9- ma’ruza. Ontogenez. Organizmlarning ko’payishi. Reja


Jinssiz va jinsiy ko’payishning gallanishi


Download 130.5 Kb.
bet10/10
Sana09.05.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1448725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza

Jinssiz va jinsiy ko’payishning gallanishi
Jinssiz ko'payadigan ba'zi organizmlar jinsiy yo'l bilan ko'paymaydi. Lekin jinssiz ko'payadigan ayrim organizmlar jinsiy yo'l bilan ham ko'payadi. Ayniqsa, jinssiz ko'payadigan avlod, jinsiy ko'payadigan avlodni hosil qiladi. Jinsiy ko'payadigan avlod esa o'z navbatida jinssiz ko'payadigan avlodni hosil qiladi. Jinsiy va jinssiz avlodlarning bunday gallanishi har xil turlarda turli davrlarda, ba'zan malum vaqtda amalga oshadi. Jinsiy va jinssiz ko'payish gallanishining bir necha turlari bor:
1. Ko'payishning birlamchi gallanishi. Bunda jinsiy ko'payish spora hosil qilish bilan gallanadi. Ko'payishning bunday gallanishi sporalilarda,
infuzoriyalarda, mikrosporidiyalarda, xivchinlilarning va o'simliklarning ba'zi vakiilarida uchraydi. Bu holat shu guruhlarning filogenezida qadimiy (jinssiz) va progressiv (jinsiy) ko'payish shakli sifatida saqlanib qolgan.
2. Ko'payishning ikkilamchi gailanishi. Bunda rivojlanish siklning turli boqichlarida hayvon jinssiz, yoki partenogenez va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Bunday ko'payish kovakichlilarda, bo'g'imoyoqlilarda uchraydi.
Agar hayvon bir marta urug'langan tuxum orqali jinsiy ko'payib, keyingi marta partenogenez yo'li bilan ko'paysa, bunday gallanish, geterogoniya deyiladi. Masalan, jigar qurtining sporosistasini embrion bo'laklari rediya, rediya esa serkariya hosil qiladi.
Jinssiz va jinsiy bo'g'inlarning gailanishi, metagenez deyiladi. Masalan, gidrada kurtaklanish va jinsiy hujayralar orqali ko'payish gallanib turadi.
Agar hayvon jinsiy voyaga yetmagan (lichinka) holida ko'paysa, bu hodisa, pedogenez deyiladi. Masalan, trematodlar, ba'zi lentasimon chuvalchanglarda bunday ko'payish uchraydi.
Umuman, jinssiz ko'payadigan organizmlar rivojlanish siklida vaqti-vaqti bilan, jinsiy ko'payishi kombinativ o'zgaruvchanlikni yuzaga keltiradi. Bu esa genetik bir xillikni bartaraf etib, turning evolyusion va ekologik imkoniyatlarini oshiradi.


Nazorat savollari

  1. Ko'payish nima?

  2. Ko'payishning qanday turlari bor?

  3. Jinssiz ko'payish nima?

  4. Bir hujayralilarda jinssiz ko'payishning qanday turlari bor?

  5. Ko'p hujayralilarda jinssiz ko'payishning qanday turlari bor?

  6. Jinsiz ko'payishning morfo-flziologik asoslarini ayting.

  7. Regenerasiya nima?

  8. Regenerasiya turlarini aytib bering.

  9. Hujayra ichidagi regenerasiya deganda nimani tushunasiz?

  1. Partenogenez nima?

  2. Partenogenezning qanday turlari bor?

  1. Androgenez va ginogenez nima va ularning amaliy ahamiyatini aytib bering.

  2. Jinsiy ko'payish nima?

  3. Jinsiy va jinssiz ko'payishning gallanishini aytib bering.

  1. Ko 'payishning qanday ahamiyati bor?

  1. Egizaklar qanday paydo bo'Iadi?

17. Qo'shaloqli mayiblar qanday paydo bo'Iadi?
Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling