Development and innovations in science


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1748981
  1   2   3
Bog'liq
DIS0212



DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE 
International scientific-online conference
39 
NAY CHOLGʼUSI MUSIQIY IJROCHILIK TEXNIKASI 
Aripov Xikmatullo Axmadjon o`g`li

O.R.Tashmatova


O`zbekiston davlat konservatoriyasining “Xalq cholg`ularida ijrochilik” 
yo`nalishi 2-bosqich magistr talabasi, 

Ilmiy rahbar professor
Pochta:xikmatillo61@gmail.com 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6242529
Annotatsiya: Nay cho`lgusida asarni ijro etishda ruhiy –aktiv yondoshishni 
tarbiyalash jarayonida har qanday vosita va yoʼllar bilan erishish mumkin. Yaʼni musiqiy 
asarga bogʼliq omillarga yondoshish, oʼquvchi qobilyatining imkoniyatlari va pedagogik: 
tushuntirish, taqqoslash, ijro namunasi va mashqlar. Har mashgʼulotda oʼquvchi eʼtiborini 
asarning mazmuni, ijro asoslari va oʼz ruhiy xolatiga yoʼnaltirish zarur. Oʼquvchi har bir 
harakat va shtrixlarni yodlabgina olmay, balki tushunib qalban ijro etishiga erishish lozim. 
Oʼquvchida badiiy musiqiy fikrlash sekin - astalik bilan mashqlarni murakkablashtirish 
orqali rivojlantirib boriladi. 
Nay cholgʼusi musiqiy ijrochilik texnikasida quyidagi omillar ishtirok etadi. 
1. Nafas - aniqrogʼi nafas chiqarish, gohi meʼyorida, gohi sekin - asta kuchaytirib, yo 
asta-sekin kamaytirish, yoki yana boshqa asar ijrosining talabiga muvofiq nafas chiqarish. 
2. Lab - yuz mushaklarining harakati, yaʼni chiqarilayotgan tovush balandligi va 
nafas bilan moslashish. 
3. Barmoqlar harakati. 
4. Til harakati - shtrixlar xarakterini keltirib chiqaradi. 
Yuqoridagi sanab oʼtilgan omillar bilan ishlash va rivojlantirishda har bir ijrochilik 
vositasidan foydalanish erkin va tabiiy boʼlishiga erishish lozim. Oʼquvchining musiqiyligi 
va mahorati bilan barobar pedagog uning musiqiy qobilyatlarini rivojlantirish haqida 
gʼamxoʼrlik qilmogʼi zarur. Har bir mutaxassislik mashgʼulotlari musiqiy tinglash, ritmni his 
qilish va musiqiy xotira tarbiyasidan tashkil topishi kerak. 
Cholgʼu asbobining aniq sozlanmasligi har qanday mayda intonatsion 
noaniqliklarga nisbatan yuqori sezgi va ayrim yuqori tovushlarni lab harakatining 
zoʼriqishi orqali toʼgʼrilashni talab qiladi. Nay cholgʼusining tovush qatori oʼziga xos rang-
barang tembridadir. Tovush tembr xususiyatlarini sezish musiqiy mashq mashgʼulotlarida 
tovush tembriga eʼtiborni yoʼnaltirish bilan erishiladi va rivojlantiriladi. Mayda intonatsion 
noaniqliklarni sezish bilan barobar tembrni xis qilish nay cholgʼusi ijrosida katta oʼrin 
tutadi. 
Intonatsiya va cholgʼu tembrini xis qilish sifati ijrochilarda bir xil emas. Tovush 
tembriga oʼta sezgir ijrochi oʼz ustida qattiq ishlashi orqali intonatsion soflik bilan bir 
qatorda tembr sifatining yaxshilanishiga erishadi. Oʼziga talabchan boʼlmagan ijrochi ayrim 
tovushlarning sifatsizligi va toʼliq boʼlmagan tembrga oʼrganib qoladi. 
Nay cholgʼusi ijrochisi uchun tovush eshitish (tovush ajratish) qobilyati kifoya. Lekin 
oʼta yuqori tovush sezish (taqqoslamay ajratish) qobilyati sohibi boʼlgan ijrochilarning 
imkoniyatlari ancha katta. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling