9- ma’ruza. Ontogenez. Organizmlarning ko’payishi. Reja


Download 130.5 Kb.
bet6/10
Sana09.05.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1448725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza

Regenerasiya hodisasi
Regenerasiya deyilganda, organizmning yo'qolgan qismlarining - hujayralarining, to'qimasining, organning bir qismining, yoki hamma qismining o'z-o'zidan qayta tiklanishi tushuniladi. Regenerasiya lotincha regeneratio - tiklanish degan ma'noni bildiradi. Sut cmizuvchilar terisining shikastlangan qismining, o'simlik bargining yo'qolgan qismining qayta tiklanishi, regenerasiya hisoblanadi. Regenerasiyani somatik embriogenezdan farqlash uchun olimlar morfallaksis, restitusiya, multipolyar forma terminlarini taklif etishdilar, ammo bu terminlar hozircha regenerasiya terminining o'rnini bosa olmaydi.
Regenerasiyaning 2 turi farqlanadi:
1. Fiziologik regenerasiya. To'qima va organlar hujayralarining yangilanish jarayoni, fiziologik regenerasiya deyiladi. Fiziologik regenerasiya paytida terming epiteliysi, soch, tirnoq yangidan paydo bo'ladi, o'sadi. Odam terisining epidermis qavati har 7-11 kunda, eritrositlar 2-4 oyda butunlay yangilanadi. Ayrim hayvonlar ba'zi organlarining o'z-o'zidan, zaruriyat paytida tashlab yuborishi, avtotomiya deyiladi. Kaltakesakning dumitii tashlashi va uning yana tManishi bunga misol bo'ladi (grekcha autos - o'zi, tome - tiklanish).
Hujayralar sonining bo'linish orqali tiklanishi, proliferativ regenerasiya deyiladi. Ayrim to'qimalarda maxsus kombial hujayralar va proliferasiya markazi bor. Bu ingichka ichak epiteliy qavatining ichki qismi, suyakning bosh qismi, teri epiteliysining proliferativ qismi hisoblanadi.
Proliferasiya intensivligini, mitoz bo'linishning soniga qarab bilish mumkin. Mitoz jarayonining o'zi 1 soat davom etadi. Somatik hujayralarda mitoz sikli esa 22-24 soat davom etadi. To'qima, yoki organni tashkil etadigan hujayralar qancha vaqtda almashishini, yoki qayta tiklanishini shundan bilish mumkin. Aniqlanishicha, sutkaning har xil vaqtida hujayraning bo'linish tezligi turlicha bo'ladi. Shu yo'l bilan, hujayraning bo'linish ritmi (maromi) aniqlangan. Sutkalik ritmni, jumladan, mitotik faollikni o'rganadigan biologiyaning sohasi xronobiologiya hisoblanadi. Xronobiologiya usullari yordamida mitotik faollik mexanizmlari va uning boshqarish vositalarini o'rganish hamda tibbiyotda foydalanish mumkin. Hujayralar almashinishining sutkalik ritmidan tashqari, yillik ritmi ham bor.
Shunday qilib, fiziologik regenerasiyaning yemrilish va tiklanish davrlari ifarqlanadi. Fiziologik regenerasiya yuksak hayvonlar organizmida intensiv sodir bo'ladi. Chunki ularning organizmida fiziologik jarayonlar, intensiv ketadi
2. Reparativ regenerasiya. Organizmningzararlanganyokij'arohatlangan qismining tiklanishi, reparativ regenerasiya deb ataladi.
Organlarning zararlanishi, jarahatlanishi, tiklanishi turlicha bo'ladi. Mexanik jarohatlar, zaharli moddalardan zaharlanish, kuyishlar, sovuq urishi, nurlanish, och qolish va boshqalar zararlovchi omiUar hisoblanadi. Ch.Darvin shilliq qurtlar bosh qismi, salamandralar ko'zi, dumi va oyoqlarining jarohatlangan joyini tez tiklanishini kuzatgan.
Butun organizm gavdaning ma'lum bir bo'lagidan, ya'ni somatik hajayralaridan tiplanishi mumkin.Bunday hodisabulutlar vakovakichHlarda yaxshi taraqqiy etgan. Shvesiyalik tabiatshunos A-Traamble gidrani maydalab, un elaydigan elakdan o'tkazib suvga tashlaganda, har bir bo'lagidan gidra taraqqiy etishini "Kovakichlilar haqida memuar" (1744) asarida bayon qilgan.
Reparativ regenerasiyaning bir necha turi bor:
Epitelizasiya. Yaraning bitish jarayonida epiteliy qoplami birdaniga hosil bo'ladi, ya'ni epitelizasiya sodir bo'ladi. Sut emizuvchilarda yaraning epiteliy qavatining bitishi, quyidagicha bo'ladi (9-rasm).
Yaraning chetidagi epiteliy hujayralarining ko'payishi va hujayralar orasming kengayishi hisobidan shishadi. Fibrin iplari epidermis' hujayralarining ichkariga kirishi uchun substrat vazifasini bajaradi. Bu hujayralar mitoz yo'li bilan ko'paymaydi, ammo fagositoz hususiyatiga ega. Qarama-qarshi tomonlardagi hujayralar qo'shilib, keratinizasiya sodir bo'Iadi. Shundan keyin, mitoz sodir bo'la boshlaydi. Chunki keylon kam bo'ladi.
Epimorfoz - qirqilgan organning qayta tiklanishidir. Triton va aksolotlning qirqilgan oyoqlarining tiklanishi o'rganilgan. Bunda regressiv va progressiv bosqichlar farqlanadi. Regressiv bosqich yaraning bitishidan boshlanadi va quyidagi bosqichlar sodir bo'Iadi: qon to'xtashi, yara atrofidagi to'qimalarning qisqarishi, yara ustki qatlamining hosil bo'lishi, epidermis hujayralarining migrasiyasi. Shundan keyin osteosit hujayralarning yemirihshi boshlanadi. Shu vaqtda yallig'lanish va fogositoz jarayonlari ham boshlanadi. Keyin epidermis ostida biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lgan qatlam hosil bo'Iadi. Suyakda eroziya kuzatiladi. Epidermis tez qalinlashadi. To'qimalar orasi mezenximaga o'xshash hujayralar bilan to'ladi. Bu regenerasion blastema hosil bo'lishidir. Blastema hujayralari bir xil bo'lib, shu davrdan oyoqning regenerasiyasi boshlanadi.
Shundan keyin, progressiv bosqich boshlanadi. Bu davrda o'sish va morfogenez jarayonlari sodir bo'Iadi. Blastemaning massasi va bo'yi tez kattalashadi. Oyoq shakli hosil bo'lganda ham, uning bo'yi qisqa bo'Iadi (10-rasm). Oyoqning to'liq tiklanishi, hayvonning yoshiga, haroratga bog'hq. Aksolotl hchinkasida qirqilgan oyoqlar 3 haftada, jinsiy voyaga yetgan triton va aksolotlda 1 -2 oyda tiklanadi.
Epimorf regenerasiyada qirqilgan organ, oldingidek normal holda tiklanmaydi.


9.1.-rasm. Gidrada somatik embriogenez (B.P.Tokin, 1987 bo'yicha). A-gidraning noto'g'ri taraqqiy etgan tanasi; B,V-kurtakning nuqtali kuygan joydan taraqqiy etishi; G-E-operasiya sxemasi; J-Z-gastral qism bo'lagidan, mayib gidra taraqqiy etishi.





9.2.-rasm. Triton oyog'ining regenerasiyasi (AJ.Zdruykovskaya, 1944 bo'yicha). A-operasiya sxemasi; B-oyog'i regenerasiyalanayotgan triton; 1-4-qirqiladigan joy; 5-lokal rentgendan keyin qirqilgan oyoq; 6-rentgen nuri ta'sir etdirilmasdan qirqilgan oyoq.

Ba'zan regenerasiya davrida qo'shimcha organlar hosil bo'Iadi. Agar planariyaning bosh qismi kesib tashlansa, ikki yoki undan ortiq bosh qism o'sib chiqadi. Aksolotl oyog'ining regenerasiyasi davrida ko'plab barmoqlar hosil bo'lishi mumkin.


Morfallaksis - regenerasiyaga uchragan joyning qayta qurilishi tufayli tiklanishidir. Masalan, gidra yoki planariya gavdasining bir qismi qayta qurilib, butun oiganizmi tiklanadi. Regenerasiyaning bu turini T.Morgan 1900 yilda aniqlagan.
Ichki vatashqi organlar regenerasion va konpensator gipertrofiyayo'li bilan tiklanadi. Regenerasion gipertrofiya - shikastlangan yoki patologik jihatdan o'zgargan toq organlaming morfofunksional jihatdan qayta qurilisliidir. Bunda organning oldingi holati tiklanmaydi, ammo hajmi va massasi ortadi. {Compensator gipertrofiyajuft organlardan (buyrak, urug'don) birini olib tashlangandan keyin, ikkinchisining morfofunksional qayta qurilishidir.
Jarohatlangan yoki zararlangan to'qimaning tiklanishi, to'qima regenerasiyasi deyiladi. Muskul to'qimasining tiklanishi uchun, uning har ikkala uchining ozroq bo'lsa-da qismi saqlanib qolgan bo'lishi lozim, suyakning tiklanishi uchun esa, uning ustki qismi saqlanib qohshi kerak. Induktor ta'siri yordamida, ichki organlar tikianishiga erishish mumkin.
Regenerasiya jarayonini o'rganish faqat jarohatning tashqi tomondan tiklanishi emas, balki bunda ayrim nazariy muammolar ham borligini ko'rsatmoqda.
Aniqlanishicha, amfibiyalarning oyog'i qirqilgandan keyin, regenerasiya davrida elektrik faollik ortadi. Baqaning qirqilgan oyog'i orqali elektr toki o'tkazilganda, regenerasiya jarayohi faollashganligi, nerv tolalari ko'payganligi aniqlangan.
Sut emizuvchilarda shu yo'l bilan regenerasiya jarayonini faollashtirishga urinish natija bermagan.
Regenerasiya jarayoni nerv sistemasi orqali boshqariladi. Oyoqni qirqayotganda to'liq denervasiya qilinsa, regenerasiya sodir bo'lmagan. Tritonning oyoq nervlari terining ostiga joylashtirilsa, qo'shimcha oyoqlar hosil bo'lgan. Agar bu nerv tolasi dumning asosiga olib borilsa, qo'shimcha dum hosil bo'lgan. Bu tajribalarning natijalarigaasoslanib, "regenerasiyamaydoni" gipotezasi yaratildi. Bu gipotezagako'ra, regenerasiyajarayonini kuchaytirish uchun nerv tolasi sonini ko'paytirish lozim. Nerv tolasi tipining farqi yo'q. Regenerasiya jarayoniga nerv tolasining ta'sirini trofik vosita orqali tushuntirilmoqda.
Shuningdek, regenerasiya jarayoni gumoral yo'l bilan ham boshqariladi. Jigar regenerasiyasi bunga misol bo'ladi. Agar normal hayvonga jigari olib tashlangan hayvonning qoni, yoki plazmasi quyilsa, normal hayvon jigarida mitotik faollik ortadi. Agar normal hayvon qonini jigari zararlangan hayvonga qo'yilsa, mitoz sekinlashadi. Xulosa chiqarishmumkinki, zararlangan hayvon qonida regenerasiya jarayonini tezlashtiruvchi, normal hayvon qonida esa mitozni sekinlashtiruvchi modda bor. Demak, bunda qonning immunologik xususiyatlarini inobatga olish kerak. Organlarni ohb tashlash, yoki boshqa ta'sirlar organizmning immunologik imkoniyatlariga ta'sir etadi, autoantitelo hosil bo'ladi, hujayra bo'linishiga ta'sir etadi.
Somatik embriogenezdan regenerasiyaning farqi shundaki, regenerasiya paytida organizmning biror qismi yo'qolsa ham, u hayotiyligini davom ettiradi. Somatik embriogenezda esa bitta, yoki bir nechta hujayradan yangi organizm paydo bo'ladi.
M. A. Voronsova, L. D. Liozner (1957) jinssiz, jinsiy ko'payish va regenerasiyani o'rganib, ularni 3 xil ko'payish usuli, deb ataganlar. Regenerasiya davrida differensiasiya, determinasiya, o'sish, integrasiya va boshqa embrional rivojlanish davrida sodir bo'ladigan jarayonlar kechadi. Ammo regenerasiya davrida sodir bo'ladigan bu jarayonlar ikkinchi marta, ya'ni jinsiy voyaga yetgan organizmda sodir bo'ladi.
Jinssiz ko'payish hayvonlar evolyusiyasi jarayonida tuzilishi jihatdan, quyidan yuqoriga borgan sari kamayib borgan. Yuqori bosqichda turgan hayvonlarda uchraydigan jinssiz ko'payishni, (ba'zi baliqlarda, kurkada) evolyusiya jarayonida paydo bo'lgan ikkilamchi hodisa, deb qarash kerak. Regenerasiya eng qadimgi jarayon bo'lib, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida to'qimalarning jarohatlanishi va tiklanishi shart. Tirik organizmlar dastlab bir hujayrali va sodda tuzilishga ega bo'lgan. Regenerasiya evolyusiya jarayonida ana shu organizmlarning kelib chiqishi va murakkablashuvi natijasida paydo bo'lgan va rivojlangan.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling