Mashg‘ulotning maqsadi.
Postembrional rivojlanishning tiplari, odam postembrional
rivojlanish davrlari, ulardagi asosiy o‘zgarishlar, qarishning hozirgi zamon gipotezalari, gerontologiya, geriatriya muammolari bilan tanishish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.
Mavzuni o‘rganib, quyidagi savollarga javob toping:
Postembrional rivojlanishning qanday turlarini bilasiz?
Metamorfoz nima? Uning biologik ahamiyatini tushuntirib bera olasizmi?
Odamda yuvenil davrda qanday o‘zgarishlar kuzatilishini tushuntirib bering.
O‘sish jarayoniga ta’sir etuvchi qanday omillarni bilasiz?
Akseleratsiya nima, uni tushuntiruvchi qanday gipotezalarni bilasiz?
Sekular trend tushunchasini izohlang.
Qarish jarayonlarida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Gerontologiya, geriatriya fanlari to‘g‘risida tushuncha bering.
Qarishning qanday gipotezalarini bilasiz?
Klinik va biologik o‘lim tushunchalari, ularning farqini, reanimatsiya tushunchalarini izohlab bering.
Vaziyatga doir masalalar va test topshiriqlarini yeching, ularni isbotlab bering.
O‘quv jihozlari.
Mavzuga
oid jadvallar, mantiqiy sxemalar, slaydlar, o‘quv videofilmlari, diaproektor, kodoskop.
Mashg‘ulot rejasi.
Jadvallar, sxemalar va o‘quv videofilmlaridan foydalanib postembrional rivojlanish turlari, davrlari, yuvenil, yetuk qarilik davrlaridagi jarayonlar bilan tanishiladi.
Geriatriya, gerontologiya fanlari muammolari, qarish gipotezalari va boshqa nazariy muammolar bilan tanishiladi, vaziyatga
oid masalalar yechiladi, test topshiriqlari bajariladi. Talabalar albomga odamning postembrional ontogenezi davrlarini, ularning muddatldarini yozib oladilar. Mashg'ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalarning bilimlari baholanadi va keyingi mashg‘ulot uchun topshiriqlar beriladi.