Ayblovxulosas I


Download 16.32 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1625462
1   2
Bog'liq
ayblov hulosasi

Yuqoridagilarga
asosan:
Aliyev Jasur Valiyevich – 18.06.1995 yilda
Toshkent shaxrida tug’ilgan, millati o‘zbek,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti
o‘rta, deputatlikka saylanmagan, davlat
mukofotlari olmagan, muqaddam sudlanmagan
oilali, 3 nafar farzandlari bor, vaqtincha ishsiz,
Toshkent shaxar,Chilonzor tumani,
“Farxod ko’chasi”, 60-uy 2-xonadonda yashagan,
12.04.2023 yilda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot
chorasi qo‘llanilib, UYa 64/TH-1 sonli tergov
hibsxonasida saqlanayotgan
shu haqda ayblanadikim, u sog’liqqa qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga og’ir tan jarohati yetkazishni ifodalovchi jinoyatni quyidagi vaqt, usul va holatlarda sodir etgan.
Aliyev Jasur Valiyevich 18.06.1995 yilda Toshkent shaxrida tug’ilib, muqaddam sudlanmagan, sog’liqqa qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga og’ir tan jarohati yetkazishni ifodalovchi jinoyatni quyidagi usul, vaqt va holatlarda sodir etgan.
Jumladan, J.Aliyev 2023 yil 15-fevral kuni oldindan tanishi bo’lgan 02.08.1995 yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan, Chilonzor tuman, Katta Hirontepa Kochasi 20-uy 1-xonadonda yashovchi Anvarov Xojiakbar G’aniyevichga 300 AQSH dollori miqdorida pul mablag’larini bir oy muddatga qarz sifatida bergan va bu kelishuvni tilxat asosida belgilab qo’yishgan.
Belgilangan muddat o’tgandan so’ng J,Aliyev tanishi X.Anvarovga qo’ng’iroq qilib, undan olgan pullarini qaytarishini so’ragan. Bunga javoban X.Anvarov hozirda sharoiti yo’qligi pullarni qaytara olmasligini aytib, yana bir haftalik muddat berishini so’ragan. J.Aliyev hozirda o’ziga pul kerakligi va boshqa kuta olmasligini aytib, pullarni qaytarishni talab qilgan lekin X.Anvarov J.Aliyevning talabini bajarmay, mobil telefon raqami (sim karta)ni otib yuborgan.
Shundan so’ng J.Aliyev X.Anvarovni topish maqsadida uning uy manziliga borgan va X.Anvarovning uyi oldida o’z mashinasida uyga qaytishini kutib turgan. 09.04.2023 yil kech soat 20:15 lar atrofida Aliyev Anvarovni uyiga qaytayotganini ko’rib, u bilan gaplashib olish maqsadida mashinasiga o’tirishini so’raydi. Shundan so’ng Aliyev Anvarovni ko’cha boshidagi hilvat joyga olib borib, mashinadan tushirgan holda uning yuz, qorin va chap jag’ sohasiga bir necha bor qo’llarini musht qilgan holatda qasddan tan jarohati yetgazib, pullarni qaytarishini talab qilgan.
Tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining 321-sonli xulosasiga ko’ra, yetkazilgan tan jarohatlar natijasida jabrlanuvchi X.Anvarovning chap ko’z sohasining ko’karishi, ikkala yuz qismining yumshoq to’qimalarining ezilishi, qorin qismining yengil ezilishi, burun va chap jag’ sohasining sinishiga olib kelganligi haqida bayon qilinadi.
J.Aliyev o’zining yuqoridagi, ya’ni X.Anvarovga nisbatan o’zboshimchalik va qasddan badanga og’ir tan jarohati yetgazishni ifodalagan harakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 381-moddasi talablariga ko‘ra, o‘rganib chiqib ayblov xulosasini tasdiqlash hamda tegishli sudga yuborish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi tuman prokuroriga taqdim qilinishi lozim.
Ushbu ayblov xulosasi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 379-380-moddalari tartibida 2023 yil “27– 28” aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shaxar IIB ma'muriy binosidagi o‘z xizmat xonamda “Lenovo” rusumli kompyuter texnikasi yordamida tuzildi.

IIB tergov bo’linmasi katta
tergovchisi kapitan imzo A.Askarjonov

Q O’ SH I L A M A N”


IIB tergov bo’linmasi boshlig’i
Mayor imzo M.Alimkulov
Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling