70- rasm. Ho‘kiz soliteri.
a—yaxlit chuvalchang; b—germafrodit bo‘g‘im; d—skoleksi; e—yetuk
bo‘g‘im. 1—tuxumdon; 2—sariqdon; 3—Melis tanachasi; 4—bachadon;
urug'donlar; 6—urug‘ eltuvchi nay; 7—qin; 8—sirrus xaltachasi;
jinsiy kloaka; 10—ayirish sistemasi naylari; 11—nerv tolasi.
Hayvonlar ichagida onkosferadan olti ilmoqli onkosferalar chiqib qon tomirlari orqali mushaklarga va boshqa a’zolarga yetib borib sistitserkka (suyuqlik bilan to'lgan, skoleksi ichkariga botib kirgan pufakcha) aylanadi. Sistitserklar (finnalar) odam uchun invazion bosqich hisoblanadi. Finnalar o‘z yashovchanligini uzoq vaqt saqlaydi. Odamga yaxshi pishirmagan go‘shtni iste’mol qilganda yuqadi.
Patogen ta’siri. Metabolitlari organizmga zaharli ta’sir etadi, ilmoqlari va so‘rg‘ichlari ichak shilliq qavatini jarohatlaydi.
Laboratoriya tashhisi. Axlatda bo‘g‘imlarni tekshirib tashhis qo'yiladi. Tuxumlarni tekshirish aniq tashhis qo'yishga imkon bermaydi, chunki ho‘kiz soliteri tuxumini cho‘chqa soliterinikidan ajratib bo‘lmaydi.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktika — xom yoki chala pishirilgan mol go‘shtini iste’mol qilmaslikka asoslangan. Jamoat profilaktikasi — o‘tloqzorlarni odam axlati bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, go‘sht kombinatlarida va bozorlarda veterinariya-sanitariya nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Cho‘chqa soliteri (Taenia solium)
Cho‘chqa soliteri (Taenia solium) — tenioz, sistitserkozning qo‘zg‘atuvchisi.
Asosiy xo‘jayinda yashash joyi. Yetuk shakli ingichka ichakda yashaydi.
Geografik tarqalishi. Cho'chqachilik rivojlangan va cho‘chqa go‘shti iste’mol qilinadigan hududlarda tarqalgan.
Morfologiyasi. Uzunligi 3 m gacha yetadi (71- rasm). Skoleksda to‘rtta so‘rg‘ichdan tashqari ilmoqchalar joylashgan (shuning uchun ham qurollangan soliter deyiladi).
Germafrodit bo‘g‘imlarida tuxumdon uch bo‘lakchadan iborat. Yetuk bo‘g‘imlarda shoxchalari soni 12 dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |