2. Omixta-yem assortimentlari Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari


Еkstruziya оmixta-yem ishlashning zamonaviy texnologiyasi


Download 1.48 Mb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1509262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Omixta yem ishlab chiqarish jarayonlari nazarat qilish

Еkstruziya оmixta-yem ishlashning zamonaviy texnologiyasi .
Ekstruziya (siqib chiqarish) – bu mahsulotlarni eritib, diametrlarda shakllantirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi.
Donni tarkibiy qismlarini biokimyoviy parametrlariga ta’sir o’tkazishni samarali usullaridan biri bu mahsulotga yuqori bosim va harorat ta’sirida bo’lgan ekstruziya texnologiyasidir. Ekstruziya o’ttiz va undan yuqori soniyalarda oralig’ida kechadigan jarayon. Ushbu vaqt oralig’ida xomashyo qayta ishlashni bir necha bosqichidan o’tadi: issiqlik, sterilizatsiyalash va dezinfikatsiyalash, maydalash, aralashtirish, qisman (50%ga) suvsizlantirish, barqarorlash, tekustirlash, (lotso’z bog’liqlik aloqa) ekstruzatsiyalash va tekislash jarayonlari bajariladi.

125-rasm. Ekspander uskunasi.

126-rasm. Ekspander uskunasini tuzilish.

127-rasm. Ekspanidatsiya jarayoni.
Ekstruziya uchta jarayonga asoslanadi: ozuqaga bosim ostida issiqlik bilan ishlov berish, mahsulotlarni mexanik-kimyoviy shakllarini o’zlashtirish zarba natijasida mahsulotlar yorilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, donalar ekstrudyerdan chiqarilganda bosimning keskin pasayishi tufayli hujayralar ichidagi suv bug’ga aylanadi, shu tufayli uning hajmi sezilarli darajada oshadi. Issiqlik bilan ishlov berishda ozuqalarning ta’mi yaxshilanadi, ozuqa hazm bo’lishida fermentlarni faolligi sezilarli darajada oshadi, bu esa yemning hazm bo’lishini yaxshilaydi. Shuningdek ba’zi zaharli ishlab chiqaruvchini zararsizlantiradi.
Texnologiyaning qo’shimcha ijobiy tomoni bu barcha patogen mikrofloralarni yo’q qilishdir, hatto mog’or yoki hasharotlardan ta’sirlangan donni ham xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Ekstruziyani qo’llab-quvvatlovchilar ma’lumotlariga ko’ra, undan foydalanish natijasida don iste’moli 30–40%ga kamayadi, sut berish va tuxum ishlab chiqarish 20–25%ga ko’payadi. Ekstrudirovkalangan don bilan boqilganda chorva go’shtini ko’payishi o’limini ham sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Bu aralashmalarni bakteriyalardan tozalanishi bilan bog’liqligi isbotlandi.
Zamonaviy chorvachilik uchun ekstrudalangan ozuqa bir qator afzalliklarga ega:

  • og’irligi bo’yicha ekstrudant aralash yemdan yarim baravar ko’proq talab qilinadi;

  • ekstrudirovka qilingan aralash yemni bug’lash kerak emas, shunchaki sovuq suv bilan to’ldirish kerak;

  • hayvonlarni ozuqlantirishdan chiqqan go’ngi ajoyib organik o’g’itdir, ularda somon va begona o’t urug’lari yo’q. Organik go’nglar to’g’ridan to’g’ri tuproqqa qo’llanilishi mumkin, chunki organik o’g’it “kuydirish” davrini chetlab o’tadi.

Harorat va bosim ta’sirida ekstruziya paytida quyidagi xususiyatlarga ega yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradigan ozuqa moddalarining tuzilishi va xususiyatlarining chuqur o’zgarishi sodir bo’ladi:

  1. kompozitsiyaning bir xilligi tufayli mazasi yaxshilanadi, yoqimsiz hid yo’q qilinadi, polisaxaridlarning yo’q qilinishi tufayli shakarlarning ulushi ortadi, harorat va bosim ta’siri ostida ozuqa sterilizatsiya qilinadi va shu bilan ularning sanitariya holatini yaxshilaydi;

  2. oziqlanishga qarshi omillarning ta’siri va ularning hayvonlarga salbiy ta’siri yo’q qilinadi yoki sezilarli darajada kamayadi;

  3. ekstruziya natijasida chorva mollarini ehtiyojlariga moslashtirilgan va maxsus moslashtirilib tuzilgan ozuqa olinadi, ishlov berishning salbiy ta’siri minimallashtiriladi (vitaminlar, yog’lar va aminokislotalarni yo’q qilish) operatsiya tezligi, ekstruder orqali mahsulotning o’tish vaqti 30 soniya va maksimal ta’sirda harorat atigi 5-6 soniyani tashkil qiladi.

Ekstrudirovka qilingan yemdan foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:

  • oshqozon oldidan oqsillarni parchalanish tezligining pasayishi;

  • oshqozon oldi mikrobial oqsil sintezining 30% ga ko’payishi;

  • ekstruziya jarayonida shakar va dekstrinlarga bo’linishi tufayli kraxmalning hazm bo’lish qobiliyatini oshirish;

  • oshqozon old kraxmal fermentatsiyasi tezligining pasayishi;

  • parhezning energiya ozuqaviy qiymatini oshirish 10–15% real ozuqaga, to’liq va oson hazm bo’ladigan oqsilning ajoyib manbayiga aylantirildi.

Omixta-yem ishlab chiqarishda komponentlarni me’yorlash
(dozalash) og’irli (tortish) va hajmli bo’lishi mumkin. Tortish uchun avtomatik dozotir, hajimli uchun baraban, burama (vintavoy shnek) yoki disk shaklida dozotorlar ishlatiladi. Tortish dozalash usuli aniqroq bo’lishiga qaramay, hajmli dozalash ishlab chiqarish uchun uni ishlatish va texnik xizmat ko’rsatish osonroq bo’lganligi sababli, hajmli dozalashdan ko’proq foydalaniladi.

Texnologik xarakteristikasim МВП-200 МВП300









Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling