2. O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari


Download 440.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi440.26 Kb.
#1775129
  1   2   3   4
Bog'liq
2-3-ma\'ruza



2-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari 
Reja 
1. Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari.
2. 
O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi 
jarayonlari. 
1. Ilk davlatchilik tarixi bo„yicha tadqiqotlar olib boruvchi aksariyat 
olimlarning e‟tirof etishicha, O„rta Osiyoda ilk davlatchilik asoslarini bronza
(mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug„orma dehqonchilikning rivojlanishi va 
ixtisoslashgan hunarmandchilik xo„jaliklari tashkil etgan edi. SHuningdek ilk 
davlatchilikning tarixiy ildizlari faqat ichki sabablargagina bog„liq bo„lmay, 
balki qadimgi SHarqdagi yuksak darajada rivojlangan an‟anaviy tarixiy-
madaniy aloqalarga ham bog„liq bo„lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 
topilgan yuqori sifatli moddiy madaniyat buyumlari o„zaro aloqalardagi 
mavjud texnologik va iqtisodiy ta‟sirni ko„rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, yuzlab ming yilliklarni o„z ichiga
qamragan insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo„lishi – 
nisbatan ancha kech yuz bergan jarayondir. Davlatchilik tarixi insoniyat
sivilizatsiyasining so„nggi 5 ming yili bilan bog„lanadi. Ilk davlatlar o„z 
rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega 
bo„lib, ilk davlatlar xo„jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, 
chorvachilik va hunarmandchilik qaerda oldinroq rivojlangan bo„lsa, o„sha 
erda paydo bo„lgan. Xo„jalik ishlab chiqaruvchi shakllarning taraqqiyoti 
aholi joylashuvi, hududlarning kengayishi va tashqi aloqalarning
rivojlanishiga olib kelgan. SHu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni 
boshlanib, bir hududda turli urug„ vakillari yashaydigan bo„lgan, ya‟ni 
qarindosh-urug„chilik jamoasi o„rniga hududiy qo„shnilchilik jamoalari
paydo bo„lgan.
O„tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab O„zbekistonning bronza davriga 
oid yodgorliklarni keng miqyosda tadqiq etilishi natijasida ushbu hududlarning 
qadimgi tarixi va madaniyati to„g„risida boy ma‟lumotlar olindi. Turli yillarda 
janubiy O„zbekiston hududlarida ilk, rivojlangan va so„nggi bronza davri ilk 
dehqonchilikning paydo bo„lishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda 
ilk davlatchilik masalalari, madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning 
taraqqiy etishi masalalari bo„yicha A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev, 


T.SHirinov, B.Abdullaev, U.Raxmonov, E.Sayko, SH. SHaydullaev kabi olimlar 
tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida bronza va ilk temir davri 
o„lkamiz janubiy hududlarida bo„lib o„tgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
taraqqiyot masalalari va ayniqsa, ushbu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo„lish 
asoslari va rivojlanish bosqichlari, ilk davlatchilikning paydo bo„lishi jarayonlariga 
ko„plab aniqliklar kiritildi. 
Zamonaviy tarixiy ma‟lumotlarga ko„ra Baqtriya erlari bu -Afg„onistonning 
shimoliy-sharqiy qismini, Janubiy-G„arbiy Tojikiston va O„zbekistonning 
janubidagi (Surxon vohasi) erlarni o„z ichiga olgan. Undan tashqari zamonaviy 
tarixiy 
adabiyotlarning 
barchasi 
hozirgi 
kunda 
Surxondaryo 
viloyati, 
Tojikistonning Ko„lob va Qo„rg„ontepa viloyatlarini o„z ichiga olgan erlarni 
shimoliy Baqtriya sifatida e‟tirof etadilar. 
Ko„pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, neolit davriga kelib 
«hisorlik» ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog„ va 
Kuhitanggacha bo„lgan tog„ va tog„ oldi hududlarini o„zlashtiradilar. Bronza 
davriga kelib esa bu hududlarda boshqa ko„rinishga ega bo„lgan hamda o„ziga xos 
xo„jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlaydi. 
Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, SHimoliy 
Baqtriyaning qadimgi shaharlari uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar va turli: 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va tabiiy-geografik omillarning ta‟siri 
natijasida shakllanib kelgan. Qadimgi SHarq va mahalliy ko„rinishdagi urbanistik 
madaniyatning uyg„unlashuvi qadimgi Baqtriya shaharsozligining asosini tashkil 
etadi. Keyinroq esa o„ziga xos bo„lgan shahar madaniyati mustaqil ravishda 
rivojlanadi. 
Mil. avv. II ming yillikning ikkinchi choragida Amudaryoning o„ng 
qirg„og„ida, aniqrog„i, uning g„arbiy qismida Sopollitepa ko„rinishidagi dastlabki 
mustahkam qishloqlar paydo bo„ladi. Ushbu qishloqlar bu hududlarda rivojlangan 
butunlay yangi ko„rinishdagi qishloqlar bo„lib, neolit davri (Hisor madaniyati) 
makonlaridan ajaralib turadi. 
Amudaryoning o„ng qirg„og„ida shakllangan Sopollitepa-bronza davridagi 
dastlabki o„troq dehqonchilik qishlog„i hisoblanadi. Ammo, keyinchalik, o„troq 
dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan 
Sopollitepa o„zining ilgarigi ahamiyatini yo„qota boshlaydi va bo„shab qoladi 
hamda asosiy markaz vazifasi esa, tog„ darasidan chiquvchi yo„l ustidagi 
mustahkam qal‟a sifatida paydo bo„lgan Jarqo„tonga o„tadi.


Jarqo„ton yodgorligi Surxondaryo viloyati SHerobod tumanidagi SHerobod 
daryosining ko„hna o„zani Bo„stonsoy yoqasida joylashgan. Ushbu yodgorlikda 
1973 yildan boshlab o„zluksiz olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida bu 
hududlarda ro„y bergan urbanizatsiya jarayonlariga ko„plab aniqliklar kiritish 
imkoniyati paydo bo„ldi. Xususan, Jarqo„tondagi 100 gektardan kam bo„lmagan 
hududdan arki a‟lo, shahriston, ulkan ibodatxona qoldiqlari, metall erituvchi 
pechlar, 20 gektarli qabriston, ko„plab moddiy madaniyat buyumlari topib 
o„rganildi. Undan tashqari Jarqo„ton hududida olib borilgan tadqiqotlar ko„hna 
shaharning paydo bo„lib rivojlangan sanasini aniqlash hamda ushbu hududlarda
yuz bergan tarixiy-madaniy jarayonlarni bir necha bosqichlarga ajratib o„rganish 
imkoniyatini berdi. 
Ko„pchilik olimlarning e‟tirof etishlaricha, O„rta Osiyoning janubida ilk 
shaharlar va davlat uyushmalarining paydo bo„lish jarayoni V.M.Masson 
tomonidan nisbatan aniqroq izohlangan. Tadqiqotchi bu jarayonda ikkita asosiy 
bosqichni ajratadi: 1) ma‟lum vohalarda shahar-davlatlarning paydo bo„lishi: 2) 
ular asosida yirik ijtimoiy-siyosiy tizimning shakllanishi. 
Ko„pchilik tadqiqotchilarning e‟tirof etishlaricha, o„ziga xos taraqqiyot 
bosqichini bosib o„tgan ilk shaharsozlik madaniyati zanjiriga Farg„ona vodiysi ham 
kiradi
1
. Vodiydagi o„zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi (katta maydon, 
murakkab tuzilishi va mudofaa tartibi, alohida ark, hunarmandchilik markazi va 
boshq.) arxeologik yodgorliklar haqidagi kotsepsiya 1973 yildayoq YU.A. 
Zadneprovskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi. SHundan so„ng ushbu masala 
yuzasidan ayrim mulohazalar bildirilgan bo„lishiga qaramay, yuqoridagi 
konsepsiya hozirgacha o„z ahamiyatini yo„qotgani yo„q.
O„rta Osiyoning boshqa hududlari bilan qiyosiy tahlil etgan YU.A. 
Zadneprovskiyning fikricha, qadimgi Farg„ona dehqonchilik markazlari bilan bir 
vaqtda O„rta Osiyoning o„nta joyida ham ana shunday markazlar paydo bo„ladi. 
Bularga YOz, YAshilli (Turkmaniston), Kuchuktepa, CHiroqchi, Burg„uluk; 
CHust (O„zbekiston), SHahriston (Tojikiston) va boshqa dehqonchilik markazlari 
kiradi. Ushbu bir-biriga o„xshash dehqonchilik markazlari orasida davriy jihatdan 
nisbatan qadimgisi CHust yodgorliklari hisoblanadi.
CHust madaniyati yodgorliklari tarkibiga kiruvchi asosiy katta manzilgohlar 
Dalvarzintepa, CHust, Ashqoltepalar Farg„ona vodiysidagi o„zida ilk shaharsozlik 
belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar xisoblanadi. Aynan Dalvarzintepa va 
1
Фарғона водийси қадимги шаҳарлари ҳақида ёзишда ФА Археология институти катта илмий ходими т.ф.д. 
Б.Х.Матбобоевнинг илмий маслаҳатлари ва сўнгги йилларда чоп этилган ишларидан фойдаланганлигимиз 
боис ҳамкасбимизга чуқур миннатдорчилик билдирамиз. 


CHustning atrofi himoya devorlari bilan o„rab olingan bo„lib, ularda hukmdor 
yashaydigan ark ajralib turadi.
Bu o„rinda ta‟kidlash joizki, shahar madaniyati va davlatchilikning paydo 
bo„lishi doimo tadqiqotchilar bahs-munozaralarining diqqat markazida turgan 
masalalar hisobida turadi. Bu jarayon asrlar davomida o„ziga yangi jihatlar va 
vazifalarni qo„shib, murakkablashib va mukammallashib borgan. SHaharsozlik 
madaniyatining rivojlanishida himoya inshootlari asosiy omillardan biri bo„lib, 
jamiyatda kechgan urbanizatsiya jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo„lgan. 
Dunyo tarixida shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa 
davlatning paydo bo„lishi uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening 
fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo„llar bilan bo„lib o„tgan. 

Download 440.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling