Ma’zua №6 Karyerlarni sun’iy usulda shamollatish


Karyerni yuzasidagi ochilgan kon jinsini rangini о‘zgartirishi


Download 1 Mb.
bet4/6
Sana21.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1683231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 maruza kka hemis

Karyerni yuzasidagi ochilgan kon jinsini rangini о‘zgartirishi. Ochilgan kon jinsini yuzini asfalt, shlak, bitum bilan qoplash ularni rangini о‘zgartiradi, bu kuyun havo va yer massiv о‘rtasidagi issiqlik xolatini farqi. (Quyosh radiatsiyasi jadallashgan davr). Bu ishlanmagan yuzaga nisbatan. 2- 4 marotaba katta bо‘ladi. Bunda kuz davrida issiqlik oqimini yо‘nalishi о‘zgaradi. Ishlanmagan yuzada (havo soviydi) minus о‘rniga, plyusli havo oqimi (havo isiydi) kuzatiladi. Yuqorida kо‘rsatilgan misolda havoni qо‘shimcha isishi quyosh radiatsiyasiga nisbatan yutish qobiliyati oshishi bilan tushuntiriladi, bu yerda bir qancha qо‘shimcha yopiq laxmlarni о‘tkazishni va undan atmosfera havosini tushirishni tavsiya qiladi. Laxmni issiq massivi bilan havo uchrashib isiydi va karyerga kira boshlaydi, atmosfera havosini isitib unda havo almashishini yaxshilaydi.
Karyerga lahm orqali  vaqt ichida keltirilgan havoning qiymatini taxminan quyidagi formuladan aniqlash mumkin.


Q=a(tc-tb)F
Bu yerda: -lahmni chiqishda issiqlikni yо‘qolishini hisobga oluvchi koeffitsiyent (yerdagi kon jinsi qatlamini isitish va boshqalar); a-issiqlikni beruvchi koeffitsiyent; tc-lahm massivi issiqligini о‘rtacha qiymati; tb-lahmdagi havo issiqligini о‘rtacha qiymati; F-lahm devorining yuzasi.
Shuni ham nazarga olish kerakki, vaqt о‘tishi bilan lahm ni о‘rab turgan massivni kon jinsining issiqligi ularni havo bilan sovutilishi natijasida, buning oqibatida bu usulning samaradorligi kamayadi. Shuning uchun, yozgi davrda lahm orqali issiq havo berilib lahmni о‘rab turgan jinsni isitish shu bilan issiqlik ularda yig‘iladi. Qish vaqtida bu havo kon jinsini tabiiy issiqligi bilan birgalikda foydalaniladi.
Yer tagidagi suv issiqligidan foydalanish. Yer osti suvlari ularni sovushi bilan juda ham katta issiqlik ajratishi mumkin. Karyerni atmosferasiga berilgan bu issiqlik havoni isitadi va atmosferada konvektiv oqim bо‘lishiga va karyerni shamollatishni jadallashishiga yordam beradi.
Mana bu usulda sun’iy shamollatish karyer borti bо‘yicha quvir yotqiziladi yoki yuzadan bortga yoki karyer tagiga yopiq lahmlar о‘tkaziladi.
Shamollatishni haydash usuli qо‘llanilganda (rasm 6.5) yuzadan olinayotgan toza havo, shamollatish uskunasi orqali quvurga yoki lahmga berilib karyerga yotqizilib, ozod oqim kо‘rinishida tarqatiladi. Shamollatish uskunasi karyerni yuzasiga, xuddi shuningdek quvur bо‘yicha hohlagan yerga joylashtirish mumkin. Uni sо‘rib olish ishlashida ifloslangan havo karyerdan sо‘rib olinadi va yuqoriga chiqarib tashlanadi. Bu holatda sо‘ruvchi shamollatish usuli bо‘ladi.
Shamollatishni haydash usulida, toza havo tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ifloslangan xududga beriladi, bu esa uni nisbatan tezlikda shamollatishni ta’minlaydi. Havo oqimi katta ejektiruyushiy qobiliyatda bо‘lgan atmosfera havosining yaqinida ifloslangani sо‘rib oladi va ulardagi bо‘lgan zararlilarni suyultirib yuqorigi gorizontlarga tashlaydi yoki bixb bо‘lmagan yoki karyerni kam ifloslangan uchastkaga о‘tkaziladi. Havoni sо‘rib olish usulida juda ham ifloslangan havo tartib olinadi uni о‘rnini yonidagi uchastkadan tozaroq havo egallaydi. Zararlilarni ajratuvchi uskunalar odatda shu zararlilarni о‘rtasida joylashgan bо‘lib, toza havo о‘sha ifloslangan havo tortib olingandan keyin uning о‘rnini egallaydi. Natijada tortib olish usulida shamollatishni davomiyligi, haydovchi usulga nisbatan kо‘pdir. Tortib olish usulini yutuqlari shundan iboratki, ifloslangan havoni karyer chegarasidan tashqariga chiqarib tashlanadi. Bundan tashqari havo oqimini tezligi katta bо‘lmaganligi tufayli sо‘rish usulida о‘tirgan changlarni haydash bо‘lmasligidan qо‘shimcha chang hosil bо‘lish yо‘qotiladi. Bu haydash usulida havoni katta tezligida karyerga berilganda bо‘ladi.
Umuman olganda, quvurni qо‘llash yoki lahmlardan foydalanish shamollatishi havo jо‘natgich bо‘yicha hozirgi vositalarda havoni berishni chegaralanganligi uchun kam samaralidir. Bu usullar katta xarajatni talab qiladi, ayniqsa lahm shamollatishdan foydalanilganda, agarda bu lahmlar mana shu shamollatish uchun о‘tkazilsa. Kо‘rilayotgan usul samarali bо‘lishi mumkin faqat katta bо‘lmagan ifloslangan hududni shamollatishda va ifloslangan hududga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shamollatish quvurlarni yoki lahmlarni keltirilganda. Ammo, bular ishchi yerini va ifloslanish hududini doimo surilishi qiyinchiligi bilan bog‘langan.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling