1-mavzu: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari Reja
Download 212.1 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Ijtimoiy pеdagogika
1-mavzu: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari Reja: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining obyekti, predmeti va vazifalari Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi Bolalarning ijtimoiy moslashuvi ijtimoiy pedagogika negizida vujudga kelgan fandir Ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi Tayanch tushunchalar: ijtimoiy, pedagogika, ijtimoiylashuv, obyekt, predmet, falsafa, etika, sotsiologiya, etnografiya, etnopsixologiya, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv kategoriya, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining obyekti, predmeti va vazifalari “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi. Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pеdagogika sohasi. Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o‘rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o‘rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig predmeti ilk yosh davridagi va maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fani bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy pedagogik faoliyatning oʻziga xosliklari va uning gumanistik yoʻnalganligini yoritib berish, turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini oʻrganish tamoyillari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari,barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirih yoʻllari va ish samaradorlig, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari,maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarni ijtimoiy faoliyatga oʻrgatish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig obyektibu bola. Ushbu fan maqsadi — ilk va maktabgacha yoshdagi bolava sotsium oʻzaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos boʻlish, amaliyot ishlar darajasida bu oʻzaro ta’sirini har tomonlama uygʻun boʻlishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori koʻtarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, oʻzaro bogʻlovchi vazifalaridir. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani ilk va maktabgacha yoshdagi sogʻlom, anomal bolalarning ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, bir muhitdan ikkinchi muhitga oʻtganda moslashuvchanlikgini, oilada, mahallada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiya olishi, anomal bolalarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam berish, ularda shaxsni shakllantirish,maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni oʻrganuvchi fandir. Download 212.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling