2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
Mavzuning mazmuni.
Nikoh tiplari va ularning tibbiy-genetik tomonlari. Odamlarda, populatsiyalarda allellar tarkibi, ularning uchrash tezliklari (chastotalari) ko*p jihatdan nikoh tiplariga bog'liq. Shuning uchun ham nikoh tiplarini, ularning tibbiy-genetik oqibatlarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega. Nikoh tiplari ikki guruhga ajratiladi: 1. Tanlovsiz. 2. Tanlovli. Tanlovsiz nikohga paniniksiya kiradi. Panmiksiya (yunoncha mixis — aralash) bar xil gcnotipli shaxslarning o‘zaro erkin nikoh qurishi. Tanlovli nikohlar: 1. Aulbriding bcgonalar orasidagi nikohlar. Musbat assortativ nikohlar — ayrim belgilari bilan o‘xshash bo‘lgan shaxslar orasidagi quriladi (kar-soqovlar, pakana bo'ylilar, novcha bo'ylilar, aqli zaif shaxslar orasida nikohlar). 3. Manfiy assortativ nikohlar - belgilari bilan farqlanadigan shaxslar o'rtasida quriladi (sog'lom shaxslar bilan kar-soqovlar, pakanalar bilan novchalar orasidagi nikohlar). 4. Inbriding — qarindoshlar orasidagi nikohlar. 5. Insestlar juda yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar (aka-singil, opa-uka orasidagi nikohlar). Inbriding va insest nikohlar ko‘p mamlakatlarda qonun bilan taqiqlangan. Ammo ko‘p mamlakatlarda hozirgacha inbriding nikohlar uchrash chastotasi kamaymagan. Jumladan, O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida inbriding nikohlar chastotasi 10-15% yetadi. Tibbiy-genetik oqibatlariga qaraganda inbriding nikohlar juda salbiydir. Bunday nikohlarda gomozigotalanish kuzatiladi, ayniqsa autosoma-retsessiv kasalliklar chastotasi 1,5-2 marta ortadi. Inbriding ko‘p kuzatiladigan populatsiyalar inbred depressiya holatiga tushib qoladi, noqulay retsessiv allellar yuzaga chiqishi imkoniyati keskin ortadi, bolalar o'limi ko‘payadi. Musbat assortativ nikohlar ham shunga o'xshash natijalarga olib kelishi mumkin. Autbriding nikohlar inbriding va musbat assortativ nikohlarga nisbatan ijobiy ahamiyatga egadir. Chunki bunday nikohlar natijasida geterozi- gotalanish jarayoni kuzatiladi. Akseleratsiyaning asosiy sabablaridan biri geterozigotalanish jarayoni ekanligi aniqlangan. Odam genetikasida nikoh qurayotgan er-xotinlar yoki qarindoshlar orasida irsiy jihatdan qarindoshlik darajasini aniqlash katta ahamiyatga ega. Qarindoshlik darajalari haqida ma’lumot quyidagi jadvalda berilgan (10- jadval). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling