2-O’zbekistonda mafkuraviy cheklanishlar 3-Paxta ishi musibatining ildizi
«Paxta ishi», «O`zbeklar ishi” va ularning salbiy oqibatlari
Download 31.35 Kb.
|
paxta ishi qata\'on
«Paxta ishi», «O`zbeklar ishi” va ularning salbiy oqibatlari.
1983 yilning oxirida respublikada juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti Raisining birinchi o`rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi rayisining o`rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi. Respublika prokurori etib Buturlin, uning o`rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo`lib, ular respublikadagi hukmronlikni to`la qo`lga olgan edilar. “Paxta ishi” va “o`zbeklar ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi o`zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo`ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi. 1989 yilgacha bu ishlar bo`yicha 4,5 mingdan ko`proq kishi sudlandi. O`sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o`tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo`natildi. 1989 yil 23 iyunda respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. YAngi rahbarning faoliyati O`zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi. Xususan, “Paxta ish”ini ko`rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko`rib chiqish topshirildi. 1990 yilning iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko`rsatildi. Bu xatda “Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo`yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko`mak o`rniga tazyiqni kuchaytirdilar. Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko`proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko`rib chiqdi. 3,5 mingdan ko`proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi. Download 31.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling