2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet85/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Tabiiy tanlash. Insonlar populatsiyalarida tabiiy tanlash insonning bioijtimoiy mohiyati tufayli o'zining ijodiy omil sifatida ahamiyatini yo'qotgan. Odam populatsiyalarida tanlashning asosan Hlabillashtiruvchi shakli ta’sir etadi. Stabillashtiruvchi tanlash evolutsion o'zgarishlarga sabab bo'lmaydi, balki avloddan avlodga populatsiyaning fenotipik stabilligini saqlaydi.
Odam populyatsiyalarida: 1—geterozigotalarga qarshi, gomo- zigotalar foydasiga. 2—gomozigotalarga qarshi, getdrozigotalar loydasiga tanlash shakllari kuzatiladi.

  1. Geterozigotalarga qarshi tanlashga tipik misol qilib ona va pusht (bola) organizmlari orasida rezus nomosligini keltirish mumkin.

Rezus-faktor eritrotsit membranasi antigendir. Rezus-faktor musbat va manfiy shakllarda uchraydi. Musbat rezus dominant genga bog'liq. Musbat rezus chastotasi yevropoidlarda 85%, mongoloidlarda 90-99% ni tashkil qiladi. Rezus manfiy ayolda rezus musbat homila rivojlanishi jarayonida, homila (pusht)ning rezus-musbat antigenlari yo‘ldosh orqali ona organizmiga o‘tadi va unda antirezus-antitelolar hosil bo‘lishiga sabab bo'ladi (37- rasm). Antirezus-antitelolar konsentratsiyasi tobora ortib boradi, ikkinchi homiladorlik davrida bu antitelolar pusht qoniga o'tib, uning eritrotsitlari gemoliziga sabab bo‘ladi. Natijada, kamqonlik rivojlanib, tibbiy yordam ko'rsatmasa bola o'lishi mumkin. Shunday qilib, insonlar populat- siyalarda rezusga nisbatan geterozigotalar eliminatsiyalanib boraveradi. Bunday tanlash geterozigotalarga qarshi qaratilgan, gomozigotalar foydasiga ta’sir qiladi.

a b d e
37- rasm. Odamlarda rezus-omilning irsiylanishi va geterozigotalarga qarshi tanlash.

a—rezus-musbat ota; b—rezus-manfiy ona; d—birinchi homiladorlikda bolaning rezus-antigenlari onaga o‘tib antirezus-antitelolar hosil qiladi; e—ikkinchi homiladorlikda antirezus-antitelolar miqdori yana ortadi onadan bolaga o‘tib eritrotsitlarni gemolizlaydi, bola nobud bo‘ladi.
Ona bilan pusht orasidagi nomoslik ABO qon guruhlari sistemasi bo‘yicha ham kuzatiladi. Bunda I°I° (I) guruhli onalar va IAI° yoki IBI° guruhli pushtlar orasida mos kelmaslik immun reaksiyalari yuzaga chiqadi. Bunday tanlash zigota va embriogenezning ilk bosqichllaridayoq ta’sir etadi.

  1. Geterozigotalar foydasiga, gomogizotalarga qarshi tanlash. Bunday tanlash o‘roqsimon hujayrali kamqonlik va talassemiya kasalliklarida kuzatiladi.

0‘roqsimon hujayrali kamqonlik gemoglobinda bitta nukleotid almashinishi natijasida kelib chiqadi. Gomozegotalarda (Hbs/Hbs) kasallik juda og'ir kechadi, geterozigotalar (HBc/Hbs) esa normal sharoitda klinik jihatdan sog‘lom (yengil shakli) bo‘ladi.
Bezgak kasalligi keng tarqalgan joylarda geterozigotalar (Hbc/ Hbs) bezgak bilan kasallanmaydilar (ularning eritrotsitlarida bezgak plazmodiyasi rivojlana olmaydi). Shuning natijasida populatsiyada geterozigotalar uchrash chastotasi tobora ko‘payib boraveradi. Retsessiv gomozigotalar (HBs/Hbs) og‘ir anemiya natijasi pusht davrida yoki ilk bolalik davridayoq nobud bo‘ladi, dominant gomozigotalarda (HBA/HbA) esa bezgak natijasida ko'plab nobud bo‘lishadi.
Shunday qilib, bezgak kontr tanlash omili hisoblanadi. Yo‘qo- tilishi kerak bo'lgan HBs alleli kontr tanlash natijasida populat­siyada saqlanib, to‘planib boraveradi. Bezgak kasalligi tugatilgan joylarda albatta tanlashning bu shakli o‘z ahamiyatini yo'qotadi.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Talabalarda evolutsiyaning sintez nazariyasi, mikroevolutsiya, makroevolutsiya tushunchalari, evolutsiyaning elementar birligi, materiali, hodisasi, omillari haqida, evolutsiyaning elementar omillarining inson populatsiyasiga ta’siri va bu ta’sirning tibbiy- genetik ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish.
Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar.

  1. Mavzuni o‘zlashtiring va quyidagi savollarga javob toping:

  1. Evolutsiyaning sintez nazariyasi, makroevolutsiya, mikroevolutsiya tushunchalarini izohlab bering.

  2. Tur va populatsiyaning o'xshashligi va farqlari.

  3. Evolutsiyaning elementar birligi, materiali, hodisasi, omillari I iialninchalarini izohlab bering.

  4. Mutatsion jarayonining inson populatsiyalarida tibbiy-genetik nlmmiyatini tushuntiring.

I ibbiy biologiya va genetika

  1. Genetik yuk, uning mohiyati va tibbiy-genetik ahamiyati.

  2. Alohidalanish, uning mohiyati va tibbiy-genetik ahamiyati.

  3. Populatsion to‘lqinlar, migratsiyalar, tibbiy-genetik ahamiyati.

  4. Genlar dreyfi, avlod boshi effekti, mohiyati, tibbiy-genetik ahamiyati.

  5. Insonlar populatsiyalarida tabiiy tanlashning o‘ziga xosligi.

  6. Geterozigotalarga qarshi tanlash (misollar bilan tushun- tiring).

  7. Gomozigotalarga qarshi tanlash, kontr tanlash (misollar bilan tushuntiring).

II. Vaziyatga oid masalalarni уeching, test topshiriqlarga javob toping va ularni isbotlang.
O‘quv jihozlari.
Mavzuga oid jadvallar, mantiqiy sxemalar, slaydlar, diaproyektor, kodoskop, o‘quv videofilmlari.
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar o‘qituvchi yordamida jadvallar va mantiqiy sxema- lardan foydalanib evolutsiya nazariyasining asosiy tushunchalarini o'zlashtirib oladilar. Evolutsiya elementar omillarning inson-' populatsiyalariga ta’sirini, bu ta’sirlarning tibbiy va genetik tomonlari batafsil muhokama qilinadi. Mavjud o‘quv filmlaridan foydalaniladi. Keyin asosiy tushunchalar, ba’zi mantiqiy sxemalar albomga yozib olinadi, vaziyatli masalalar yechilishi, test topshriqlari bajarilishi tekshiriladi. Mashg'ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi, keyingi mashg'ulot uchun top-shiriqlar beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.

  1. Tropik Afrikaning hududlaridan birida katta yoshdagilar orasida o‘roqsimon hujayrali kamqonlik kasalligi 20% chastotada uchraydi. O‘sha hududda normal va mutant allellar chastotasini aniqlang.

  2. Ma’lum hududda mutant patologik gen bo‘yicha geterozigotalar Xardi-Vaynberg qonuni asosida kutilganidan ancha yuqori chastotada uchraydi. Bu hodisaning sababini tushuntirib bering.

  3. Bundan 70-100 yillar avval Markaziy Osiyo hududida bezgak kasalligi keng tarqalgan bo‘lgan. 1940-50- yillarda boshlab bu


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling