib ketishini kompensatsiya qilish uchun ham kerak bo’lishi mumkin. Shuningdek, zaxiralar moliyaviy mablag’lar uzilishlar bilan kelib tushayotganda, ularga bo’lgan talabga mos kelmaganda ham yaratiladi.
Bank zaxiralari moliyaviy munosabatlar tizimida muhim o’rin egallagan element bo’lib, ularning yaratilishi bank faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqadi va muqarrar ravishda ma’lum xatarga jazm qilish zarurati bilan bog’liqdir. Bank bajargan deyarli har qanday operatsiya xatar bilan bog’liq bo’lib, uning darajasi turli omillarga bog’liq.
Zaxira yaratish muammosining ko’pgina jihatlari bank menejmenti printsiplari tizimiga bog’liq. Menejmentdagi rejalashtirishning umumiy printsiplari ichida zaxira yaratish printsipi samarali boshqaruv tizimini yaratishda muhim o’rin egallaydi. Zaxira yaratish yo’li bilan noto’g’ri moliyaviy qarorlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish mumkin. Zaxira yaratish printsipi buzilishi mumkin, aynan shunda bank faoliyatida shakllanadigan zaxiralarning sub’ektivligi namoyon bo’ladi.
Zaxiralarning muhim xususiyati shundan iboratki, ular bartaraf etiladigan xatar mohiyati bilan uzviy bog’liq. Zaxiralarga talab noaniq bo’lgan taqdirda ularning darajasi stoxastik qonunga ko’ra o’zgarishi bank zaxiralarida o’z aksini topadi. Birinchidan, bank xatari namoyon bo’lishi muddatlari noma’lum (u o’z tabiatiga ko’ra tasodifiydir), ikkinchidan, xatardan ko’riladigan zararni oldindan bilib bo’lmaydi va u keng ko’lamda o’zgarib turadi. Xatardan ko’rilgan zarar bankni bankrotlikka olib keladigan darajaga etishi mumkin.
Zaxira yaratishning bank xatarini amalga oshirishdan ko’riladigan zararni qoplash vositasi sifatidagi imkoniyatlari cheklangan, chunki bank xatari, odatda, ko’pgina mikro va makro omillarga, ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga bog’liq. Biroq, asosiy xatar va uning asosiy omillari noma’lum. Shu munosabat bilan banklarda alohida xatarlar amalga oshirilganda ko’riladigan zararlarni qoplash uchun zaxiralar (masalan, ajratilgan ssuda bo’yicha ehtimoldagi zararni qoplash uchun zaxira) va integrativ xatarga olib keluvchi bir qator omillar yuzaga kelishining salbiy oqibatlarini zararsizlantirish uchun zaxiralar (majburiy zaxiralar jamg’armasi, omonatlarni sug’urtalash jamg’armasi) yaratiladi.
Bank zaxiralarining printsipial xususiyati shundan iboratki, ular kumulyativ xususiyatga ega. Zaxiralar ma’lum vaqtda yaratiladi (masalan, kredit ajratilayotgan vaqtda) va ma’lum maqsadlarda to’planishi va sarflanishi mumkin. Mablag’lar jamg’arilganda, zaxiralar ham yaratiladi.
Zaxiralar, bir tarafdan, bank tomonidan o’tkazilish vaqti cheklangan konkret amaliyotni bajarish paytida yo’qotishlar ehtimoli yuzaga kelganida tavakkalning konkret turidan saqlanish vositasi rolini o’ynaydi. Boshqa tarafdan, bankda barcha yaratilgan zaxira turlarining jamg’armasidan iborat bo’lgan qandaydir doimiy qiymatning (pul mablag’lari fondining) mavjud bo’lishi uning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi.
Zaxira qilish usuli – aniq bir bankka etkazilgan bevosita zararni ko’zda tutgan tarzda kredit riski boshqaruvini kompensatsiya qilish (qoplash) usulidir. Biroq, kredit riskiga ta’sir qiluvchi, davlatning tartibga solish uslublari asosidagi boshqa bilvosita usullar ham mavjud. Ulardan biri me’yorlar tizimini o’rnatish hisoblanadi.
Kredit riskini cheklashning boshqa shu kabi uslublari xorijiy mamlakatlarda ham mavjud. AQShda berilgan kreditlarning bank kapitaliga minimal nisbati (11 martani tashkil qiladi), Frantsiyada bir kredit oluvchiga yoki bir guruh kredit oluvchilarga kredit hajmining chegarasi bank o’z mablag’larining 75%ini tashkil qiladi, shuningdek Germaniyada ham yirik kreditlar berishda berilgan kreditlar summasining o’z mablag’lariga nisbati inobatga olinadi.
Mavjud shart-sharoitlarda zaxiralashning roli kredit risklarining ortib borayotgan ahamiyati bilan belgilanadi. Ko’plab bank ishi mutaxassislari bank menejmentining eng muhim printsiplaridan biri bank xatarlarini mumkin qadar kamaytirish deb hisoblashadi.
Ssudalar bo’yicha mumkin bo’lgan yo’qotishlar uchun shakllantiriladigan zaxiralarning ahamiyati yana shundan iboratki, zaxiralarning tegishli ko’rsatkichlari tijorat banklarining reytingini baholashda qo’llaniladi.
Bank zaxiralari jahon moliyaviy muammolarini hal etishda keng qo’llaniladi. Masalan, o’tgan asrning 80–yillarida G’arb banklari o’zaro birlashish va tarkibiy qo’shilishdan, ko’chmas mulk sotib olish uchun beriladigan qarzlardan hamda qarzlarni qimmatli qog’ozlarga almashtirish operatsiyalaridan mo’may daromad orttirdilar, bu esa mustaqil davlatlarning to’lanmagan qarzlari bilan bog’liq zararlarni qoplash zaxiralarini ko’paytirish imkonini berdi. Bu holda zaxiralar qarzlarni to’lash uchun kerak edi, chunki qarzni rasmiylashtirish va uni qarzni qaytarish orasidagi vaqt banklar tomonidan qo’shimcha zaxiralar shakllantirish uchun ishlatilgan edi. Agar banklar qo’shimcha zaxiralar yaratmaganlarida, ular muddati o’tgan qarzlarni to’lay olmagan bo’lar edi. Shunday qilib, moliyaviy zaxiralar noxush qarzlarni qaytarish muddati kechikkanida zaxiralarni jamg’arish muddatidan foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro amaliyotda banklar faoliyatining qiyosiy tahlilida zaxiralar albatta ko’rsatish majburiy hisoblanadi. Masalan, xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga (XMHS) ko’ra, taqqoslash quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi:
Sof foiz daromadi;

Ssudalar bo’yicha zararlarni qoplash uchun umumiy zaxira;

Tijorat banklari bo’yicha zararlarni qoplash uchun zaxira;

O’z mablag’larining umumiy summasi;

Ma’muriy va operatsion xarajatlar;

Pul va kredit investitsiyalari;



Pul mablag’lari, ssuda va investitsiyalar qoldig’i.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan ettita ko’rsatkichning ikkitasi zaxiralarga tegishli bo’lib, ular bank kredit portfelining sifatini aks ettiradi.
Zaxiralar kredit tashkilotlarini kategoriyalar va tasnif guruhlariga kiritish jarayonida ularning moliyaviy ahvolini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zaxiralarni shakllantirishning muhimligi shundaki, banklar hali ssuda oluvchining to’lov qobiliyatini baholash to’g’risida axborot to’plash borasida reja asosida ish olib borishni o’rganganlaricha yo’q, mijozlarning tarixi va ularga doir hujjatlar to’plamini mufassal o’rganmaydilar.
Zaxiralar tijorat banklarining foydasini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki zaxiralarning ortishi bilan bankning soliqqa tortiladigan foydasi hajmi kamayadi. Ba’zi mualliflarning fikriga ko’ra, agar banklarga soliqqa tortilgunga qadar xarajatlarga kiritiluvchi, zaxiradagi kreditlar bo’yicha umidsiz qarzlarni qoplash uchun qo’shimcha mablag’lar undirishga ruxsat berilsa, u holda bu ularni daromad, foyda, kapital hajmi to’g’risida ancha ishonchli va to’g’ri ma’lumotlarni berishga majbur qilib qo’yadi.
Zaxira nafaqat umid qilinmaydigan ssudalar hajmidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi, shu bilan birga kelajakdagi xatarlarni, masalan, substandart ssudalarning ma’lum qismi kelajakda umidsiz ssudalarga aylanadi va zaxirani tashkil etishda bu o’zgarish jarayoni hisobga olinadi. Biroq bu kelajakda yuz beradi va zaxirada turli davrlar, hattoki aynan qaysi ekanligi noaniq bo’lgan noo’rin xatarlar jamlanadi. Bunday xolat, tabiiyki, zaxira talablarining oshishiga olib keladi.
Menejment nuqtai nazaridan moliyaviy xatar va risklarni boshqarish mexanizmlarining mohiyatini tahlil etishda I.A.Blank tomonidan xatarning oldini olish, limitlash, xatarlarni kontsentratsiyalash, narx o’zgarishi xatarlarida sug’urtalanish(xedjing), diversifikatsiya, xatarlarni taqsimlash va o’zini himoyalash choralari kabi metodlar alohida ko’rsatib o’tiladi. Bunda xatarlarni bartaraf etish (o’zini himoyalash) yo’nalishi bank tomonidan zaxiralarning ma’lum qismini zaxiraga qo’yishga asoslangan bo’lib, bu zaxiralar bank faoliyati bilan bog’liq salbiy oqibatlarni engib o’tishga imkon beradi.
MASALALAR:

  1. 11 000 000*(1+10/100%)36/12-11 000 000=

= 11 000 000*1.092727-11 000 000 = 1 019 997


  1. 1 000$*(1+10/100%)60/12-1 000$= 610.51

  2. FV-PV=(1+r)n

FV=1 000$=(1+10%)5=162 051

  1. (5 000/100%)*6%*120/12=3 000

Download 68.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling