Ayblovxulosas I


Download 16.32 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1625462
  1   2
Bog'liq
ayblov hulosasi


T A S D I Q L A Y M A N”
O’zbekiston Respublikasi
Toshkent shaxar Chilonzor tuman prokurori adliya katta maslahatchisi Ortiqov Shuxrat Jabborovich
2023 yil “28” aprel

A Y B L O V X U L O S A S I

Aliyev Jasur Valiyevich O’zbekiston


Respublikasi JKning 104-moddasi
Bilan ayblash haqidagi 19/3142-sonli
jinoyat ishi bo’yicha
Mazkur jinoyat ishi 10.04.2023 yilda Toshkent shaxar Chilonzor tuman IIB tergov bo’linmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi birinchi qismi bilan qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari o’tkazilgan.
Jinoyat ishi qo’zg’atilishiga 10.04.2023 yilda Toshkent shaxar Chilonzor tumani, Farxod ko’chasi, 60-uy 2-xonadonda yashovchi fuqaro Odilov Abbos Davlatovichning arizasi hamda to’plangan hujjatlar asos va sabab bo’lgan.
10.04.2023 yil jinoyat ishi boshqarma ish yurituviga kirib tushgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish boshqarma boshlig‘i tomonidan menga topshirilganligi sababli, jinoyat ishini o‘z ish yurituvimga olingan va tergov harakatlarini olib borishga kirishilgan.

Aliyev Jasur Valiyevich 18.06.1995 yilda Toshkent shaxrida tug’ilib, muqaddam sudlanmagan, sog’liqqa qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga og’ir tan jarohati yetkazishni ifodalovchi jinoyatni quyidagi usul, vaqt va holatlarda sodir etgan.


Jumladan, J.Aliyev 2023 yil 15-fevral kuni oldindan tanishi bo’lgan 02.08.1995 yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan Anvarov Xojiakbar G’aniyevichga 300 AQSH dollori miqdorida pul mablag’larini bir oy muddatga qarz sifatida bergan va bu kelishuvni tilxat asosida belgilab qo’yishgan.
Belgilangan muddat o’tgandan so’ng J,Aliyev tanishi X.Anvarovga qo’ng’iroq qilib, undan olgan pullarini qaytarishini so’ragan. Bunga javoban X.Anvarov hozirda sharoiti yo’qligi pullarni qaytara olmasligini aytib, yana bir haftalik muddat berishini so’ragan. J.Aliyev hozirda o’ziga pul kerakligi va boshqa kuta olmasligini aytib, pullarni qaytarishni talab qilgan lekin X.Anvarov J.Aliyevning talabini bajarmay, mobil telefon raqami (sim karta)ni otib yuborgan.
Shundan so’ng J.Aliyev X.Anvarovni topish maqsadida uning uy manziliga borgan va X.Anvarovning uyi oldida o’z mashinasida uyga qaytishini kutib turgan. 09.04.2023 yil kech soat 20:15 lar atrofida Aliyev Anvarovni uyiga qaytayotganini ko’rib, u bilan gaplashib olish maqsadida mashinasiga o’tirishini so’raydi. Shundan so’ng Aliyev Anvarovni ko’cha boshidagi hilvat joyga olib borib, mashinadan tushirgan holda uning yuz, qorin va chap jag’ sohasiga bir necha bor qo’llarini musht qilgan holatda qasddan tan jarohati yetgazib, pullarni qaytarishini talab qilgan.
Jinoyat ishi bo’yicha ayblanuvchi tariqasida so’roq qilingan Aliyev Jasur Valiyevich e’lon qilingan ayblovga to’liq iqrorligini bildirdi.

Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling