2-O’zbekistonda mafkuraviy cheklanishlar 3-Paxta ishi musibatining ildizi
Download 31.35 Kb.
|
paxta ishi qata\'on
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekistonda 1946-1985-yillarda manaviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari
- 50-80-yillarda Oʻzbekistonda madaniy hayot,mafkuraviy cheklanishlar
- Urushdan keyingi yillarda 1945-1985-yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti
Mavzu: Respublikada ma’naviv-madaniy qaramlik va uning oqibatlari Qatago’onlikning yangi talqini Paxta ishi – “ O’zbek ishi” Reja: 1-manaviy-madaniy qaramlik oqibatlari 2-O’zbekistonda mafkuraviy cheklanishlar 3-Paxta ishi musibatining ildizi 4-1980- yillarda O’zbekiston Oʻzbekistonda 1946-1985-yillarda manaviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari Respublikada 1946-1985 yillardagi maʼnaviy –madaniy qaramlik va uning oqibatlari.Totalitar tizim sharoitida madaniy-maʼrifiy muassasalardan ommaga gʻoyaviy taʼsir oʻtkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2.977 klub boʻlsa, 1970 yilda ularning soni 3.441 taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga; muzeylar soni 14 tadan 26 taga; kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin, bularning koʻpchiligi statistik hisobotlarda oshirib koʻrsatilgan boʻlib, aslida oʻzlarining bevosita vazifalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega boʻlmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada boʻlib, moliya bilan yetarli taʼminlanmadi. Bu jihatdan Oʻzbekiston sobiq sovet respublikalari oʻrtasida eng quyi pogʻonada turdi.1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi toʻgʻri kelsa, Belorussiyada 11 ta, Oʻzbekistonda esa atigi 4 ta edi. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablagʻ aholini jon boshiga Yestoniyada 21,3 soʻmni, Armanistonda-17,9 RSFSRda-9,7 soʻmni tashkil qilsa Oʻzbekistonda 4,5 soʻmni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970 yillarda oʻn barobarga koʻpaygan boʻlsa, lekin ularning koʻpchiligini mafkuraviy targʻibot uchun zarur boʻlgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. 50-80-yillarda Oʻzbekistonda madaniy hayot,mafkuraviy cheklanishlar 70 yildan ziyod davom etgan mustabid sovet tuzumi va Kommunistik partiya yakka hukmronligi davrida oʻzbek xalqining milliy urf-odatlar va anʼanalarga qattiq zarba berildi. KPSS mafkuraviy siyosatining SSSR xalqlari maʼnaviyatiga salbiy taʼsiri natijasida jamiyatda madaniy-ahloqiy muhit zaiflashdi, maʼnaviy qashshoqlik sovet jamiyatini inqirozga yetaklovchi kuchga aylandi. Bu holat oxir-oqibatda milliy tillarning jamiyat hayotidagi mavqeini pasayishiga, uzoq yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni “oʻtmishning zararli sarqiti” sifatida taʼriflashga, maʼnaviyatning uzviy qismi boʻlgan dinni “xurofot va bidʼat” deb talqin qilinishiga va shu asosda millatlarni qaramlik holatida saqlab turishga asos boʻldi. Bu oʻz navbatida “yagona madaniyat” barpo etishga qaratalgan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan edi. Tabiiyki, SSSRda istiqomat qilgan turli xalq va elatlarning madaniyati shakli jihatidan har hil edi. Shubhasiz, har bir xalqning zabardast madaniyat arboblari - atoqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari, bastakorlari kabi oʻziga xos jihatlari koʻpdir. Ular oʻz navbatida jahon fani va madaniyatiga munosib hissa koʻshib kelganlar. Garchi, bu yutuqlarning aksariyati sotsialistik ruh berib turuvchi baynalmilal madaniyat boʻlsa-da, uning koʻp jihatlari yuqori saviyaga mutlaq javob beraredi. Taʼkidlash joizki, sovet turmush tarzining ajralmas qismi boʻlgan sovet qonunlari oʻz andozasiga mos anʼana va urf-odatlarni faol targib etishi oqibatida umumsovet marosimlari va bayramlari anʼana tusiga aylana bora boshladi. Oʻzbekiston aholisining 60 foizdai koʻpi asosan qishloq joylarida istiqomat qilganligi bois, qishloq aholisi uchun oʻylab topilgan mafkuraviy xarakterga ega bayramlartashkiletildi. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956 yilgi qaroriga binoan paxta terimini boshlashdan avval, yaʼni, avgust oyining ohirgi yakshanba kunlari “Qurultoy”, “Urugqadash marosimi”, “Yoshlarni paxtakorlar safiga tantanali qabul qilish”, “Birinchi gul bayrami”, “Ilk maosh”, “Qizil karvon” (“Birinchi oq oltin karvoni”), “Paxta bayrami” (“Hosil bayrami”) nishonlandi Oʻsha davrda respublikada 74 ta muqaddas qadamjolar boʻlgan boʻlsa, ularning faoliyati doimo partiya tashkilotlari va maʼmuriy idoralar diqqat eʼtibornda boʻlib keldi. Hayit bayramlari yakinlashishi bilan bu muqaddas qadamjolar tegishli davlat organlari tomonidan nazorat ostiga olinardi. Mahalliy sovetlar qoshidagi komissiyalar ham bu joylardagi vaziyatni muttasil kuzatib turgan. Ular diniy bayramlar yaqinlashib kelishi bilan muqadas joylarga sigʻinishning zararli oqibatlari hususida turli maʼruzalar oʻqiganlar, tashviqot ishlari olib borganlar Bayram yaqinlashgani sari birdan ularni taʼmir uchun yopib qoʻyish hollari sodir boʻlgan. Komissiyalar ishtirokida bu joylarda turli ateistik burchaklar sovet davlati “dohiy”larining hayotini yorituvchn muzeylar ham tashkil etilgan edi. Urushdan keyingi yillarda 1945-1985-yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligining tinch qurilishga oʻtishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan boʻlsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki oʻrtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi. Urushdan soʻng fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga katta hissa qoʻshgan Oʻzbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xoʻjaligini tinch qurilish yoʻliga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi. Taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining iqtisodini oʻnglab, hayot darajasini koʻtarishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch boʻldi. Sovet davlatining gʻoyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilgʻor tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta oʻrin egallagan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron boʻlgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham gʻarb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini koʻrsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qoʻrgʻon” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Download 31.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling