2 O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati


Download 301,43 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi301,43 Kb.
#1553562
Bog'liq
REFERAT 2

REJA;


1 Elektron hukumat
2 O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati
3 Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining faoliyati

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar.


Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

2 Bugungi kunda "elektron hukumat"tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatgadavlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa,boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlatorganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishdaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.

Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvniichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokinidoimiy optimallashtirishdir. Elektronhukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishniosonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimchaimkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.

Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:

· G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga

· G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga

· G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga

"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadiinteraktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.

"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamdaushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarbmasalalardan biri sanaladi.

Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistondaAKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"nirivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekistonRespublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliyaxborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatnijoriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qarorbilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish varivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi,ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga,Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleksdasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi.Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funktsiya va vazifalarinioperativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlariniyaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatiniavtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi.

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 27- iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:

“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan.

O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:



Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.
Texnik topshiriq ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.
Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016- yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.


Download 301,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling