2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv jihozlari.
- Vaziyatga doir masalalar.
- Test topshiriqlari.
TUXUM
HUJAYRA YO‘NALTI- RUVCHI TANACHA 32- rasin. Ovogenez sxemasi. Tuxum hujayra va urug‘ hujayra tuzilishida qanday o‘ziga xosliklar mavjud? Genlar amplifikatsiyasi, tuxum hujayra sitoplazmasi differensiatsiyasining ahamiyatini bilasizmi? Vaziyatga oid masalalarni yeching va test topshiriqlariga javob toping, javoblaringizni isbotlang. O‘quv jihozlari. Jadvallar, sxemalar, tirik obyekt—baqa, gonadalarning doimiy preparatlari, buyum oynasi va qoplagich oynachalar, mikroskop. 33- rasm. Tuxum hujayrasining tuzilishi. 1—sitoplazma; 2—yadro; 3—qobiq; 4—follikular hujayralar. Mashg‘ulot rejasi. Talabalar mustaqil ravishda doimiy preparatlar yordamida tuxumdon va urug‘dondagi gametogenez bosqichlari. bilan tanishib chiqadilar. Baqa urug'donidan tayyorlangan vaqtincha. preparat yordamida tirik spermatozoidlarning tuzilishi va harakatini o'rganadilar. Ovogenez va spermatogenez sxemalarini, gametalarning tuzilishini albomga yozib olinadi. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi va keyin mashg‘ulotga topshiriqlar beriladi. Vaziyatga doir masalalar. Odamning tuxum hujayrasi ichiga ikki spermatozoid kirib qolgan. Spermatozoidlarning taqdiri nima bo‘ladi? Ovogenezda ovogoniydan bitta ovotsit hosil bo‘ladi. Ovogenezdagi ana shu holatning biologik ahamiyatini izohlab bering. Odam tuxum hujayrasida sariqlik juda kam miqdorda bo‘ladi. Bu holatning sababini izohlab bering. Tuxum hujayrada sitoplazma hajmi katta, ozuqa moddalarga boy spermatozoidda esa sitoplazma juda kam. Buning biologik mohiyatini tushuntirib bering. Test topshiriqlari. Bir hujayrali va ko‘p hujayralilarda ontogenezning asosiy farqi: A. Bir hujayralilarda har bir hujayra ko‘payishda qatnashadi. B. Ko‘p hujayralilarda har bir hujayra ko‘payishda qatnashadi. Bir hujayralilarda har bir hujara, ko‘p hujayralilarda esa faqat jinsiy hujayralar ko‘payishda qatnashadi. E. Hamma javoblar noto‘g‘ri. F. Hamma javoblar to‘g‘ri. Odam uchun xarakterli bo‘lgan tuxum hujayrani ko‘rsating: A. Mezoletsital. B. Teloletsital. D. Sentroletsital. E. Izoletsital. F. Poliletsital. Prezumptiv kurtaklar xaritasi qanday va qayerda hosil bo'ladi? A. Spermatozoid bosh qismida. B. Tuxum hujayrasi sitoplaz- masi har xil differensiatsiyalashishi natijasida. D. Tuxum hujayraning animal qutbida. E. Tuxum hujayraning vegetativ qutbida. F. Spermatozoidning bo‘yin qismida, mitoxondriyalarda. Neonatal ontogenez — bu: A. Tug'ilgandan keyin o‘lguncha rivojlanish davri. B. Tug‘il- guncha davr. D. Postnatal ontogenezning eng boshlang‘ich davri. Yetuk davr. F. Rivojlanishning proembrional davri. „Lampa cho‘tkasi“ tipidagi xromosomalar qanday hujayralarda faol bo'ladi? A. Oogenezda tRNK sintezi uchun. B. Spermatogenezda rRNK sintezi uchun. D. Oogenezda iRNK sintezi uchun. E. Sinkarion hosil bo'lish uchun. F. Gametalarning yaqinlashishini ta’minlash uchun. Gametalarning qutblanishi: A. Spermatozoidlar uchun xarakterlidir. B. Tuxum hujayralarda uchramaydi. D. Tuxum hujayrada letsitin notekis taqsimlanishi natijasida kelib chiqadi. E. Spermatozoidlarda akrosoma hosil bo'lishiga bog‘liq. F. Birlamchi jinsiy hujayralar uchungina xosdir. Erkak va urg‘ochi gametalarning farqi: A. Funksiyasi va tuzilshi bilan farqlanadi. B. Faqat morfologiyasi bilan farqlanadi. D. Tuzilishi bir xil. E. Irsiy axborot hajmi jihatidan somatik hujayralardan farqlanmaydi. F. Irsiy axborot hajmi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Тихит hujayrada ozuqa moddalari qayerda sintezlanadi: A. Tuxum hujayrada, endoplazmatik to'rda. B. Tuxum hujayralar, Golji kompleksida. D. Tuxum hujayra mitoxondriyasida. E. Gepa- totsitlarda. F. Hamma javoblar to‘g‘ri. Ontogenez davrlari: A. Ona qornida, prenatal. B. Prembrional, embrional, postem- brional. D. Lichinkali, lichinkasiz. E. Gastrula, organogenez. F. Hamma javoblar to‘g‘ri. Ooplazmatik segregatsiyada kuzatiladi: A. Sitoplazmaning notekis taqsimlanishi, qutblanish. B. Gen- lar amplifikatsiyasi. D. Yadro sitoplazma munosabati o'zga- rishi. E. Ozuqa moddalarining jamg'arilishi. F. В va E javoblar to‘g‘ri. mavzu. ONTOGENEZNING EMBRIONAL DAVRI Mavzuning mazmuni. Embrional davr tuxum hujayrasining spermatozoid bilan otalanishi, ya’ni zigota hosil bo‘lishi bilan boshlanadi (embriogenez davri). Embrional davrning tugash vaqti ontogenezning turiga bog‘liqbo‘lib, lichinkali turda lichinkaning tuxumdan chiqishi bilan, ona qornida kechuvchi turda tug‘ilish vaqti bilan tugaydi. Embrional davr zigota, maydalanish, blastula, gastrula, gisto va organogenez davrlariga bo'lib o'rganiladi (34- rasm). Zigota jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, yangi sifatga (irsiy axborotga) ega bo‘lgan ko‘p hujayrali organizmlarning bir hujayrali organizm davridir. Zigotaning keyingi rivojlanishi uning mitoz yo‘li bilan bo‘linishidan boshlanadi. Bo'linishdan hosil bo‘lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashmaganligi va o‘smaganligi sababli, bu jarayon maydalanish deb ataladi. Maydalanish natijasida hosil bo‘lgan hujayra blastomera deb ataladi. Maydalanish jarayoni otalangan tuxum hujayrasining turiga bog‘liq. Izoletsital tuxum hujayrasidan hosil bo'lgan zigotada (lansetnik, sutemizuvchilar, odam) maydalanish to'liq va notekis kechadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling