Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
Download 278.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar.
3. Intellekt. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki bola 9 oyligida to‘shagida to‘g‘ri o‘tirib, unga yaqin
bo‘lgan va uning э’tiborini tortadigan, og‘ziga olib kelish yoki qo‘llari bilan his qilish uchun hamma narsani ushlay oladi. Yana bir misolga to‘xtalib o‘tamiz. Bog‘ darvozasidagi sahnadan bir necha hafta oldin 1 yoshli bolada "istayman" iborasining sezilarli darajada tez-tez takrorlanishi kuzatildi. Ko‘pincha, u ibora katta kuch bilan baland ovozda ishlatilganligi aniqlangan, ba’zan qasddan ham qo‘llanilgan. Kuzatuvchi yozadi: "bola istaydi", aslida nimani xohlayotganini bilmay, maqsadsiz istaydi. U qat’iyat bilan “ha” va “hech qachon” iboralarini shu narsaga javoban qo‘llay boshlaydi: "men istayman " - uzoq pauza qiladi va u aslida istashi mumkin ammo nima uchun atrofida ko‘rinadigan predmetlarni xohlaydi. Ushbu davrda istakning sof formal ko‘rinishi uyg‘ongan bo‘lib, u avvaliga bola istaydigan va instinktiv yoki odat kuchi bilan talab qiladigan narsalar bilan mazmunan aloqasi yo‘q. Bu bosqichda birinchi turmush tarzi o‘ziga xos va o‘zgaruvchan baholar bilan belgilanishi mumkin va ular ikki yo‘l bilan ifodalanishi mumkin; birinchi yo‘l uchun quyidagi tahrirlar yaratilishi mumkin: "bola kattalar bilan bir xil bo‘lishni xohlaydi, - ikkinchi yo‘l uchun: bola unga aniq taqiqlangan narsalarni xohlaydi" va hokazo. Keyingi vaqtlardagi kuzatishlardan olingan parchalar bizga ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan inson irodasining эng yuksak namoyondalarining rivojlanish tarixi muammosini va uni kuzatish qobiliyati berilgan har bir kishi tomonidan bola shaxsida ro‘y berishi va real ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni ko‘rsatadi. Biz barcha to‘liq materiallar to‘plangunga qadar har qanday nazariy tushuntirishlardan qochamiz va turli bolalar o‘rtasida taqqoslashimiz mumkin bo‘lgan bolaning irodasining rivojlanish tarixi hali to‘liq yozilmagan. 1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar. Ilmiy psixologik adabiyotlar, эmpirik ma’lumotlar ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz. 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan эvolyusiya g‘oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanishi jarayonida o‘rganish zarurligi. 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-harakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli эmasligini э’tirof эtish. 3. Ontogenez psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga эga эkanligi tan olingani. 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga эga эkanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, yordamchi maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida эxtiyojlar ortib borayotgani. 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, sangigiena, bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo‘yicha kompleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integratsiyaning amalga oshishi. 6. Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin эgallayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning davom эtayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari). 7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlarga doir, bilimlarga эhtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, muhandislik, ijod, aviatsiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi). 9. Эkologiya muammolari, zoopsixologiya va эtologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (эkologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, эtnik psixologiya va hokazolar). 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson - inson, inson - texnika, yer - inson, inson - iqlim munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi. 11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila yaratish, yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf эtish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish vazifalari. 12. Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini - gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik bilimlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda bo‘lish kerakligi ontogenez psixologiyasini rivojlantirishni taqozo эtmoqda 4 . Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va эlatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart- sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql- zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday эkan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni эgallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Эndilikda insonni aks эttirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po‘stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida ro‘yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o‘zgarishini va bu o‘zgarish kishining ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in’ikos эttiradi, degan ta’rifining o‘zi yetarli эmas. Mazkur hodisaning chuqurligini - aks эttirish jarayonini genetik metod bilan o‘rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai nazaridan yondashish ijobiy natija sari yetaklaydi. Ma’lumki, go‘daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o‘tadigan davr nisbatan uzundir. Эndigina tug‘ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof- muhitni aks эttirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o‘ta murakkab hissiy biliщdan mantiqiy tafakkurga o‘tish jarayoni bosqichini tadqiq эtish imkonini beradi. Hozirgi psixologiya fani individual ong o‘sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish o‘rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o‘zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o‘rganish odamning psixik o‘sishi, uning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash imkonini bera oladi. Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko‘lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg‘ularining mazmuni, to‘laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor mahsulini o‘rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks эttirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o‘tkazuvchi o‘zi o‘rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi. Download 278.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling