2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15- jadval
- IV bolim. Evolutsiya ta’limoti 20- mavzu. Evolutsiya elementar omillarining odam populatsiyalariga ta’siri
- Genlar dreyfi (genetik-avtomatik jarayonlar).
Populatsion to’lqinlar — insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Tabiiy ofatlar, zilzilalar, juda og‘ir epidemik yuqumli kasalliklar (o‘lat, vabo, qora chechak) insoniyat sonining ayrim davrlarida keskin kamayishiga, shu bilan birga genofondining o’zgarishlariga sabab bo‘lgan. Og'ir yuqumli Idisalliklar insoniyatning genetik polimorfizmiga, allellarning har xil hududlarda, har xil tarqalishiga sabab bo’lgan. Masalan, birinchi <|on guruhi chastotasi Markaziy va Janubiy Amerika aholisi o'rtasida
15- jadval IZi 00
Panmiksiyaga to‘siq Irsiy o'zgaruvchanlik rezervi Evolutsiya uchun xomashyo yaratadi Yo‘nalishi noma’lum Davriy Davriymas Genotiplar chastotasi tasodifiy o'zgarishlari Evolutsiya uchun xomashyo yaratadi 1. 1. 2. May I ▼ Biotop Geografik Evolutsiyaning yo'nalti- ruvchi va harakatlanti- ■n orqali 2. Biologik ruvchi kuchi Morfo-fizi- ologik Etologik Genetik 3. т 1, Stabillashtiruvchi belgining o'rtacha miqdorini saqlaydi 2, Harakatlantiruvchi o'rtacha belgining siljishiga olib keladi. 3, Eizruptiv O‘rtacha belgiga qarshi Polimorfizmga olib keladi IV bo'lim. Evolutsiya ta’limoti 20- mavzu. Evolutsiya elementar omillarining odam populatsiyalariga ta’siri 159 keng tarqalgan, chunki bu joylarda sifilis kasalligi keng tarqalgan bo'lgan. I qon guruhlilarda bu kasallikning yengil shakli kuza- tilganligi uchun ularning soni tobora ortib borgan. Shuningdek o‘lat, qora chechak, vabo kasalliklari og‘ir yoki yengil kechishi qon guruhlariga bog'liq bo‘lganligi uchun qon guruhlari chastotasining har xil populatsiyalarda farqlanishiga sabab bo'lgan. Populatsion to'lqin ko'rinishlaridan biri migratsiyalardir. Migratsiyalar populatsiya genofondi ijobiy ta’sir ko'rsatadi, nikohlar orasida to'siqlar kamayishiga, aralash nikohlar ko'payishiga olib keladi. Natijada, geterozigotalar chastotasi tobora ortib boradi. Irsiy kasalliklar chastotasi, bolalar o'limi kamayadi. Hozirgi vaqtda migratsiya jarayoni deyarli hamma mamlakatlarda jadallashishi kuzatilmoqda. Genlar dreyfi (genetik-avtomatik jarayonlar). Tabiiy tanlashga bog'liq bo‘lmagan holda genlar chastotasining tasodifiy o‘zgarishi genlar dreyfi yoki genetik-avtomatik jarayonlar deyiladi. Genlar dreyfi kam sonli yoki alohidalangan populatsiyalarda kuchli namoyon bo'lishi mumkin. Ayriin allellar chastotasi tasodifiy hodisalar ta’sirida kamayib, yo'qolib ketishi yoki aksincha keskin ortib ketishi mumkin. Genlar dreyfining ahamiyatini ham oldindan aytib bo'lmaydi. Kichik populatsiyalar yo'qolib ketishi yoki mazkur sharoitga moslanuvchanligi ortishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Genlar dreyfining bir ko'rinishi „avlod boshi effektidir“. Bu dastlabki populatsiyadan kichik bir qismining ajralib chiqib, mustaqil rivojlanishi natijasida genofondning o'zgarishidir. Ajralgan kichik populatsiyada asosiy populatsiyaning genofondining faqat tasodifiy bir qismigina bo'ladi. Alohidalanib rivojlanish natijasida o'sha allellar chastotasi ortib borishi, gomozigotalanish kuzatiladi. Natijada, asosiy populatsiyalar va uning ajralgan qismi allellar, genotiplar chastotasi orasida farq tobora ortib boraveradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling