Ma’zua №6 Karyerlarni sun’iy usulda shamollatish


Download 1 Mb.
bet1/6
Sana21.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1683231
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 maruza kka hemis


Ma’zua № 6
Karyerlarni sun’iy usulda shamollatish.

1. Sun’iy shamollatishni qо‘llash sharoitlari va usullari.


2. Karyerlarda tabiiy havo almashishning jadallashishi.
3. Karyerni yuzasidagi ochilgan kon jinsini rangini о‘zgartirishi.
4. Texnik shamollatish vositalar klassifikatsiyasi.


Sun’iy shamollatishni qо‘llash sharoitlari va usullari.
Havo almashishning jadallashishi insonni maqsadli harakatini yо‘nalishi tushuniladi. Ish olib borilayotgan joyda atmosferaning sanitar-gigenik sharoitini meyorida ushlash uchun havoni almashishini jadallashishi yetarlik bо‘lmagan vaqtda karyerni sun’iy shamollatish kerak bо‘ladi.
Karyer havosini zararlantiruvchi shartlar quyidagilardan iborat:

  • yuzada shamol oqimi energiyasini kamayishi;

  • adibatikdan kamroq tik issiqlik gradiyentini hosil bо‘lishi;

  • karyer atmosferasiga zararlilarni ajralishni jadallashishini oshishi.

Yuzada shamol oqimini energiyasini kamayishi asosiy omil bо‘lib, u karyer atmosferasida zararli moddalarning havoda yig‘ilishiga sabab bо‘ladi. Yuqorida kо‘rsatildiki, yuzadagi havoning tezligi 2 m/s dan kam bо‘lsa, havo almashish karyer atmosferasi va yuza о‘rtasida qisqaradi, yuzadagi shamol energiyasini kamayishi bilan shamol oqimini ta’sir qiluvchi yо‘nalishi xususida zararlilarni jadal chiqarish kamayib qolmasdan, ammo chuqur gorizontlardan atmosferani turbulent jadallashini kamayishi natijasida shu oqimga ularni kirishi kamayadi.
Tik issiqlik gradiyenti karyerdagi havo almashishini konvektiv jadallashishini aniqlaydi. Adibatik gradiyentda, 10S 100 m ga karyer chuqurligi bо‘yicha teng bо‘lganda, unda atmosferani muvozanatini hohlamagan holati aniqlanadi, bu havoni xarakatini konvektiv chiqishi bilan uning mustahkam holati о‘rtasida chegaraviydir. Havoning mustahkam holati eng yoqimsizrog‘idir, shunday bо‘lgandan keyin mana holatida karyer atmosferasi bilan yuza о‘rtasida havo almashishi amaliy bо‘lmaydi, bu esa karyerda zararlilarni tezda yig‘ilishiga sharoit tug‘diradi. Amaliyot shuni kо‘rsatadiki, karyerni ruxsat etilmaydigan ifloslanishi, mustahkam atmosfera holati о‘rnatilgach, 1-2 soatdan keyin sodir bо‘ladi. Bunday karyerni atmosfera holati tik issiqlik gradiyenti G<10S 100 m va fazilatligi G<0 (atmosferani inversion holati) da boshlanadi.
Zararlalarni ajralishini jadallashishini kо‘payishi karyerni hozirgi texnologik jarayonida, odatda asosan portlash ishlari bilan bog‘liq, unda karyer atmosferasiga katta hajmda zaxarli gazlar va changlar ajratiladi. Bunda ikkita shartni saqlanishi (shamol oqimini energiyasini katta emasligi va G<10S 100 m) da karyerni juda ham kuchli gaz bо‘lishiga kelishi mumkin.
Yuqorida aniqlanishi bо‘yicha karyerni sun’iy shamollatishni hamma bor usullarini ikki gruppaga: tabiiy havoni almashishini jadallashishi usuliga va о‘zicha suniy shamollatish usuliga bо‘lish mumkin.
Tabiiy havo almashishi jadallashishi usuliga kiruvchi rejada karyerni tо‘g‘ri ariyentirga olish.
Karyerni a’lo shamollatish omili bо‘yicha о‘lchamlarini tanlash. (bortlarni qiyalik burchaklari, chuqurligi, rejadagi о‘lchamlari).
Karyerni yuzasida sun’iy qurilmalarni hosil qilishi, bular tezlikni о‘sishiga va shamol oqimini turbullashga yordamlashadi. Karyer yuzasidagi ochilgan kon jinslarini rangini о‘zgartirish. Maxsus adishlarda issiqlikni tо‘plash. Kon jinsini chuqurlikdagi issiqligidan foydalanish.
Karyerlarni о‘zicha sun’iy shamollatish usullariga quyidagilar kiradi: quvur va lahmlar yordamida shamollatish.
О‘z oqimli shamollatgich bilan shamollatish. Bu maxsus shamollatgich uskunalari yordamida hosil qilinadi. (issiqlik oqimi) issiqlik bо‘lmagan va issiqlik manbai (konvektiv oqim). Karyerlarni sun’iy shamollatish usullari ham yerlik va umumiy almashtirish shamollatish usuliga bо‘linadi. Yerli shamollatish bu solishtirilganda katta hajmdagi zararlilarni karyer ichini tozalash uchun foydalaniladi (alohida ishlash joyi, portlatilgan bloklar, berk xandoqlar, ag‘daradigan joylar va boshqalar) va nisbatan katta bо‘lmagan quvvatdagi shamollatish uskunasida olib boriladi.
Umumiy almashishi shamollatishini ifloslanishini hamda hamma karyer ichi bо‘shlig‘ini yoki uni katta bо‘lishini tozalash uchun qо‘llaniladi. Bunda quvvatli havo oqimi hosil qilish uskunasidan foydalaniladi, u bir qancha yuz metrga tarqladi, undagi havoning xarajati 1000 m3/sekund ni tashkil qiladi. Umumiy shamollatishni qiladigan ishi karyerlardagi tabiiy havo almashishi jadallashishi usulini odatda bajarish, bu esa sun’iy shamollatishni passiv usulidir. Bu sun’iy shamollatish usullari maxsus shamollatish uskunasidan foydalanishga asoslangan bо‘lib, u faol usuldir.
Karyerlarni tabiiy shamollatish shamol energiyasi va tabiiy issiqlik kuchi bilan olib boriladi. Sun’iy shamollatishning faol vositasi faqat yuzada, shamol katta bо‘lmaganda qо‘llaniladi. Ularni ishga kirgizish karyerda zararlilar yig‘ilguncha olib boriladi. Bu esa xavfli yig‘ilishi bо‘lishdan saqlaydi va karyerni shamollatish vaqtini kamaytiradi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling