20- mavzu, Evolutsiya elementar omillarining odam populatsiyalariga ta’siri 157
Evolutsiyaning elementar materiali — mutatsiyalardir, chunki ular natijasida irsiy xilma-xillik va tabiiy tanlash uchun material yaratiladi.
Evolutsiyaning elementar omillari — populatsiya geno- fondining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillar. Ularning asosiylari:
Mutatsion jarayon. 2. Alohidalanish. 3. Populatsion to‘lqinlar.
Tabiiy tanlash.
Quyida o‘sha omillarning odam populatsiyalariga ta’siri bilan tanishamiz (15- jadval).
Mutatsion jarayon. Odamda gaploid to‘plamda har bir avlodda 1 dan 10 gacha yangi mutatsiyalar hosil bo‘lishi mumkin. Mutatsiya- lar odam populatsiyalarining polimorfizmiga sabab bo‘ladi, genetik yukni hosil qiladi. Genetik yuk mutatsion yuk (yangi mutatsiyalar) va segregatsion (avvalgi avlodlardan o‘tgan) yukdan tashkil topadi. Genetik yuk — populatsiyada noqulay allellarning geterozigota holatida to’planishi. Genetik yuk letal ekvivalent bilan baholanadi. Letal ekvivalent — gomozigot holatida uchraganda o‘limga sabab bo‘luvchi retsessiv allellar yig'indisi. Genetik yuk mavjudligi tufayli homilalarning yoki organizmlarning 50% ga yaqini nobud bo’ladi yoki о‘zidan avlod qoldirmaydi.
Genetik yuk muammosi tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Tibbiy- genetik maslahatlarini o‘tkazishda populatsiyalar, oilalar genetik yukini bilish katta ahamiyatga ega. Tashqi muhit omillarining mutagenligini aniqlashda, tashqi muhitni muhofazalashda genetik yukni o‘rganish muammosi juda muhimdir.
Izolatsiya (alohidalanish). Odamlar populatsiyalarida alohidalanishning asosiy sabablari: geografik, diniy, milliy, irqiy, i jtimoiy bo'lishi mumkin. Alohidalanish inbriding nikohlar ortishiga olib keladi. Natijada, gomozigotalik tobora ortib boradi, antenatal davrda homila va pushtlar o’limi, perinatal va neonatal davrlarda chaqaloqlar o‘limi ko‘payadi, o‘lik tug’ilishlar, spontan abortlar chastotasi ortadi, tug’ma anomaliyalar va nuqsonlar, irsiy kasalliklar chastotasi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |