Dala ekinlarida fenologik kuzatuvlar hisoblash ishlari olib borish
Download 58.43 Kb.
|
5-amal-3
Dala ekinlarida fenologik kuzatuvlar hisoblash ishlari olib borish Boshoqli-don ekinlarida rivojlanish davrlarini aniqlash. Boshoqli-don ekinlarida rivojlanish davrining boshlanishi yoki ular bu davrga to„liq kirganini aniqlash ishlari quyidagi hisoblash orqali amalga oshirish mkin: tajriba dalasining (tajribaning maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, albatta) belgilanmagan va tanlanmagan besh nuqtasidan 15 tup o„simlik olinib, holati bo„yicha, rivojlanish davri belgilanadi. Masalan, kuzgi bug„doyning tuplanish davri boshlanganligini aniqlash uchun tajriba dalasidagi besh nuqtaning har biridan 15 tup o„simlik olinib, ularning tuplangan (bug„doy tuproq ostida tup bo„g„ini hosil qilib, tup bo„g„inidan 2-3 ta maysa (barg) shakllantirgan bo„lsa, tuplangan hisoblanadi) va tuplanmagan o„simliklar hisobga olinadi. Aytaylik, tuplangan o„simlik 1-nuqtada 15 tadan 2 ta, 2-nuqtada 1 ta, 3-nuqtada 2 ta, 4-nuqtada 2 ta, 5-nuqtada 1 ta. Demak, 5 nuqtadagi 75 dona o„simliklardan 8 donasi tuplangan. Bu esa, o„rta hisobda bir nuqtada 15 o„simlikdan 16 donasi tuplanganini bildiradi.
Bunda: Bt-bug„doy tuplashi. Demak, tahlil asosida bu muddat (sana)ni belgilab, bug„doyda tuplanish davri boshlangan, deb hisoblash mumkin. Bunday hisob-kitoblar har kuni va kuning ma‟lum bir vaqtida o„simliklar rivojlanish davriga to„liq kirguniga qadar davom ettiriladi. Bunda:
kuzgi bug„doyda tuplanish davrining boshlanishi tuproq ostidagi tuplanish bo„g„inidan yon barglar; naychalash davri bug„doyning yon poyasida tuproq yuzasidan 1-2sm balandlikda birinchi poya bo„g„ini paydo bo„lishi; boshoqlash davri bug„doyning onalik murtagidan paydo bo„lgan boshoq-poya (naycha) qismi yarmigacha rivojlangan boshoq holati; gulash davri kuzgi bug„doyning 75% boshoqlarida otalik changgichlari tashqi tomonidan ko„zga tashlanishi bilan belgilanadi. Masalan; 1m2 da 300 dona boshoq majud bo„lib, shundan 225 donasida otalik changchilari ko„zga tashlansa, kuzgi bug„doyni gullash davrida deb hisoblash mumkin. Ma‟lumki, bug„doyning pishish davri uchta-sut pishi, mum pishish, to„liq pishish davrlariga bo„linadi; -sut pishish davrida bug„dyo donlari boshoqda endigina paydo bo„lgan, yashil rang olib, “sutga” to„lgan bo„ladi; -mum pishish davrida boshoqdagi don tirnoq orqali bosib ko„rilganda kesiladi, poyasi hamon yashil rangda bo„ladi; -to„liq pishish davrida boshoqdagi don qotib, qattiqlashadi va butunlay sariq rangga kiradi.
Download 58.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling