Development and innovations in science


DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1748981
1   2   3
Bog'liq
DIS0212

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE 
International scientific-online conference
40 
Musiqiy eshitish qobilyatini rivojlantirish mumkin. Vaholangki, mashqlar yordamida 
oddiy eshitish qobilyatini rivojlantirib, oʼta yuqori sezgi darajasiga yetkazish mumkin. Nay 
cholgʼusida ayrim tovush boʼyoqlarini aniqlash va eslab qolish tembr rang-barangligi bilan 
yengillashadi. Shuning uchun nay ijrochisi oʼz cholgʼusida oʼta yuqori tovushlarni tasavvur 
qilish va topish qobilyatini kuchaytirib oʼzlashtirib olishlari bir qancha oson kechadi. Shuni 
aytib oʼtish joizki, koʼpchilik cholgʼuchilarda musiqa asboblarini qoʼllariga olishlari bilan 
berilgan tovush balandligini tasavvur qilish qobilyati xosil boʼladi. Bu koʼrinishlar tovush 
tasavvuri va harakat sezgilarining uzviy bogʼlanishi asosida xosil boʼladi. Eshitish 
qobilyatini aktiv va tez rivojlantirish uchun sistematik ishlash va ijro paytida intonatsiya 
sofligi, eshitilayotgan musiqiy asarning tonalligi, lad funktsiyalari va eshitib aniqlash uchun 
akkordlar mashqi doimiy boʼlishi talab qilinadi. Musiqiy eshitish qobilyatni rivojlantirishda 
kuylash (solfedjio) dan foydalanish musiqiy maktablar intizomida zarur omillar qatori oʼrin 
olgan. Shuningdek musiqa maktablarida kuylash (solьfedjio) xajmi jihatidan toʼliq deb 
boʼlmaydi. Musiqiy eshitish doimiy murakkablashtirib boriladigan mashqlarni uzluksiz 
oʼqish orqali rivojlantiriladi. Bu bilan bir qatorda tanish asarlardan tashkil topgan mashq 
diktantlarini avval bir ovozli keyin ikki ovozli yozish maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Barcha mashgʼulotlarda kamerton yoki aniq ovoz balandligiga ega cholgʼu asbob 
yordamidan foydalanib nayning lad zaminini tekshirib turish darkor. Musiqiy tovush 
balandligini aniqlashga doimiy eʼtibor va mashqlar eshitishni mukammallashtirish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda mashqlarning quyidagi tartibini koʼzlash zarur:
- avvalo cholgʼuchi eʼtiborini oʼz cholgʼusining tovush xarakteri va tembriga jalb 
etish;
- yonida ijrochi borida oʼz cholgʼusining tovushini tanib ajratishi;
- foydalanish uchun qoʼlida tutgan hali labiga olib bormagan cholgʼusining turli 
tovush balandliklarini tasavvur qilish;
- cholgʼusiz ayrim tovushlarni tasavvur qilish.
Qachonki oʼquvchi oʼz cholgʼusidagi barcha tovushlarni bexato tanib ajratish 
qobilyatiga ega boʼlsa uning eʼtiborini musiqiy asardagi tonallikka qaratish;
- shuningdek, fortepьyano va boshqa cholgʼu asboblaridagi ayrim tovushlar 
balandliklarini aniq anglashga daʼvat etish mumkin. 
Аlbatta, eshitish qobilyatini rivojlantirish yuqoridagi mashqlar bilangina cheklanib 
qolmaydi. Har bir pedagog va oʼquvchi bu mashqlarni rang-baranglashtirish va koʼpaytirish 
orqali ish boʼlib oʼtadigan jaroyonga moslashtira olishi mumkin. 
Mutaxassislik cholgʼusi oʼqituvchisi eshitish qobilyatini rivojlantirish uchun maxsus 
mashgʼulotlar oʼtkazish uchun vaqtga ega boʼlmasada, har qalay uning koʼrsatmalari, 
oʼquvchi muvaffaqiyatlariga doimiy qiziqish bildirishi va vaqti-vaqti bilan tekshirib turish 
bu maqsadga erishishda salmoqli oʼrin egallaydi. 
Musiqiy qobilyatning yana bir asosiy omillaridan boʼlgan ritmni sezish-his qilish 
qobilyatini ham bilim berishning birinchi qadamlaridanoq tarbiyalab boriladi. Boshlovchi 
oʼquvchilar bilan shugʼillanish jarayonida doimo pedagog ritmik ijroga erishish yoʼlida 
koʼpgina qiyinchiliklarga duch keladi. Oʼkuvchi musiqiy choʼzimlar farqini arifmetik 
tushuntirish orqali yaxshi tushunadi, lekin shu paytda ijro etishda xatoliklarga yoʼl qoʼyib, 
mashqlar ritmi buziladi. Musiqiy choʼzimlar farqini tushunishning oʼzi ritmik ijroni 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling