2. O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi. Kimyo fanini rivojlanishiga o’z xissasini qushgan o’zbek olimlar


Download 32.92 Kb.
bet1/2
Sana17.12.2022
Hajmi32.92 Kb.
#1025627
  1   2
Bog'liq
Sharpov A




Mustaqil ish


Mavzu: “O’zbekiston Respublikasi kimyo sanoatining rivojlanishi haqida ”

Bajardi : Sharipov .A


Reja
1. O’zbekiston kimyo sanoati

2 .O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi.
3.Kimyo fanini rivojlanishiga o’z xissasini qushgan o’zbek olimlar.
4.Uzbek olimlarining ushbu fan buyicha erishgan yutuqlari.
5.Foydalingan adabiyotlar.

O’zbekiston kimyo sanoati
Kimyo sanoati mamlakat og'ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biridir. Bir tomondan, respublikada neft, gaz, ko'mir sanoatining muntazam o'sib borishi (binobarin, kimyoviy xom ashyo miqyosi va geografiyasining kengayishi), ikkinchi tomondan, xalq xo'jaligining mineral o'g'itlar, har xil ximikatlar, plas­tik massalar, sun'iy tola, sintetik kauchuk, lok-bo'yoq, kislota va ishqorlarga ehtiyoji ortib borishi mazkur sanoat tarmog'ini rivojlantirishga ob'yektiv shart-sharoit yaratgan.

Mamlakat kimyo sanoati shuning uchun ham tabiiy ravishda tez rivojlanib bormoqda. U ayniqsa, yoqilg'i-energetika sanoatining xom ashyosi mo'l bo'lgan regionlarida tez rivojlanmoqda.

Mamlakat kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi, tabiiy gaz, neft, ko'mir, oltingugurt, ozokerit, turli minerallar, ohaktosh, grafit, shuningdek rangli metallurgiya va paxta-kanopni qayta ishlash chiqitlaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. Respublikamizda osh va kaliy tuzlari, fosforit va soda xom ashyolari, magniy, natriy zahiralari nihoyatda katta. Ularning yirik konlari Tubagatan, Baybichakan, Oqpat, Xo'jaikon, Lalmikon va boshqalardir.

Respublika kimyo sanoatining asosiy mahsuloti mineral o'g'itlardir. Qishlok xo'jaligi uchun o'ta zarur bo'lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sul'fat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, murakkab azotli va fosforli o'g'itlar Chirchiq elektr-kimyo kombinatida, Farg'ona azotli o'g'itlar va Samarqand kimyo zavodlarida, Navoiy kimyo hamda Olmaliq «Ammofos» birlashmalarida ishlab chiqariladi.

Respublika kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln. t. azotli, 1,2-1,3 mln. t. fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mamlakat o'zining mi­neral ug'itlarga bo'lgan ehtiyojini to'la qondiradi va ma'lum qism (o'rtacha yiliga 26-30 mln. AQSH dollariga teng miqdorda) o'g'itni chetga eksport qiladi. Biroq, O'zbekistonda kaliyli o'g'it ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari negizida Tubagatan kaliy zavodi qurilmoqda.

Kimyo sanoatining gidroliz korxonalari etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijon gidroliz zavodi, Farg'ona furan birlashmasi, Yangiyo'l biokimyo zavodlari shunday korxonalardir.

Respublikada rezina mahsulotlari ishlab chiqarish Angrendagi «O'zbekrezinatexnika» birlashmasi, plast­massa mahsulotlari ishlab chiqarish Ohangaron «San-texlit», Jizzax plastmassa quvurlari zavodi, Tosh­kent «Rangli lak» firmasi, Olmaliq va Namangan kimyo zavodlarida amalga oshiriladi. «O'zbekrezinatex­nika» birlashmasi 1992 yildan avtomobil shinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. U 1996 yilda yengil avtomobillar uchun 1,5 million dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlarni ishga tushirdi.

Organik sintez kimyosi ham respublika kimyo sanoatining endi rivojlanib kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Uning rivojlanishiga gaz sanoatidagi o'sish ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda- Hozirgi vaqtda bu sohannng yirik korxonasi Navoiy kimyo kombinatidir. Uning tarkibida asetilen, sirka kislotasi, ase­til-sellyuloza, nitron tola ishlab chiqaradigan quvvatlar yaratilgan. Farg'ona va Namangan kimyo zavodlarida asetat ipak, viskoz ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun'iy tolalardan gazlama, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kimyo sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlari lok-bo'yoq va maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toshkentdagi kimyo sanoati korxonalari lok-bo'yoq Olmaliq kimyo kombi-nati turli xil kir yuvish vositalari ishlab chiqaradi.

O'zbekiston kimyo sanoati korxona va birlashmalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Italiya firmalari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyolardan yangi-yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoat chiqindilarini qayta ishlashni avtomatlashtirish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatini kengaytirish, qo'shma korxonalar qurish sohasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qizilqum fosforit kombinati (quvvati 210 mln. tonnalik), Qo'ng'irot kaustik soda zavodi, Tubatagan kaliy o'g'itlar zavodi hamda ko'pgina qo'shma korxonalar jadal sur'atlar bilan qurilmoqda.

O`zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda o`z hissasini qo`shgan , o`z maktabini yaratgan , dunyo tanigan olimlarimiz juda ko`p. Davlatimiz ilm fanining o`chog`I M Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti o`zbek kimyogar olimlarini etishtirgan ilm maskanidir.
O`zbek kimyogar olimlaridan Sobir Yunusovich Yunusov - 1935 yilda O`rta Osiyo Davlat universiteti kimyo maktabining asoschisi.
1955 yildan boshlab halqaro kongreslarda (Shvetsariya , Fransiya , Angliya , Hindiston va boshq) alkaloid va o`simlik moddalari yuzasidan ilmiy dokladlari bilan qatnashashgan. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq o`simlik tadqiq qilinib , 245 alkaloidlarning tuzilishi isbotlandi. Sitazin , galantamin , papaverin , protonin kabi dori moddalar tibbiyotda keng qo`llanilmoqda.

Handam Usmonovich Usmonov - akademik , kimyo fanlari doktori , ilmiy ishlari selyuloza kimyosi va fizikasi , , pazta tolasi , linti , paxta qoldiqlari va ftor polimerlarga bag`ishlangan , u boshchiligidagi olib borilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan .



Shukur Tolipovich Tolipov - kimyo fanlari doktori , akademik . Ftor birikmalarining kimyoviy analizda qo`llanilishi bo`yicha ilmiy ishlar olib borilgan.
Obid Sodiqovich Sodiqov - organic , bioorganic va tabiiy birikmalar sohasidagi olim , akademik , tabiiy birikmalar kimyosi sohasida o`z maktabini yaratgan alloma.
Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xo`jaligi , qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho`rtan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral o`g`itlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , farg`ona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O`zbekiston iqtisodiyotida to`la mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
O`zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilg`or chet el texnologiyalarni o`zimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bog`liqdir. XXI asr bo`sag`asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bo`lib qolyapti.
O`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir .
Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xo`jalik chiqindilari yig`ilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yig`ilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xo`jaligi uchun foydali bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish , chuqindilarni zararsizlantirish to`g`risida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.

O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan buyuk allomalarning kimyo sohasiga qo‘shgan hissalari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo hududida ijod etgan buyuk allomalar orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasida ko‘p ishlari bilan mashhurdir. Uning fikricha, kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor maddalar yaratishga xizmat qilishi kerak. Abu Ali al- Husayn ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980 yil Afshona qishlog‘i - 1037 yil Hamadon shahri Eron) 450 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 80 8 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilashunoslikka asoslangan. Ibn Sino fikricha, avval tog‘ - u toshlar , so‘ng o‘simlik, hayvonot taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Materiyaning eng soda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, suv, olov, tuproqdan iborat. Ulardan murakkab narsalar tashkil topadi. Unsurlar yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi, degan fikrlarni bayon qilgan. U ma’danlarni to‘rt guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo‘lgan. Bu tasnif XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan shug‘ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarni turli davrlarda yozgan bo‘lgani uchun ularning Ibn Sinoning kimyoga bo‘lgan munosabatining evolutsion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari o‘sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg‘or edi. Ibn Sino 21 yoshida ya’ni ilmiy faoliyatining bo‘sag‘asida metallar transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yo‘l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va muqaddam kimyogarlarning ta’siri ostida “Baraqiyga atab san’at (al - kimyo)ga doir risola”) nomli kichik asar yozgan, lekin 30 yoshlarga borib ilmiy tajribasi ortdi. Yosh olim bu sohadagi ishlarni zoye ketishiga amalda ishonch hosil qildi va “Risola aliksir” (“Iksir haqida risola”) asarida kimyoviy yo‘l bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildirdi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash - shifo” da kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari befoyda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan har bir metal alohida bir modda bo‘lib, kimyogarlar o‘ylagandek, bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab bo‘lmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o‘rta asr kimyosining ilmiy kimyoga o‘sib o‘tishida ilmiy rol o‘ynadi. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urushi, siydik va najasga qarab olingan belgilarga katta e’tibor 9 berdi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati va jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Vabo va o‘latni farqlagan. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgilar haqida to‘g‘ri tasvirlar bergan. Jigar ka.sa.11ik1a.rini ko‘proq mayiz, anjir, anor iste’mol qilishini buyuradi. Hozir kasallikning glyukoza va insulin bilan davolash usuliga xosdir. Jarrohlikda anesteziya (og‘riqni sezdirmaslik) uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi narkotik ta’sirga ega dorilardan foydalangan. Tabobatda sano, kofur (kamfora), rovoch, tamrhindiy (hind xurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p dorilarning qand shakllari asosida tayyorlashni ham taklif etgan. Uni dorivor o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozir dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir qatorda Ibn Sino birinchilardan bo‘lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval soda, so‘ng murakkab tarkibli dorilar bilan davolagan. Eng muhimi u oziq- ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sut, go‘sht, sabzavot va hk.) boshlagan. Dori tayyorlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho‘l, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan. Ularning orasida “Qonun” kabi ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi )”Urjuza fit - tib” (“Tibbiy urjuza”) “al - Adviyat al - qalbiya” (“Yurak dorilari”) kabi ko‘plab risolalari bor [ 7 ]. Abu Rahyon Beruniy Xorazmda yashab ijod etgan bo‘lib, uning “Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami” degan risolasi o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham ma’danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblanadi. Beruniyning nasl-nasabida “berun” so‘zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “Tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildiradi. Beruniy Ma’mun 10 akademiyasi anjumanlarida faol qatnashgan. Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalarida tabiat falsafasi va fizika masalalari, fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va so‘nishi masalalari ochilgan edi. Beruniy “Mineralogiya” ya’ni “Kitob al - javohir fi ma’rifat al - javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami”) asari o‘sha davrdagi eng qimmatli asar hisoblangan. “Dorivor o‘simliklar haqida kitob” (“Saydana”) Sharqda, jumladan, Turkistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning tavsifi berilgan. Beruniyning 152 ta kitob va risolalaridan 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi madaniyatshunoslik, 4 tasi xaritografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyotga oid asarlardir. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini yaltiroqligini, qattiqligini aniqlash, uning magnet va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash usullaridan foydalangan. U minerallarni ta’riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma og‘irliklarini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qilishi, minerallarning tabiiy tasnif asoslarini ishlab chiqishga urinib ko‘rdi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma og‘irligi hozirgi zamon o‘lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo bo‘lishi haqida ilmiy fikrlar ayrgan. Solishtirma og‘irlikni aniqlash uchun maxsus asbob ixtiro etgan. U alkimyoda qo‘llanilgan g‘ayriilmiy va asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlardan ba’zi minerallarning “mo‘jizakor xususiyatlari” ni inkor qildi. Bu holda “hodisalarning haqiqiy sababini bilmovchilar uchun bir vajdir” deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yo‘li bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan xulosaga keladi. “Mineralogiya”da har bir qimmatbaho tosh yoki metallarni tavsiflash jarayonida arab mumtoz shoirlarining o‘sha tosh yoki metal haqida yozgan she’rlaridan namunalar keltirilgan. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy atomizmga yaqin bo‘lgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakteristikasini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarning fikr va qarashlariga qarama - qarshi qo‘yilgan [ 15 ]. 11 Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar - Roziy (865-925 yy) sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir Tehron yaqinidagi Ray shahrida 865 yilda dunyoga keldi. Yoshligidan bilimga chanqoq, qiziquvchan ar - Roziy, avval Tehronda, so‘ng Buxoroda, Bag‘dodda ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni o‘rgandi. Yoshligidanoq ar - Roziy o‘sha paytda keng tarqalgan qarashlarga hamohang ravishda turli metallarni oltinga aylantirish borasida tajribalar olib bordi. 30 yoshida Bag‘dodga kelib tibbiyot ilmini o‘rgana boshladi. O‘rta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, o‘z davrining Jolinusi (Galeni) deb atalgan. Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya - gigiena, farmokognoziya, farmokologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat bilan bog‘liq bo‘lgan botanika, mineralogiya va kimyo sohasida ham ancha muvaffaqiyatga erishgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Kitob al - hoviy fit tib” (“Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi”) nomli to‘plamidir. Unda antik davrdan to Roziy zamonasigacha bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan. Ar - Roziyning kimyo sohasiga oid bo‘lgan asarlaridan “Sirli hodisalar kitobi” va “Sirli hodisalarning sirlari kitobi” mashhur bo‘lib, ularda olim qadimgi grek faylasuflari va kimyogarlari, VIII va IX asrlarda yashab ijod etgan arab olimlarining asarlarini umumlashtiradi. Ar - Roziy kimyoviy tajribalar orqali metallar transmutatsiyasiga erishishni orzu qilar edi. Uning fikricha, kimyoning asosiy maqsadi oddiy toshlar, ya’ni, kvarts, chaqmoqtoshdan qimmatbaholarini hosil qilishdir. Buning uchun u Jobir ibn Hayyom tajribasiga murojaat qilgan holda, qimmatbaho tosh va metallar hosil qilish uchun nafaqat oltingugurt va simob ishlatilishini, balki, ular qatoriga tuzni ham qo‘shish kerakigini ta’kidlaydi [ 16 ]. O‘z asarlarida kimyogar o‘sha zamon allomalari foydalanadigan turli xil kimyoviy uskunalar va reaksiyalarni tavsiflab beradi. “Sirli hodisalar kitobi” da ar - Roziy kimyoda ishlatiladigan barcha materiallarni uchga bo‘ladi: narsalarni, uskunalarni va reaksiyalarni bilish. Kimyo tarixida ilk marotaba ar - Roziy o‘ziga 12 ma’lum bo‘lgan moddalarni tasniflashga harakat qiladi va ularni uchta katta guruhga bo‘ladi. Bular: minerallar, o‘simliklar va hayvonlardir. Minerallarga oid moddalarni u o‘z navbatida oltita kichik guruhga - “ruh” (uchuvchan moddalar), “tana” (metallar), “tosh”, “kuporos”, “suyuq” va “tuz” larga bo‘ladi. O‘simlikka oid moddalarni ar - Roziy ular juda kam ishlatilgani uchun sanamaydi. Hayvonlarga oid moddalarga u tuk, suyaklar, miya, safro, qon, sut, tuxum, shoxni kiritadi. Kimyoviy jarayonlar ichida u suyultirish, filtrlash, yuqori haroratda moddani ushlab turish, distillash, sublimatsiya, amalgamatsiya, eritish, quyultirishni ta’riflaydi.
O‘zbekistonda kimyo sohasi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot olib borayotgan muassasalar 1932 yilda respublikadagi ilmiy tadqiqotlarni tartiblashtirish va xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirish maqsadida ilmiy kengash tashkil etildi va 1940 yilda uning negizida SSSR FA Toshkent filiali ochildi. 1941-1945 yillarda sobiq SSSR markaziy shaharlaridan 40 dan ortiq ilmiy muassasalarning Toshkentga ko‘chirilishi va ilmiytexnik tadqiqotlar hajmi keskin oshishi munosabati bilan 1943-yilning sentyabrida O‘zR FA tashkil etildi va uning oldiga barcha ilmiy tadqiqotlarni boshqarish vazifasi qo‘yildi. O‘zR FA Prezidentlari: QoriniyoziyT.N. (1943-1947 yy), Sarimsoqov T.A. (1947-1952 yy), Zohidov T.Z. (1952-1956 yy), Abdullayev X.M. (1956-1962 yy), Oripov U.O (1962-1966 yy), Sodiqov O.S. (1966-1984 yy), Habibullayev P.K. ( 1984-1988 yy), Salohiddinov M.S. (1988­ 1994 yy), Abdullayev J.A. (1994-1995 yy), Jo‘rayev T.D.( 1995-2000 yy), Yuldoshev B.S. (2000-2005 yy), Aripov T.F. (2005-2006 yy), 2006 yildan hozirgacha Solihov Sh.I.
O‘zbekiston kimyogar olimalari maktabi va ularning tadqiqot yo‘nalishlari Abdurasulova Amina Rahimovna - birinchi o‘zbek ayollari orasida kimyo fanlari doktori (1965), professor (1966). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1939), organik kimyo kafedrasi assistenti (1943-1948), dotsenti (1948-1966), O‘zbekiston Milliy universiteti organik kimyo kafedarsi mudiri (1969 yildan). Ilmiy ishlari fenollar va ularning efirlarini alkillashga bag‘ishlangan bo‘lib, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ortosiklogeksilfenolni sintezi sanoatda qo‘llanilgan. 120 ta ilmiy maqola va 8 ta mualliflik guvohnomasi bor. Bir qator davlat mukofotlari sohibasi. 18 Saidnosirova Zarifa - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o‘zbek ayol rassomi. Toshkentda “Pestolozzi” maktabi (1922-1926), Navoiy nomidagi ta’lim - tarbiya texnikumi (1924-1926) da o‘qigan. So‘ng O‘rta Osiyo universiteti fizika - matematika fkultetining kimyo bo‘limini tugatib (1926-1930), o‘rta maktablar, xotin - qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xo‘jalik institutida o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930-1986), Toshkent tibbiyot institutida o‘qituvchi (1932-1937). O‘quv - pedagogika nashriyotida muharrir (1934-1935). O‘rta maktablar va texnikumlar uchun “Kimyo” darsligi (1933) muallifi. Z.Saidnosirova pedagogik faoliyatdan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha- o‘zbekcha lug‘ati ustida ilmiy ish olib brogan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi. Asarlari: “Eno^oronecKHÔ” (hamkorlikda), T,;1987. “BogopacTBopHHe ÔHO^OrHHeCKH aKTHBHHe nO^HMepHHe CHCTeMH H HX npHMeHeHHe B Ce^CKOM xo3^HCTBe” , T.2003. “Kimyodan ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘at” (hamkorlikda), T,;1975. “Oybegim mening” (xotiralar), T,;1994 . Rashidova Sayyora Sharopovna - O‘zbekiston FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), Kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Moskva universitetini bitirgan (1965), O‘zbekiston FA Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972-1979), polimerlar kimyosi bo‘limi rahbari (1979-1981), O‘zbekiston FA polimerlar kimyosi va fizikasi institute direktori (1981 yildan). Asosiy ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi - polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid. S.Rashidova rahbarligida yo‘naltirilgan kimyoviy modifikatsiyali biologik faol polimerlar, dorivor preparatlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni tanlashning nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, urug‘larini ekishga tayyorlashda biologic faol polimerlarni qo‘llab kapsulalashning 19 ekologik zarasiz texnologiyalarini ishlab chiqildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlisning “Inson huquqlari” bo‘yicha vakili (1995 yildan). “Do‘stlik” (1999), “El - yurt hurmati” (2003) ordenlari bilan mukofotlangan. Asarlari: “Bno^orHHecKHH aKTHBHHe no^HMepHHe K0M^03H^HH b ceMeHOBHgeHHH” (hamkorlikda), T.; 1987. “BogopacTBopHHe ÔHO^orHnecKH aKTHBHHe nO^HMepHHe CHCTeMH H HX npHMeHeHHe B Ce^CKOM X03flHCTBe” , T.2003. 2.3. O‘zbekistonda nano kimyo yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir. Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi: - o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash; - nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; - alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikroob'ektlarni yig‘ish. Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida at.om1a.rni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas. Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik. 20 1959 yilda Nobel mukofoti sohibi Richard Feynman kelajakda alohida atomlarni boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat qildi. 1981 yilda Binig va Rorer tomonidan moddalardan atomlar darajasida ta'sir qila oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi. 1982-1985 yillarda sistemalarda atomar aniqlikka erishildi. 1986 yilda atom quvvatli mikroskop yaratilib, u tunnel mikroskopidan farqli ravishda har qanday, masalan, tok o‘tkazmaydigan material bilan ham ta'sirlasha oladi. 1990 yilda alohida atomlarni boshqarishga erishildi. 1994 yilda sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi.
Xomashyoning klassifikatsiyasi
Kimyo sanoatida xomashyo turli belgilariga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Kimyoviy tarkibiga qarab ikki turga bo‘linadi: anorganik va organik. Kelib chiqishiga qarab quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi: 1) mineral; 2) mineral bo‘lmagan; 3) o‘simlik; 4) hayvonot.
Bu to‘rtta guruh o‘z navbatida bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Yer qa’ridan olinadigan hamma foydali qazilmalarga mineral xomashyo deb ataladi va ular ma’danli, noma’dan va yonuvchan xomashyo sinflarni tashkil etadi. Ularni qayta ishlab asosan metallar, metall qotishmalari, hamda kimyoviy mahsulotlar olinadi. Masalan, sulfidli rudalarni qayta ishlaganda mis, rux va nikel metallari bilan-bir vaqtda sulfat kislota ham olish mumkin.
Xomashyolarga tarkibida oltingugurt tutgan tog‘ jinslari, fosfatlar, tabiiy kaliyli tuzlar, osh tuzi, qum, tuproq va boshqalar kiradi. Ular asosan o‘g‘itlar, tuzlar, kislota va ishqorlar, sement, shisha va keramik buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Yonuvchi mineral xomashyoga yer qa’rida uchraydigan ko‘mir, neft va tabiiy gaz kiradi. Ulardan asosan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida va qator kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘simlik va hayvonot xomashyolariga yog‘och, teri, jun, ipak va x.k. kiradi.
Havo va suv ham arzon xomashyo turiga kiradi. Havodan azot va kislorod olinadi. Suvdan esa vodorod va kislorod olish mumkin. Suv yana ko‘pchilik jarayonlarda qatnashadi, hamda qattiq suyuq va gaz moddalarni eritishda ishlatiladi.
Turli moddalarni xomashyo sifatida ishlatilishi ularning bahosiga, yerdagi zahirasiga, qazib olinishiga hamda texnikaning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Xomashyo muammosini hal qilishda, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda izlanishlar olib borish zarur:
Xomashyolarining manbalari
Hozirgi vaqtda yer bag‘ridan mineral xomashyoning 400 turi qazib olinmoqda. Shulardan 85% yoqilg‘ilar (neft, gaz, ko‘mir) ga, 12% qora va rangli metallarga, 3% qurilish materialllari, mineral o‘g‘itlar va nemetall xomashyolarga to‘g‘ri keladi.
Jumhuriyatimizda mineral xomashyoning 80 dan ortiq turi mavjud. O‘zbekistan mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, oltin, uran, kaolin, alyuminiy (alunit), gaz bo‘yicha hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Faqat ochilgan noma’dan konlar hisobiga 500 dan ortiq korxonalar (sement, g‘isht, o‘g‘it, chinni, shag‘al, beton ishlab chiqaradigan) ishlab turibdi. Yer osti boyliklari hisobiga o‘lkamizda yangi tarmoqlar—rangli, qora metallurgiya, yoqilg‘i (neft, gaz, ko‘mir), energetika, tog‘ qazish va qurilish materiallari sanoati vujudga keldi va rivojlandi.
O‘zbekiston kimyo sanoati uchun eng zarur xomashyolardan biri tabiiy gazdir. Uning Buxoro-Xiva va Surxondaryo manzillarida 20 dan ko‘p konlari (Gazli, Uchqur, Muborak, Qorovulbozor, SHo‘rtan va hakozo) ochilgan.
Organik sintez asosida gazdan xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘lgan sintetik kauchuk va spirtlar, erituvchilar, medikamentlar va boshqalar ishlab chiqarish mumkin. 1mln. m3 gazdan 2400 m sun’iy ipak matolar, 240—400 kg plastmassa. 320—400 kg sintetik ukauchuk va boshqa narsalar olish mumkin. O‘zbekistonning asosiy kimyo sanoati gigantlari bo‘lgan «Chirchiqelektrokimyosanoat» va «Navoiazot» ishlab chiqarish birlashmalari hamda Farg‘onadagi azot o‘g‘itlari ishlab chiqarish zavodlarida asosiy xomashyo sifatida tabiiy gaz ishlatiladi.
Respublikamizda neft qazish ishlari 1886 yilda Farg‘onada boshlangan. 1913 yilda 13 ming tonna neft olingan. Neft konlari asosan Farg‘ona, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida topilgan.
O‘zbekistonda 1917 yilga qadar toshko‘mir qazib olish ishlari tashkil qilinmagan edi. Toshko‘mirning katta zaxirasi Angrenda topilgan. 1941—45 yillarga kelib Angren koni ishga tushirildi. Bu kondan 1975 yilda 5 mln.71 ming tonna yoqilg‘i qazib olindi.
Ma’danli minerallardan bo‘lgan oltin konlari 1960 yildan so‘ng Toshkent, Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida topilgan. Qo‘rg‘oshin-rux ma’danlari Kumushkon, Qo‘rg‘oshinkon, Cholota (Toshkent viloyati), Uchquloch (Jizzax viloyati) va Xondiza (Surxondaryo viloyati) konlaridan olina boshlandi. Olmaliq (Toshkent viloyati) koni asosida toza mis metalli olinmoqda.
Volfram va molibden ma’danlari Samarqand viloyati hududidagi Langar, Qo‘ytosh va Ingichka konlarida qazib olinmoqda.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda kimyoviy xomashyo sifatida norudali qazilmalar: kaliyli tuzlar, fosfatli xomashyo va oltingugurt ishlatiladi.
Kaliyli tuzlar Hisor tog‘ sistemasining janubiy—g‘arbiy tarmog‘idagi konlarda, fosfatlar Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va quyi Amudaryo konlarida, oltingugurt esa Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Ustyurt konlarida topilgan. Bu konlardan hali foydalanilmayapti. Oltingugurt Muborakda qurilgan zavodda (1974 y) gazdan olinmoqda.
Oziq-ovqat, kimyo, qog‘oz va shisha ishlab chiqarish, metallurgiya va yengil sanoatlarida keng ishlatiladigan norudali xomashyo—natriy xlorid va natriy sulfatlarning katta konlari Buxoro, Hisor va quyi Amudaryo hududlarida topilgan.
Kimyo, rezina, qog‘oz sanoatida to‘ldiruvchi, hamda keramika va qurilish materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnik xomashyo—talk —silikatli mineral 3MgO∙4SiO2∙N2O ning katta zahirasi quyi Amudaryo va Sulton Uvays tog‘larida topilgan.
Chinni va qoplama plitalar zavodi uchun xomashyo-kaolinning katta zahirasi Angrenda, bentonit konlari esa Oqmozor (Buxoro) va Kattaqo‘rg‘on (Samarqand) da bor. O‘zbekistonda 12 marmar (Rozg‘on, Kitob, Og‘alik, Jom va hakozo) va 8 granit konlari bor.
Xomashyoni boyitish usullari
Xomashyo tarkibidagi foydali elementlarining miqdorini oshirish va keraksiz jinslardan qutilish maqsadida xomashyo boyitiladi. Ishlab chiqarishda boyitilgan xomashyoni ishlatish transport xarajatlari va sarf qilingan energiya miqdorini kamaytirishga, hamda ba’zi reaksiyalarda ajralib chiqqan energiyadan samarali foydalanishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda xomashyoning boyitishning bir necha turlari mavjud. Ulardan eng muhimlari quyidagilari: mexanik, termik, kimyoviy, elektromagnit, flotatsiya yoki fizik-kimyoviy boyitish.
Mexanik usulda asosan qattiq minerallar elaklaga va gravitatsion ajratish yo‘li bilan boyitiladi. Elaklash usuli tarkibida qattiq va yumshoq jinslardan iborat bo‘lgan minerallarni boyitishda ishlatiladi, Mexanik kuch ta’sirida mo‘rt, yumshoq jinslar oson maydalanadi va elakning teshiklaridan o‘tib kerakli jinslardan ajratiladi. Masalan, fosforitni kerakmas jinslardan elaklash usuli bilan ajratib olish mumkin.
Gravitatsion boyitish ho‘l va quruq usulda olib boriladi. Bu usul gaz va suv oqimida kelayotgan zichligi va o‘lchami har xil bo‘lgan zarrachalarni turli tezlikda cho‘kishiga asoslangan. Gravitatsion usullar silikat materiallar, mineral tuzlar ishlab chiqarishda va metallurgiya sanoatida ishlatiladigan xomashyoni boyitishda keng qo‘llaniladi.
Maydalangan xomashyo aralashtirgich yordamida suv bilan aralashtirilib pulpa (qattiq materialni suyuqlik bilan aralashmasi) shaklida vertikal cho‘ktirish kameralaridan iborat tindirgichga yuboriladi. Kamera bo‘ylab pulpaning harakat tezligi kamayib boradi. Natijada qattiq zarrachalarning cho‘kishi osonlashadi. I—kamerada katta zarrachalar, II va III—kameralarda o‘rtacha va yengil zarrachalar cho‘kadi. Tindirgich kameralarning sonini ko‘paytirib xomashyoni turlicha fraksiyalarga ajratish mumkin. Ko‘pincha cho‘ktirish kameralarining bittasida xomashyo tarkibida keraksiz jinslar (tuproq, loyqalar) cho‘kmaga tushadi va konsentrlangan mineral keyingi kameralarda ajratib olinadi.
Ho‘l usulda boyitishning ikkinchi usuli gidrotsiklon deb ataladigan apparat yordamida amalga oshiriladi. Bu apparat yordamida pulpa ikki oqimga ajratiladi. Birinchisi katta zarrachalardan iborat og‘ir fraksiya, ikkinchisi kichik zarrachalardan iborat yengil fraksiya. Gidrotsiklon silindr va konussimon qismlardan iborat. Maydalangan mineralning suv bilan aralashmasi bosim ostida gidrotsiklonning silindr qismiga urinma shaklida yuboriladi. Oqimning gidrotsiklonda aylanishi natijasida markazdan qochma kuch ta’sirida og‘ir zarrachalar apparatning devori tomon harakat qilib, uning pastki qismida zichlangan pulpa shaklida yig‘iladi.
Suyuqlik tarkibidagi kichik, yengil zarrachalar ichki spiralsimon oqimda harakatlanib, markaziy nay (patrubok) orqali yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi. Gidrotsiklonning ish unumdorligi gravitatsion cho‘ktirishga qaraganda ancha yuqori.
Xomashyoni quruq usulda saralashda havo separatorlaridan foydalaniladi. Masalan, markazdan qochma kuchga asoslangan separatorlarda xomashyo zarrachalari gorizontal tekislik bo‘yicha katta tezlik bilan harakatlanayotgan diskka yuboriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida katta va og‘ir zarrachalar yengil va mayda zarrachalarga qaraganda uzoqroq masofaga otilib boradi va shu tariqa xomashyo katta va kichik zarrachalarga saralanadi.
Magnitga tortiluvchi va tortilmovchi materiallarni bir— biridan elektromagnit separator yordamida ajratib olish mumkin. Masalan, magnitli temirtosh (Fe3O4) ni kerakmas jinslardan ajratishda asosan ushbu usuldan foydalaniladi. Elektromagnit separatorning ishlash prinsipi chizmasi albomda keltirilgan. Maydalangan xomashyo elektromagnit (3) o‘rnatilgan baraban (2) da harakatlanuvchi transportyor lentasiga (1) kelib tushadi. Transportyor lentasini barabanning yuzasidan o‘tishida magnitlanmaydigan zarrachalar 4—bunkerga tushadilar, magnitlanuvchanlar esa lentada biroz ushlanib qoladilar va lenta baraban yuzasidan o‘tgandan so‘ng 5—bunkerga yig‘iladilar.
Termik usulda boyitish xomashyo tarkibiga kirgan komponentlarning turli temperaturada suyuqlanishiga asoslangan. Masalan, toza oltingugurtni oltingugurtli rudalardan shu usulda ajratib olinadi. Oltingugurt ancha past temperaturada (113—119°S) suyuqlanadi, keraksiz rudalar esa yuqori temperaturada suyuqlanadi.
Kimyoviy usulda boyitish xomashyo tarkibiga kirgan komponentlarning ba’zi birlarini reagentlar ta’sirida erishiga yoki bir-biridan oson ajraladigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Kimyoviy usulda boyitishga minerallarni yuqori temperaturada kuydirish ham kiradi. Bunda karbonatlarning, organik aralashmalarining parchalanishi va namlikning yo‘qolishi hisobiga xomashyodagi kerakli komponentning miqdori ortadi.
Flotatsiya—xomashyo boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib, katta masshtablarda qo‘llaniladi. Boyitish fabrikalarida flotatsiya usuli yordamida polimetall sulfidli rudalar bir nechta fraksiyalarga ajratiladi, apatit nefelindan ajratiladi, toshko‘mir va turli minerallar boyitiladi.
Flotatsiya minerallarning suv bilan turlicha ho‘llanishiga asoslangan. Suvda ho‘llaniladigan (gidrofil) kristallar cho‘kadi, ya’ni flotatsion mashinaning tagida yig‘iladi, suvda xo‘llanilmaydigan (gidrofob) kristallar esa pulpa orqali yuborilayotgan havo pufakchalariga yopishib yuqoriga ko‘tariladi va u yerda konsentrat yig‘ib olinadi.
Flotatsiya jarayonini unumli olib borish uchun suvli suspenziyaga turli flotoreagentlar (sirt faol moddalar) qo‘shiladi. Flotoreagentlar sifatida asosan sosna moyi hamda toshko‘mir smolasining ba’zi fraksiyalari ishlatiladi. Ular ko‘pikning barqarorligini oshiradilar va suspenziyadagi kerakli minerallarga adsorbsiyalanib, ularning sirtida gidrofob qobiq hosil qiladilar. Natijada, o‘z tarkibida mineral tutgan bunday gidrofob zarrachalar ko‘pik shaklida yuzada yig‘iladilar. 1 tonna rudaga 50 dan 500 gr gacha flotoreagentlar sarf bo‘ladi.
Xomashyoni kompleks ishlatilishi
Kimyo sanoatida asosiy muammolardan biri-xomashyoni kompleks ishlatishdir, chunki bunda atrof-muhitni ifloslantiradigan, aholi yashaydigan joylardan uzoqroq yerlarga olib borish uchun qo‘shimcha sarf xarajatlar talab qiladigan chiqindilarning yig‘ilib qolishiga barham beriladi.
Xomashyoni kompleks foydalanishnig asosiy yo‘li-murakkab tarkibga ega bo‘lgan xomashyoni ketma-ket qayta ishlab kerakli mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarishdagi chiqindilarga foydalanilmagan imkoniyatlar deb qaraladi va ularni yangi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun arzon xomashyo sifatida foydalanishni taqozo etadi.
Xomashyoni kompleks ishlatish natijasida bir korxonaning ichida bir nechta mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Masalan, «Chirchiqelektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida avvallari asosan selitra o‘g‘iti ishlab chiqarilar edi. Ammiakning sintezi uchun kerak bo‘ladigan vodorodni, tabiiy gazni (СН4) konversiya qilib olinadi. Bunda vodoroddan tashqari hosil bo‘lgan CO2 Газидан karbamid (mochevina) olish texnologiyasi ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
2NH3QCO2→CO(NH2)2 QH2O
Ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanish, birinchidan asosiy xomashyoni tejaydi, ikkinchidan esa atrof-muhitniig ifloslanish darajasini kamaytiradi.
Masalan, superfosfat zavodlarining chiqindisi bo‘lgan fosfogipsdan sulfat kislota va sement olishda foydalanish mumkin.
Chirchiqdagi «Kaprolaktam» zavodida bir kecha-kunduzda taxminan 25 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Uning tarkibi asosan organik birikmalardan iborat. Hozirgi vaqtda uni asosan yoqish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Respublika kimyogar olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ushbu chiqindining 40-50 % kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan benzoy kislotasi ekanligi aniqlandi va uni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Chiqindining qolgan 50-60% dan ionalmashinuvchi smolalar va bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish mumkinligi ko‘rsatilgan. Lekin haligacha bu chiqindini yuqorida aytilgan texnologiya asosida sanoat miqyosida qayta ishlash yo‘lga quyilgan emas.
Demak, xomashyodan kompleks foydalanish kimyo sanoatining yuksak yo‘nalishi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xomashyo resurslarini va xalq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masaladir. Kimyo sanoatida xomashyodan kompleks foydalanish muammosi hal etilsa, chiqindisiz mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, atrof-muxitning kimyoviy moddalar bilan zararlanishi pasayadi va ekologiya yaxshilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a'zolari to'liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida "O'zkimyoimpeks" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o'z yechimini topgani yo'q. Masalan, mineral o'g'it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo'jaligini moliyalashtirishga umuman e'tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o'zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda, dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o'g'itlar bilan bog'liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o'sib ketmoqda.
Shu munosabat bilan 2018-yildan boshlab, iste'molchilarga mineral o'g'it yetkazib berish "O'zkimyosanoat" AJ huzurida tashkil qilinadigan "Yagona agent" vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o'g'itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda "Farg'onaazot" korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, "Ammofos-Maksam" va "Maksam-Chirchiq" birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo'lgan, "Navoiyazot" korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o'z aylanma mablag'larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E'tibor qaratish lozim bo'lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag' yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta'mirdan o'tmayapti.
Davlatimiz rahbari joriy va kapital ta'mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligini fosforli o'g'itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta'minlash masalasi muhokama qilinar ekan¸ bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo'lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021-yilda yangi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.
Yig'ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta'minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko'p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog'liqdir. Ammo bu yo'nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda "O'zkimyosanoatloyiha" loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo'nalishlarini o'zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi.
Muhokama qilingan masalalar bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.



Download 32.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling