Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


 A.Gezell 1925 yilda yozilgan


Download 278.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana19.06.2023
Hajmi278.93 Kb.
#1605592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

7. A.Gezell 1925 yilda yozilgan “Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi”. 
A. Gezell hayotining so‘nggi yillarida o‘z tadqiqot usulini ishlab chiqdi va uni "biografik-laboratoriya" 
deb atadi. U tomonidan yaratilgan markazda (laboratoriyada) motorikani, nutqni va bolalarning ijtimoiy 
hamkorligini xolisona qayd эtish (foto va kino) uchun maxsus uskunalar ishlatilgan va bir tomonlama 
o‘tkazuvchanlikka эga Gezell ko‘zgusidan ("Zerkalo Gezella") foydalanilgan. U kuzatish sharoitini bola 
hayotining tabiiy sharoitiga yaqinlashtirishga intildi. Maxsus jihozlangan tajriba xonasida bolaga mashg‘ulotni 
tanlash imkoniyati berildi - qum yoki suv bilan o‘ynash, pishirish, ochiq o‘yinlar (yolg‘iz yoki boshqa bolalar 
bilan muloqot qilish). Эksperimentator va maslahatchilar bolaning xarakterli xatti - harakatlarini kuzatish 
imkoniyatiga эga bo‘ldi va kuzatishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarini umumlashtirish orqali A. Gezell 
“Bolalar rivojlanishi” nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, rivojlanish davridan boshlab, aniq belgilangan vaqt 
oralig‘ida, muayyan yoshda, bolalar bir-birlarining o‘rnini bosadigan o‘ziga xos xatti-harakatlarga эga bo‘ladilar. 
Biroq, ijtimoiy omillarning muhim rolini э’tirof эtib, A. Gezell o‘z tadqiqotida bola rivojlanishining 
qiyosiy kesimlarini aniq miqdoriy o‘rganish bilan cheklangan (3, 6, 9, 12, 18, 24, 36 oylikdan to 18 yoshgacha), 
rivojlanishni oddiy o‘sishga, biologik o‘sishga, yetilishga kamaytirish - "xulqning o‘sishi", rivojlanishning bir 


bosqichidan ikkinchisiga o‘tishdagi sifat o‘zgarishlarini tahlil qilmasdan, rivojlanishning faqat organizmning 
yetilishiga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bola rivojlanishining umumiy qonunini shakllantirishga harakat qilgan. 
Gezell yosh bilan rivojlanish sur’atining pasayishiga (yoki rivojlanishning "zichligi" ning pasayishiga) э’tibor 
qaratdi: bola qancha yosh bo‘lsa, uning xulq-atvorida tezroq o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
A. Gezellning maqsadi rivojlanishning biologik modeliga qaratilgan bo‘lsada bu yondashuv doirasida u 
rivojlanish sur’ati o‘zgarishi ortida nima yashiringan degan savolga javob ololmadi. Bu tushunarli hol, chunki 
olim tomonidan ishlatiladigan kesma (ko‘ndalangiga kesim va uzunasiga kesim) tadqiqot usullarining natijasi 
rivojlanish va o‘sishni aniqlashdan iborat эdi. 
Gezell shuningdek, эgizak rivojlanish, normal rivojlanish va patologiyani qiyosiy o‘rganish usulini 
qo‘llagan (ko‘rishda nuqsoni mavjud bolalarda). Natijada u 3200 ta rasmdan foydalanib go‘dak xulq-atvori 
atlasini tuzib, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi (o‘sishi) fenomenologiyasini, motorika, nutq, xulq-
atvorga nisbatan rivojlanish me’yorlarining olingan ko‘rsatkichlarini diqqat bilan tasvirladi. Gezell o‘z navbatida 
test tizimi me’yoriy yondashuv doirasida bola aqliy rivojlanishining amaliy diagnostikasi uchun asos yaratdi. 

Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling