2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet64/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word


Partenogenez.

  • Androgenez.

  • Ginogenez.

    Otalanish natijasida ikki xil gameta o‘zaro qo'shilib zigota hosil qiladi. Natijada, yangi organizmda ota-ona irsiy axboroti kombinatsiyalanuvi kuzatiladi. Ana shn holat otalanishning biologik ahamiyatini aniqlab beradi.
    Partenogenez organizmlar ko‘payishining alohida bir turi bo‘lib, yangi organizm otalanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Partenogenezning ikki xili aniqlangan: tabiiy partenogenez, sun’iy partenogenez.
    Androgenezda urug‘ hujayrasi yadrosi tuxum sitoplazmasida rivojlanadi (tuxum hujayra yadrosi rivojlanishida qatnashmaydi).
    Ginogenezda tuxum hujayrasi boshqa turga mansub organizm- larning spermatozoidlari yordamida maydalanishi va rivojlanishi mumkin (spermatozoid yadrosi rivojlanishda qatnashmaydi).
    ONTOGENEZ. TIPLARI. DAVRLARI
    Organizmning shaxsiy (individual) taraqqiyoti ontogenez deb ataladi. Ontogenez jinsiy ko‘payuvchi organizmlarda otalanishdan (zigota hosil bo'lishi bilan) boshlanib, shu individning o‘limi bilan tugaydi. XIX asrda E.Gekkel va F.Muller individlar ontogenezini o‘rganib u shu turning filogenezining (tarixiy rivojlanishining) qisqacha takrorlanishi ekanligini aniqladilar. Ularning bu xulosasi fanda biogenetik qonun sifatida ma’lum. Ontogenezning lichinkali, lichinkasiz, ona qornida kechuvchi turlari mavjud. Lichinkali ontogenez asosan umurtqasiz hayvonlarga xosdir. Lichinkasiz ontogenez esa tuxum hujayrasida sariqlik moddasi ko‘p bo‘lgan qushlarda, reptiliyalarda va xordalilarda uchraydi. Sutemizuvchilar va odamlarga ona qornida kechuvchi ontogenez xosdir. Chunki ularning tuxum hujayrasi juda kam miqdorda sariqlik tutadi va rivojlanayotgan organizm ozuqani ona organizmidan oladi.
    Ontogenez 3 bosqichda kechadi va bu bosqichlar proembrional, embrional va postembrional davrlar deb ataladi. Odamlarda prenatal (tug‘ilguncha), perinatal (28 haftadan — tug‘ilgandan keyin 7-

    Download 1.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling