2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Embriogenezda va tug'ilgandan keyingi davrlarda odam tanasining nisbatlari


Download 1.88 Mb.
bet73/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

36- rasm. Embriogenezda va tug'ilgandan keyingi davrlarda odam tanasining nisbatlari.

O‘sish jarayonida hujayralar proliferatsiyasi va differen- siatsiyalashishi, hujayralar poliploidlashishi, hujayralar orasidagi moddalar ortishi kuzatiladi. Eng jadal o‘sish bolaning birinchi yoshi davomida kuzatiladi, bo‘yi 20 25 sm ga o‘sib, og‘irligi 3 marta oshadi. Keyin o'sish jadalligi asta-sekin kamayib boradi va jinsiy balog'atga yetish davrida yana keskin tezlashadi (pubertat sakrash).


O'sish jarayoniga tashqi muhit omillari: ovqatning sifati, vitaminlar miqdori, kislorod, muhit harorati, yorug'lik kabilarning ta’siridan tashqari ichki sekretsiya bezlari gormonlarining ta’siri ham juda katta. Gipofizning oldingi qismida o'sishni jadal- lashtiruvchi somatotrop gormon (STG) sintezlanadi. Bu gormon asosan suyak va mushak hujayralariga ta’sir etib, ularning o'sishini ta’minlaydi. Gipofizning gipofunksiyasida STG kam sintezlanishi natjasida pakanalik (nanizm) kelib chiqadi. Aksincha, STG ko'p miqdorda sintezlansa, gipofizar gigantizm rivojlanadi. Jinsiy balog'atga yetish bilan STG gormoni sintezlanishi susayadi. Agar gormon miqdori yetuk organizmda ko‘payib ketsa, ayrim a’zolarda patologik o'sish kuzatiladi va akromegaliya xastaligi kelib chiqadi. Akromegaliyada qo‘l-oyoq va yuz suyaklari yiriklashib, o‘sib ketadi.
Qalqonsimon bez gipofunksiyasi organizmdagi umumiy modda almashinuvini susaytiradi, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi pasayib ketadi, reflekslar hosil bo‘lish jarayoni sekinlashib qoladi. Agar ana shu holat yosh bolalarda kuzatilsa, o'sish va balog'atga yetish jarayonlari. susayadi, tanadagi a’zolar proporsiyasi buziladi, ruhiy, aqliy rivojlanish orqada qoladi, ya’ni kretinizm xastaligi kuzatiladi.
Keyingi yillarda bolalar va o'smirlarda o'sish, rivojlanishning tezlashuvi, ya’ni akseleratsiya kuzatilmoqda. Akseleratsiyaning asosiy sabablaridan biri odamlar populatsiyalarida autbriding nikohlar ko'payishi, millatlar, irqlarning migratsiyasi, aralashuvi jadallashishi natijasida geterozigotalar ortishi mumkin degan gipoteza haqiqatga yaqinroqdir. Akseleratsiya homila davrida ham kuzatilmoqda. Akseleratsiya natijasida organizmlarning o'sishi birmuncha erta to'xtaydi. Hozirgi vaqtda qiz bolalarning o'sishi 16-17, o'g'il bolalarning o'sishi esa 18 19 yoshda to'xtamoqda.
Akseleratsiya sabablarini aniqlovchi bir qancha nazariy dalillar fanda ma’lum. Ana shulardan biri ovqatlanishning yaxshilanishi, vitaminlarning yetarli miqdorda qabul etilishi, ikkinchisi esa yer magnit maydonida bo'ladigan o'zgarishlarning ta’siri, tashqi muhitda radiatsiya darajasining ko'payishidir.
Jismoniy va fiziologik ko'rsatkichlarning awalgi 50-100 yillarga nisbatan yuqoriroq bo'lishi katta yoshdagilarda ham kuzatilmoqda, bu hodisani sekular trend deyiladi.
Yetuklik davri erkaklarda 22 yoshdan, ayollarda 21 yoshdan liisoblanadi va ikki bosqichga bo'linadi. Yetuklik davrining birinchi bosqichi 35 yoshgacha, ikkinchi bosqichi erkaklarda 36 yoshdan 60 yoshgacha, ayollarda esa 55 yoshgacha hisoblanadi. 30-35 yoshlarda — o'spirinlik yoshidan yetuklikka o'tish davrida liziologik reaksiyalarda bir qator o'zgarishlar sodir bo'ladi — inoddalar almashinishi o'zgaradi. Natijada, odamning ba’zi bir inehnat turlarini bajarish imkoniyati chegaralanib qoladi, 45 yoshdan oshgandan so'ng endokrin funksiyasida sezilarli o'zgarishlar kuzatiladi, beshinchi o'n yillik davomida qarish jarayoni boshlana- yotganini bildiradigan o'zgarishlar paydo bo'lacli. Shu bilan bir vaqtda organizmni qayta qurish va moslashish mexanizmlari ishga lushadi. Erkaklarda 61 yoshdan, ayollarda esa 56 yoshdan keksalik

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling