Ma’zua №6 Karyerlarni sun’iy usulda shamollatish


Karyerlarda tabiiy havo almashishning jadallashishi


Download 1 Mb.
bet2/6
Sana21.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1683231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 maruza kka hemis

Karyerlarda tabiiy havo almashishning jadallashishi, ayniqsa, chuqur karyerlarni ishlab chiqarishda juda ham kerak. Havo almashishni hozirgi bor usulini salohiyati chegaralangan bо‘lib, ularning samaradorligi katta emas. Ular qо‘llanishning kerakligi shundaki, yuqorida havo xarakatini bо‘lishini jadallashishi yetarli bо‘lib, unda yaxshi samara karyerlar chuqur bо‘lmaganda bо‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda karyerlarda qо‘llanilayotgan havo almashish jadallashi ishning usullari sun’iy shamollatishning yordamchi vositasidir.
Rejada karyerni belgilash. Karyerda havo almashishni jadallashishini rejada shamolni kuchli yо‘nalishi bо‘yicha karyerni uzun о‘q tomonini belgilash bilan bо‘ladi (agarda foydali qazilma koni shunga ruxsat etsagina bо‘ladi).

Rasm 6.1. Shamolning yо‘nalishi bо‘yicha karyerni yaxshi shamollatish uchun uni planda joylanishi
Rasm 6.1 dan kо‘rinib turibdiki, OAV retsirkulyatsiya hajm hududida havo almashish OVSD xududidagi tо‘g‘ri harakatdagiga nisbatan kam jadallashadi, solishtirilganda katta emas. Rejada retsirkulyatsiya maydon hududi (shtrixlangan joy) karyerni taxminan yarim maydonini tashkil qiladi. Karyerni qisqa о‘qi bо‘yicha asosiy shamol yо‘nalishida belgilash (rasm 10. 1 b) retsirkulyatsiya hududining hajmi O|A|A||V||, tо‘g‘ri oqim hududi O|A|S| hajmidan katta. Kо‘rilayotgan karyerni rejadagi retsirkulyatsiya maydon hududi (shtrixlangan yer) karyerni umumiy maydonini 70-80% ni tashkil qiladi. Buning natijasida karyerda havo almashish yomonlashadi.
Kо‘rinib turibdiki, mana bu havo almashishni jadallashish usuli faqat rejada chо‘zilgan karyerlar uchun qо‘llaniladi. Uning qо‘llanishi mumkinligi konni rejadagi va relef yerida karyerlarni belgilash о‘lchamlari bilan chegaralangan.
Karyer о‘lchamlari. Karyerni tegishli о‘lchamini tanlash uning atmosferasida havo almashishni yaxshilashga yordam berishi mumkin. Karyerning chuqurligini shamollatishga katta ta’siri bо‘ladi. Karyer qanchalik katta bо‘lsa, havo tezligi shunchalik kichik bо‘ladi, shunday bо‘lgandan keyin karyerda havo almashinishi yomonlashadi.
Havo almashinishi jadallashishi karyerni chuqurligini N uni uzunligiga L shamol yо‘nalishi ta’sirini nisbatiga bog‘liq. Boshqa teng sharoitda qanchalik N/L nisbat kam bо‘lsa, shunchalik karyer tekislikka yaqin bо‘ladi va shamollatish yaxshi bо‘ladi. Bitkolov N.Z karyerni kichik deb hisoblaydi, agarda N/L<=0.1 dan kichik bо‘lsa, о‘rtacha chuqurlikda 0.1< N/L<0.2 va chuqur agarda N/L>=0.2 dan katta bо‘lsa. Rasm 10.2 karyerni ikki davrda ishlab chiqarish kо‘rsatilgan: N1/L=0.1 va N2/L=0.2 kо‘rinib turibdiki N/L nisbatni о‘sishi bilan karyerning hamma katta bо‘lagi retsirkulyatsiya hududini egallaydi (shtrixlangan xudud), N/L=0.3 da karyerning hamma pastki gorizontlari mana shu hududga kiradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling