2. P. R. 01imxo‘jayeva —
- rasin. Einbrional rivojlanish bosqichlari
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
34- rasin. Einbrional rivojlanish bosqichlari.
1—otalnish; 2—zigota: 3—bo'linish; 4—7—maydalanish bosqichlari; 8—bir qavatli homila; 9—ikki qavatli homila; 10—uch qavatli homila va a’zolar rivojlanish. Teloletsital tuxum hujayrasida sariqlik ko‘p bo‘lganligi sababli и to‘liq va to‘liqmas (tekis va notekis usullarda) bo‘linadi. Baliqlar va qushlarda to‘liq bo‘lmagan, qisman yoki diskoidal maydalanish kuzatiladi. Sentroletsital tuxum hujayrasida (hashoratlar) maydalanish to'liqmas va notekis bo‘ladi. Maydalanish blastula hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Blastula sfera shaklida bo‘lib, uning devorini bir qavat blastomeralar hosil qiladi va blastoderma deb ataladi. Blastula organizmning bir qavatli bosqichidir. Blastula hujayralari dastlab faol bo‘lmasdan, keyinchalik ular funksional va morfologik takomillashadilar. Ana shu jarayon blastuladagi hujayralardan homilaning har xil a’zolari shakllanishiga olib keladi. Embriogenezning keyingi bosqichi gastrula bo‘lib u homilaning ikki varaqli davridir. Bu davrda embrional hujayralar tako- millashuvi hamda harakati jadallashadi va bu hoi homila varaq- larining hosil bo‘lishiga olib keladi. Izoletsital tuxum hujayrali organizmlarda gastrulatsiya invaginalsiya, delaminatsiya va immigratsiya usulida, teloletsital tuxum hujayralilarda esa epibo- liya usulida kechadi (35- rasm). Hayvonlarda ko‘pincha gastrulatsiya aralash holda, ya’ni epiboliya, immigratsiya, invaginatsiya jarayonlarining birgalikda kechishi bilan borib, bunda homilaning ekto- va entodermasi shakllanadi. Odamda gastrulatsiya delaminatsiya (blastomera trofoblast va embrioblast hujayralariga bo‘linadi) va immigratsiya (ayrim hujayralar blastoderma ichiga ko‘chib o‘tadi) bilan kechadi. Uchinchi homila varag'i — mezoderma ekto- va entoderma orasida hosil bo‘ladi. Mezoderma hayvonlarda ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi — teloblastik va enterotsel. Odamda mezoderma birlamchi ichakdan yon o‘simtalar — cho'ntakchalar (selomik qopchiq) hosil bo'lishi hisobiga shakllanadi. Demak, odamda mezoderma enterotsel yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Selomik qopchiqlar birlamchi. ichakdan ajralib, ekto- va entoderma orasiga o‘sib kiradi va mezodermaga aylanadi. Mezodermaning nerv nayi va xorda yonidagi qismi (dorzal qismi) segmentlar — somitlarga ajraladi. Mezodermaning ventral qismi esa selomik bo‘shliqni o‘rab turuvchi visseral va parietal qorin pardasi (splanxnotomlar)ga aylanadi. Gistogenez to'qimalar, organogenez a’zolar shakllanishi jarayonlaridir. Ektodermadan nerv to‘qimasi, terining epidermis qavati va uning hosilalari rivojlanadi. Entoderma nafas sistemasi, hazm qilish sistemasi, siydik-tanosil sistemasini qoplovchi epiteliyni, jigar va me’da osti bezini hosil qiladi. Mezodermadan hosil bo‘lgan somitlar 5 qismga: 1) miotom (ko'ndalang-targil mushak to‘qimasi hosil qiluvchi); 2) sklerotom (tog'ay, suyak va biriktiruvchi to'qima hosil qiluvchi); 3) dermatom (teri biriktiruvchi to‘qimasini hosil qiluvchi); 4) nefrogonotom (siydik-tanosil a’zolarini hosil qiluvchi); 5) splanxnotom (selom epiteliyasi, silliq mushak biriktiruvchi to'qima hosil qiluvchi)ga bo'linadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling