9- ma’ruza. Ontogenez. Organizmlarning ko’payishi. Reja


Download 130.5 Kb.
bet1/10
Sana09.05.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1448725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza


9- ma’ruza. Ontogenez. Organizmlarning ko’payishi.


Reja:



  1. Ontogenez tiplari va hosqichlari

  2. Jinssiz ko'payish

  3. Regenerasiya hodisasi

  4. Partenogenez

  5. Jinsiy ko'payish

  6. Jinssiz va jinsiy ko^payishning gallanishi



Tayanch so’zlar: Bevosita, bilvosita, ontogenez, prenatal, psoembrional (progenez), embrional davr, zigota, postnatal, ko'p bo'linish (shizogoniya).


Ontogenez tiplari va hosqichlari
Tirik organizmlar individual rivojlanishi, ya'ni ontogenezi zigotadan tabiiy b'limgachabo'Igan davrni o'z ichigaoladi. Ontogenezning ikkitatipi farqlanadi:
l. Bevosita, yoki to'g'ri rivojlanish.Ontogenezning bu tipida, tuxumdan chiqqan yoki tug'ilgan orgamzmning tuzilishi va tashqi ko'rinishi ota-ona organizmiga o'xshaydi. Ammo ayrim a'zolaming yetishmasligi, gavdasining kichikligi bilan ota-onasidan farq qiladi. Asta-sekin o'sib, ota-ona organizmiga tashqi ko'rinishi va tuzilishi jihatdan o'xshaydi. Jumladan, odamda, sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvcbilarda va ayrim umurtqasiz hayvonlarda bola tug'ilganda ota-onasiga o'xshaydi.
2. Bilvosita rivojlanish. Bunda, tuxumdan chiqqan bola lichinka deyiladi va u tashqi hamda ichki tuzilishiga ko'ra, ota-onasidan keskin farq qiladi. Juda ko'p o'zgarishlardan keyin ota-ona organizmiga o'xshash qiyofaga kiradi. Bunday hodisa metamorfoz deyiladi va u ko'plab umurtqasMar, hamda amfibiyalarga xosdir.
Ontogenez ikki bosqichga bo'linadi:
1. Prenatal, yoki tug'ilishdan oldingi bosqich. Bu bosqich jinsiy hujayralaming yetilishi, urug'lanish va embrion rivojlanishini o'z ichiga oladi. Bu bosqich ham ikki davrga bo'linadi:
a) psoembrional (progenez) davri-jinsiy hujayralaming yetilishi va rivojlanish davri tushuniladi;
b) embrional davr-zigota hosil bo'lishidan embrion, tug'ilishigacha bo'lgan davr tushuniladi.
2. Postnatal, yoki postembrional bosqich-tug'ilishdan tabiiy o'limgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.


KO'PAYISH
Har qanday tirik organizmni son jihatdan oshiruvchi barcha jarayonlar, ko'payish deb ataladi. Bo'linish esa biologik sistemalarning, yoki tirik organizmlarning o'sishi hisoblanadi. O'sish bu tirik organizmlarning hajm jihatdan kattalashuvidir. K. Ber fikricha, "bo'linish har bir organizmning, o'z individual chegarasidan oshiqroq o'sishidir". O'sish ma'lum miqdorga yetgandan keyin, tirik massa ma'lum qismining ajralishi kuzatiladi, ya'ni ko'payish sodir bo'ladi. Tirik organizmlarning muhim biologik xususiyati -ko'payishdir. Har qanday organizmning hayoti, tur hayotidan qisqa bo'ladi. Ko'payish orqali esa tur saqlanadi va uning hayoti davom etadi.
Ko'payish evolyusiya jarayonida paydo bo'lgan hodisa bo'lib, ko'payish orqali irsiy axborot nasldan naslga o'tadi, turning genotipi vafenotipi saqlanadi, individlar soni ortadi, areali kengayadi, tur ichidagi xilma-xillik ortadi. Bu esa, yangi turlar paydo bo'lishiga olib keladi. Ko'payishning jinssiz va jinsiy xillari mavjud.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling