2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet75/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Stoxastik gipotezaga ko‘ra qarish-organizmning hayot faoliyati jarayonida to'planadigan ,,xatoliklar“, ichki va tashqi muhit omillari ta’sirida biologik mexanizmlar buzilishi natijasidir. Nuklein kislotalar, oqsillar, fermentlar, lipidlar va boshqa biologik membranalar tuzilishi va funksiyasida o‘zgarishlar kelib chiqadi, moddalar almashinishi buzila boshlaydi, organizmda zararli mahsulotlar to'planib, ortib boradi, hujayralar tarkibiy qismlarining tuzilishida, bo'linishida, xromosomalar tuzilishida o'zgarishlar tobora ko‘payib boradi, hujayraning bo'linishi, gomeostaz jarayonlari ham susaya boshlaydi.
Genetik gipotezaga ko‘ra qarish jarayoni irsiyat nazoratida kechadi. Qarish irsiy jihatdan dasturlangan, maxsus qarish jarayonlarni idora qiluvchi genlarga bog'liq deb tushuntiriladi. Bu gipotezaning isboti sifatida ko‘plab misollarni keltirish mumkin: ko'pgina hayvonlarning yashash muddati aniq bir vaqtda tugaydi (Tinch okean lososlari tuxum qo‘yganidan keyin yoppasiga o'ladi). Hujayralarni sun’iy o‘stirganda ularning faqat ma’lum songa ko‘paishi (30-50—70) kuzatiladi, ayrim a’zolar ontogenezning ma’lum muddatga yetganidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatadi (ayrisimon bez, jinsiy bezlar). Hozirgi vaqtda qarishga aloqador genlar aniqlanib, ularning faoliyatini boshqarish ustida genetik tajribalar o'tkazilmoqda.
O‘Iim ontogenezni yakunlovchi jarayon bo'lib, uning sabablari turlichadir. Qarish natijasidagi o'zgarishlar, patologik jarayonlar, tashqi muhitning ayrim salbiy omillari ta’siri o'limga olib keladi.
Umuman, o'lim — tabiiy, qonuniy hodisa. Ontogenez davomida organizm o'limga tayyorlab boriladi. O'lim biologik qonuniy hodisa bo'lishiga qaramasdan, ma’lum bir tasodif shaklida o‘z ifodasini topadi. Odam hatto juda qarib o'lganda ham bunga yurak kasalliklari, yomon o'smalar, zotiljam va boshqa kasalliklar sababbo'ladi. Tasodifiy hodisalar ontogenezning har qanday davrida ham o'limga sabab bo'lishi mumkin.
0‘limning ikki bosqichi tafovut etiladi: 1) klinik o‘lim; 2) bio­logik o‘lim.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling