13. Mavzu: O’simliklarning kasalliklarga chidamliligini aniqlash
Download 20.96 Kb.
|
O'simliklarning kasalliklarga chidamliligini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poligenli chidamlilik
Ko’p liniyali navlar. Ko’p liniyali navlar - O’simlikning agronomik belgilari bilan bir xil bo’lsada, har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi. YA’ni ko’p liniyali navlar har xil kasalliklarga nisbatan har xil chidamlilikka ega bo’lgan genotiplar yig’indisidir. Bunday navlar bug’doyni un shudring, sariq zang kasalligidan saqlashda keng foydalaniladi. Ular Meksikada keltirib chiqarilgan bo’lsada 10 yil davomida muvofaqqiyatli yetishtirilmoqda.
Poligenli chidamlilik. Poligenli chidamlilik xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar barcha patogenlarning rassasiga chidamlilik qiladi. Bu turdagi chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi. Poligen chidamlilikning hosil bo’lishida: zamburug’larning kirib kelishiga chidamlilik, tarqalishiga chidamlilik, inkubatsion davriga chidamlilik turiga bo’linadi. Zamburug’larning kirib kelishiga to’sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar bo’ladi: Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi. Bargning usti mumli qavatining mavjudligi. Ustitsalar soni va kutikulaning qalinligi. Patogenning o’sishini tezlashtiradigan yoki to’xtatadigan moddalarning mavjudligi. Infektsiyaning tarqalishiga chidamlilik quyidagi faktorlar asosida bo’ladi. Kollenxima va sklerenxima qavatining bo’lishi. O’simlik tarkibida parazit uchun zararli moddalrning bo’lishi. Parazit uchun zarur oziqaning bo’lmasligi. Poligen chidamlilik sababli o’simlik mikroorganizmlarining kirib kelishiga, uning tarqalishiga, uning spora hosil qilishini kamayishiga olib keladi. Natijada o’simlikning zararlanishi kechikib, o’simlik normal rivojlanib, hosil miqdori ortadi. Download 20.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling