13. Mavzu: O’simliklarning kasalliklarga chidamliligini aniqlash


Download 20.96 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi20.96 Kb.
#224855
  1   2   3
Bog'liq
O'simliklarning kasalliklarga chidamliligini aniqlash


13. Mavzu: O’SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI ANIQLASH.

Ish rejasi:

  1. O’simliklarning kasalliklarga chidamlilik darajasinining turlari.

  2. O’simliklarning kasalliklarga chidamlilik genetikasi.

  3. O’simliklarning kasalliklarga chidamliligi va uning keng tarqalishi.

  4. O’simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini hosil qilish yo’llari.

A) Konvergent navlar.

B) Ko’p liniyali navlar.

V) Polegenli chidamlilik.

Zaruriy jixozlar: gerbariylar, mikroskop, buyum oynasi, qoplagich oyna, bir necha turdagi mikroorganizm turlari, alanga lampasi, mikrobiologik ilgak, Petri likopchalar, rezina qo’lqoplar, spirt va boshqalar.
O’simliklarning kasallik va hashoratlarga chidamlilik selektsiyasi eng murakkab ilmiy masala hisoblanadi. Inson qishloq xo’jalik ekinlarining navlarini yaratish jarayonida o’simlik evolyutsiyasini hashorat va kasallik qo’zg’atuvchisining selektsiyasi jarayoni bilan bog’lab, olib borishi zarur. YA’ni selektsioner olimlar fitopatologlar, entomologlar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur. YAratiladigan yangi navlarni kasallikka va hashoratlarga chidamlilik darajasiga qarab 3 guruxga bo’lish mumkin.

  1. O’simlikning kasallikka chidamliligi-ya’ni parazitlarning rivojlanishini to’xtatish xususiyati. Bunda parazit rivojlanishi sekinlashishi, xayot jarayoni to’xtashi yoki ular sonining ma’lum miqdorga pasayishi nazarda tutiladi. Bunda o’simlikning immunitet xususiyati asosiy rol o’ynaydi.

  2. Parazitga bardoshlik deganda - kasallik qo’zg’atuvchisi o’simlikda normal rivojlansada, o’simlik qoniqarli miqdorda hosil bo’ladi.

  3. Parazitdan chetlab o’tish. Kasallik qo’zg’atuvchisi va o’simlikni rivojlanish fazalaridagi har xil muddatning vujudga kelishi. Ko’pchilik o’simliklar qisqa muddat ichida pishib yetishganligidan kasallik yoki hashoratlar o’z rivojlanishi tsiklini tugallab ulgurmaydi. Masalan, ko’pgina g’alla ekinlari zang zamburug’idan shunday qilib saqlanib qoladi. Kartoshkaning erta ekiladigan navlarini yetishtirish fitoftoraning tarqalishiga imkon bermaydi.

YUksak o’simliklarning kasalliklarga chidamliligi gen vositasida nazorat qilinadi. 1905 yil Biffen tomonidan bug’doyning zang zamburug’iga chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb ko’rsatgan. Haqaqatdan ham har qanday o’simlik navi yaratishida fitopatologlar va genetiklar hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Har qanday o’simlikning kasalliklarga chidamliligi bir necha genlar asosida amalga oshadi. Ko’p genga ega bo’lgan o’simliklarda ko’p kasalliklarga chidamlilik hosil qiladi. Bunda kasallik qo’zg’atuvchilarininng fiziologik rassalari asosiy rol o’ynaydi. Har bir rassa mustaqil parazit hisoblanib, unga chidamlilikni o’simlikning ma’lum bir fiziologik yoki bioximik xususiyatlari paydo bo’ladi. Masalan, g’o’zaning vilt kasalligiga chidamli navlarni yaratish jarayonida tuproqdagi mikroorganizmlarni ham selektsiya qilib boriladi. Vaqt o’tishi bilan hosil bo’lgan rassalar yangi navni ham zararlash xususiyatiga ega bo’ladi.

Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va infektsiya manbaining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Ma’lum bir paytda bir hil navdagi o’simlikni surunkasiga yetishtirish kasallikning keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Masalan, kartoshkada fitoftoroz, g’alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi, g’o’zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida kasalliklarga chidamli o’simliklarni ajratib olish selektsiya ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. SHunday usulda tanlab olingan o’simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli navlar bilan o’zaro chatishtirish boshlanadi. Masalan, zang kasalliga chidamli bo’lgan kungaboqarning Zelenka navi, fitoftoriozga chidamli bo’lgan kartoshkaning CHempion, fuzariozga chidamli bo’lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar ichidan tanlab olingan o’simliklarni chatishtirish asosida hosil qilingan. Bu navlarni yetishtirish jarayonida ular ham ma’lum muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo’qotib, turli miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi oldini olish maqsadida selektsiya, urug’chilik, navlarni rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani muvofaqqiyatli rivojlanishida konvergent navlarni yaratish, ko’p liniyali navlar yaratish va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim ahamiyatga ega.




Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling