2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Ta’limda ko'rgazmalilik tamoyili


Download 58.18 Kb.
bet5/10
Sana20.11.2023
Hajmi58.18 Kb.
#1787664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja

Ta’limda ko'rgazmalilik tamoyili. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili o‘quv materiallarini konkret obrazlar orqali bevosita ta’lim oluvchilarning idrok qilishlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Zotan ko‘rsatib, anglatib, tahlil va sintez qilib, amaliy sur’atda ishlatib berilgan bilim,
malaka va ko‘nikmalar ta’lim oluvchilar ongiga tezroq singadi, xotirasida uzoq saqlanadi.
O'qitishning ko'rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar talabalarda o'rganilayotgan jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog'liq muayyan hissiy - amaliy tajriba bo'lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli ravishda o'zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish mumkin. Bu tamoyil o'qitish jarayonida turli sezgilardan: ko'rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. Buyum qanchalik har tomonlama idrok qilinsa, talabalarning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to'la va chuqur bo'ladi.
Ko'rsatmalilik tamoyili o'qitish maqsadlariga mos bo'lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o'rganish esa talabalarni chinakam ilmiy va hayotiy bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Ko'rsatmalilik bu bilimlarni yaxshiroq o'zlashtirib olishga hamda uiarning hayot bilan, mehnat amaliyoti bilan bog'lanishiga yordam beradi. Mashg'ulotlarda turli xil ko'rsatmali qurollarni qo'llash talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini aynan o'tilayotgan mavzuga jalb etadi. Shuning uchun ko'rsatmalilik vositalari o'qitishning hamma bosqichlarida talabalarning yangi mavzuni tushunishlarida, bilimlarini mustahkamlashda, tekshirish hamda amaliy faoliyatida va ishda qo'llashlarida, mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qilishda tatbiq etiladi. Bilimlarni iloji boricha ko'rgazmali va real hayotga yaqin qilib tatbiq etish bir tornondan tilning tushunarligini va o'qitish jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchidan, u bevosita ish jarayonida va real holatda o'qitishni talab etadi.
Ko‘rgazmali qurollar darsning maqsadi, mavzuning xarakteri va mazmunini hamda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib qo‘llaniladi.

Download 58.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling