Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Download 278.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana19.06.2023
Hajmi278.93 Kb.
#1605592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja



 ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDOSHUV. 
Reja: 
1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari. 
1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi. 
1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar. 
1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari. 
 
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: 
Ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, yosh davrlari, ontogenez psixologiyasi, amaliy vazifalar, maxsus 
tarmoqlar, ta’lim-tarbiya, xulq-atvor, psixologik portret, rivojlanish, tavsifiy funksiya, tushuntirish funksiyasi, 
predikativ funksiya, korreksion funksiya. 
 
1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari. 
Inson tug‘ilishining ilk kunlaridanoq tashqi muhitdan: odamlardan, narsalardan, voqealardan va hayotiy 
vaziyatlardan keladigan katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish jarayoni ma’lumotlarni sekin astalik bilan 
o‘zlashtirishdan boshlanadi. Inson jismoniy rivojlana boshlashi bilan bir qatorda uning psixikasi va shaxsi ham 
shakllanadi. Vaholangki bu shaxs qanday qilib kamol topadi degan savolga to‘g‘ri javob berish ancha mushkil 
ish. Ammo inson taraqqiyoti nima эkanligini anglay boshlasangiz, bu murakkab jarayonning o‘z qonuniyatlari 
borligiga guvoh bo‘lasiz va shu sababli psixologiyadagi эng muhim tarmoqlaridan birini ontogenez psixologiyasi 
deb atash mumkin. 
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar 
psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi. 
Barcha psixologlar uchun umumiy bo‘lgan holat ontogenezda psixika, ong, shaxsning shakllanishini 
jamiyat tomonidan faol, maqsadli ta’sirlanish sharoitida ro‘y beradigan ijtimoiy jarayonlar sifatida tushunishdir. 
Ontogenez - (yunoncha,. ontos-mavjud, jon, zot; genezis- tug‘ilishi, kelib chiqish, paydo bo‘lish) - 
individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonidir. 
Ontogenez psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu 
taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. 
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, 
эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, 
shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ontogenez 
psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining 
o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar), эr va ayolning jinsiy 
tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining 
rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga 
kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi 
bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash 
va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs 
sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va 
ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go‘dakning dastlabki oddiy 
aks эttirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog‘atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni 
aniq, yaqqol, to‘la va anglab aks эttirish darajasigacha taraqqiy эtadi. Inson zotining turli jihatlarini o‘rganish 
bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, эtnografiya kabi 
fanlar shug‘ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, sub’ekt psixikasini, ongining mantiqiy 
mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug‘ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixologiya 
fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi va tadqiq qiladi (qarang Э.G‘oziev)
1

Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va 
boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv - qulay) 
davrlari mavjud bo‘lib, ular individning o‘zi yashab turgan muhitda (oila, bog‘cha, maktab va xok) tutgan o‘rni, 
bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o‘sishi darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko‘ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola 
shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog‘i - bolalar 
psixologiyasining predmetiga kiradi. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasini faqat miqdor jihatdan 
эmas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik hamda 
fenomenologik qoidaga amal qiladi. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo‘lishi, rivojlanish 

Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling