Teodolit syo m kasin in g plani
Download 29.62 Kb.
|
Teodolit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y uzani gra fik (a) va an alilik usullarda aniqlash chizmasi.
- Poligon yuzasini un in g uchlari koordinatalari b oyicha an iqlash chizmasi.
- Sanoq olish m exanizm ining tuzilishi.
- Nivelirlash turlari.
- N iv e lirla rn in g asosiy geom etrik qlari
Teodolit syo m kasin in g plani. T o ‘rtburchak yuzasi uning balandligi va asosini o ‘lchab, S=a-b orqali topiladi. Trapetsiya maydonini topishda uning parallel tomonlari hamda balandligi o'lchanib. uning yuzasi с _ a + h ^ ifodasi 2 yordamida hisoblanadi. Yuzaning joydagi qiymatini topish uchun uning planda o'lchangan qiymati plan masshtabiga ko'paytiriladi. Yuzani ushbu usullarda o'lchash aniqligi planda ob’ekt tomonlari qanchalik darajada aniq o'lchanganiga bog'liq. Y uzani gra fik (a) va an alilik usullarda aniqlash chizmasi. Egri chiziqlar bilan chegaralangan kichik maydon yuzasini aniqlash uchun kvadral yoki parallel palctkalar qo'llaniladi. Kvadrat paletka shaffof plastik ustiga chizilgan tomonlari 1-2 mm.li kvadrat to'rlardan iborat. Planda shakl yuzasini o'lchash uchun paletka uning ustiga qo'yiladi va shakl ichiga to 'g 'ri kelgan kataklar sanaladi, yarim kataklar esa k o 'z bilan chamalab, ulami bir-biriga qo'shib, to'liq kataklarga aylantiriladi. Plan masshtabiga bog'liq holda har bir kvadrat katakka yer yuzasida to 'g 'ri keladigan maydon har xil bo'ladi. Masalan kvadrat kataklar tomoni 5 mm.dan chizilganda shakl yuzasi 120 katak bo'ldi deylik, plan masshtabi 1:1000 bo'lsa I sm = 10 m, I mm = I m, 5 mm = 5 m bo'ladi va bitta kvadrat katak yuzasi 25 m2 ni tashkil etadi. Kvadrat kataklar soni katak yuzasiga ko'paytirilsa, shakl yuzasi kelib chiqadi, ya'ni 120-25 m2 = 3000 m 2= 0,3 ga. Yuzani analilik usulda hisoblash. Yuzani analitik usulda aniqlashda shakl yuzasi joyda bevosita o'lchangan chiziqlar va ular orasidagi burchaklar natijalari yoki maydon chegaralari uchlarining koordinatalari bo'yicha hisoblanadi (34- rasm). Agar joyda uchburchakning ikki tomoni D] va D2 hamda ular orasidagi burchak /?2 o'lchangan bo'lsa, uning yuzasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Poligon yuzasini un in g uchlari koordinatalari b o'yicha an iqlash chizmasi. To'rtburchakning hamma tomonlari hamda ular orasidagi burchaklar Д> va o'lchangan bo'lsa, uning yuzasi quyidagiga teng bo'ladi: 2S=D , D2 sin p 2- Di Dt sin ft Yopiq ko'pburchak yuzasini uning uchlari koordinatalari bo'yicha hisoblash mumkin b u y e r d a x va у - koordinatalar; n - ko'pburchak uchlarining soni; к - ketma- ket 1 dan n gacha burchak uchlarining tartib raqami. Analitik usulda hisoblanganda yuzaning nisbiy xatosi 1:2000 dan oshmasligi lozim. Yuzani mexanik usulda hisoblash. Plan va xaritalarda shakllar (ekin maydonlari, o'rm onlar, aholi yashaydigan joylar, к о 'liar va h.k.) yuzasini m exanik usulda ham aniqlash mumkin. Bu usulda aniqlash uchun maxsus planim etr asbobidan foydalaniladi. Chiziqli, qutbli va elektron planimetrlar mavjud bo'lib, ulardan qutbli planim etrlar hozirgi paytda eng ko'p qo'llanilib kelinmoqda. Qutbli planimetr asosan qutb richagi, aylantirish richagi va karetkadan tashkil topgan. Qutb richagining bir uchida qutb - nina yukcha, ikkinchi uchida esa sharsimon boshli shtift joylashgan. Shtift karetkadagi chuqurlikka joylashtiriladi! Yuk ostidagi nina (qutb) plan yoki xaritaga sanchib qo'yiladi. Aylantirish richagining bir uchida metall gardishga olingan lupa o'm atilgan bo'lib, uning oslki sirtiga aylantirish indeksi qo'yilgan. Shakl yuzasi aniqlanayotgan paytda aylantirish nuqtasi shaklning chegarasi bo'yicha dasta yordamida sekin yurgiziladi. Aylantirish richagida shkala tushirilgan bo'lib, u orqali richagning uzunligi vem er yordamida aniqlanadi. Karetkadagi sanoq olish mexanizmi gorizontal doira - siferblat, hisob g'ildiragi va undan sanoq olish uchun vemerdan iborat. Siferblat 10 ta, hisob g'ildiragining silindrik sirti esa 100 ta teng bo'lakka bo'lingan. Vemerda hisob g'ildiragining 9 ta bo'lagiga teng oraliq 10 ta teng bo'lakka bo'lingan (36- va 37- rasmlar). Sanoq olish mexanizmidan to 'rtta raqamdan iborat sanoq olinadi. Sanoq olishda birinchi raqam siferblatdan. ikkinchi va uchinchi raqamlar hisob g'ildiragidan (vem em ing nol shtrixigacha bo'lgan to'liq bo'laklar soni), to ‘rtinchi raqam esa vemerdan (vem erdagi hisob g‘ildiragining biron bir shtrixi bilan tutashgan shtrix nom eri) olinadi. 36- ra sm O u tb li p lu n i m e t r n i n g u m u m iy tu z ilis h i: I - q u lb ric h a g i; 2 - a> lan tirish ric h a g i; 3 - k a rc tk a . 4 - yuk o stid a g i q u tb ; 5 - sh tift; 6 - a v la n tirish in d e k si (n u q ta si); 7- d astasi S an o q U -3 5 4 8. Sanoq olish m exanizm ining tuzilishi. 8 - ric h a g u z u n lig in i a n iq la sh u c h u n v c m e r; 9 - sife rb la t; 10 - h iso b g 'ild ira g i; 11- v e m c r: 12 -ric h a g u z u n lig i sh k a la si; 13.14- tu z a tg ic h v in tlar; 15,16 - m a h k a m la sh v in tla ri; 17- k o 'r s a tk ic h . Planimelrni tekshirish va yuzani hisoblash. Ish boshlashdan oldin hamma geodezik asboblar singari planimetr ham batafsil tekshiriladi va zarur hollarda tuzatib olinadi. Ishga yaroqli planimetr quyidagi shartlami qanoatlantirishi kerak: 1) hisob g'ildiragi o ‘z o 'q id a yerkin va vem erga tegmasdan aylanishi kerak. Buni tekshirish uchun aylantirish richagi qo'lga olinib, barmoq bilan hisob g'ildiragi aylantirib yuboriladi, shunda g'ildirak o 'z inersiyasi bilan bir necha sekund erkin aylanib turishi lozim. Agar ushbu shart bajarilmasa, vintlar bo’shatilib, verner bilan hisob g'idiragi orasi to 'g'rilanadi yana tekshirish qayta takrorlanadi; 2) hisob g'ildiragining gardishiga tushirilgan rifelli shtrixlar yo'nalishi aylantirish richagining o'q ig a parallel bo'lishi kerak. Tekshirish uchun qutb nuqtasi o'zgarm asdan biron shakl, masalan doira chegarasi ikki qutbholatida - o 'n g qutb (O 'Q ) va chap qutb (ChQ) da aylantirib chiqiladi va ular orasidagi farq uch bo'lakdan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar bu shart bajarilmasa, hisob g'ildiragining gardishiga rifelli shtrixlar yo'nalishining holati tuzatgich vintlar yordam ida to'g'rilanadi. Shundan keyin tekshirish yana takrorlanadi. Plan taxtaga tekis qilib yoyib qo'yiladi. Planimetming qutbi shunday joylashtirilishi kerakki, shakllar aylantirilib chiqilayotganda richaglar orasidagi burchak 30° dan kichik va 150° dan katta bo'lm asligi hamda sanoq olish mexanizmi plandan tashqariga chiqib ketmasligi kerak. Shakl chegarasida boshlang'ich nuqta belgilab olinadi va aylantirish nuqtasi shu nuqtaga qo'yiladi hamda sanoq L\ olinadi. Keyin shakl chegarasi bo'ylab aylantirish nuqtasi tekis, bir tezlikda soat mili yo'nalishi bo'yicha yurgizilib, boshlang'ich nuqtaga qaytib kelinganda U2 sanog'i olinadi. Keyin ikkinchi marta aylantirilib, boshlang'ich nuqtaga kelganda sanog'i olinadi. Bunda asbobni ikki marta aylantirish natijasida olingan U,, (Jh Uj sanoqlarining ayirmasi teng yoki shakl yuzasi 200 bo'lakchagacha bo'lsa, ular farqi 2 dan, 200 dan 2000 bo'lakchagacha b o 'lsa 3 dan, 2000 dan ortiq bo'lsa 4 dan ortiq b o lm aslig i kerak. Aks hollarda o'lchash ishlari qaytadan bajariladi. Agar U2 sanog'i U x sanog'idan yoki sanog'i U2 sanog'idan kichik bo'lsa, unda sanoqlar ayirmasi olinayotganda kichik sanoqqa 10000 qo'shib olinadi. Planimetrda yuzani hisoblash uchun uning bir bo'lagining qiymati aniqlanadi. Planimetming bo'lak qiymati deb uning kichik bir bo'lagi (vem er bo‘lagi)ga planda yoki joyda to 'g 'ri keladigan S yuzaga aytiladi. Planimetming bo'lak qiymati S m a’lum bo'lsa, shakl yuzasi S quyidagi ifoda bo'yicha hisoblanadi: 5 = A U S. bu yerda AU - planimetmi aylantirish boshida va oxirida olingan sanoqlar ayirmasi. Planimetr bo'lagining S qiymati quyidagi ifoda yordam ida aniqlanadi: s=s„/Au, bu yerda S„ - planda tanlab olingan geometrik shakl (kvadrat, doira va h.k.)ning m a’lum yuzasi. .V ni aniqlash uchun plan yoki xaritada yuzasi m a’lum bo'lgan shakl tanlanadi. Masalan, 1:10000 masshtabli planda koordinata to 'ri har 10* sm.dan chizilgan bo'lib, bir katak yer yuzasida 100 gektarga teng. y a ’ni S„ 100 ga. Plandagi shakllar yuzasini hisoblash qulay bo'lishi uchun planimetr bo'lagining qiymatini yaxlit songa, masalan, 0.1 ga yoki 10 n r ga keltirib olish kerak. Buning uchun aylantirish richagining uzunligi o'zgartiriladi, y a ’ni R2 ning qiymati quyidagi ifoda yordamida topiladi: R iH C i/C d -R i, bu yerda C, - richag uzunligi R\ bo'lgandagi qiymat; C2=0,2 ga. Aylantirish richagining uzunligi R2 sanoqqa qo'yiladi va yuzasi aniqlanishi kerak bo'lgan xaritadagi shakl bo'ylab planimetr aylantirilib chiqiladi. Olingan natijalar maxsus jadvalga yozib boriladi. Hamma shakllam ing yuzasi aniqlanib bo'lingandan so'ng, ulam ing yig'indisi umumiy yuzaning amaliy qiymati JJSa deb olinib, u analitik usulda topilgan va nazariy qiymat deb qabul qilingan bilan solishtiriladi. Bunda o'lchash xatosi quyidagicha aniqlaniladi: /= и > аГр № Xatoning chekli qiymati quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: /sdKkii=0,7 5 v a - 0,05 М / 10000 4 s . bu yerda S - planimetming bo'lak qiymati, n - yuzasi aniqlangan shakllar soni, M - plan masshtabining maxraji; S - umumiy yuzaning yaxlitlangan qiymati. Planimetr asbobining afzalligi shundan iboratki, u m a’lum matematik shakllar - doira, to'rtburchak, ko'pburchak, uchburchak ko'rinishida bo'lm agan shakllar (ekin maydonlari, ko'llar, yaylovlar va h.k.) yuzasini yetarlicha aniqlikda o'lchashga imkon beradi. Nivelirlash turlari. Yer yuzasidagi nuqtalaming joylashgan balandliklarini aniqlashda bajariladigan ishlar majmuiga vertikal syomka deyiladi. Joy relefini o ’rganib. uni plan yoki xaritada tasvirlash xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo'jaligida alohida ahamiyal kasb etadi. Joy relefini sinchiklab o'rganib, uni to 'g 'ri tasvirlagandagina shirkat, fermer va o'rm on xo'jaliklari yerlaridan to 'g 'ri foydalanish, yo'llar, aholi yashaydigan punktlar, sug'orish va kollektor- zovur tarmoqlari va boshqa meliorativ inshootlami to ’g'ri loyihalashtirish imkoniyati tug’iladi. Relefni qog'ozda tasvirlash uchun joyning xarakterli nuqtalari dengiz yuzasiga nisbatan aniqlansa, u mutlaq (absolyut) balandlik deyiladi. N uqtalam ing balandliklarini aniqlash uchun dasilab ular orasidagi nisbiy balandliklar aniqlanadi. Ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashga nivelirlash deyiladi.Nisbiy balandlikni aniqlash usuliga k o r a , trigonometrik. fizikaviy, barometrik, stereofotogram m elrik va avtom atik nivelirlashlar farqlanadi. Geometrik nivelirlash gorizontal nur yordam ida bajariladi. Gorizontal ko'rish nuri hosil qilinadigan asbobga nivelir deyiladi Trigonometrik nivelirlash qiya nur yordamida bajariladi. Bunda nivelirlanadigan nuqtalar orasidagi masofa bilan qiyalik burchagi o'lchanadi. Fi:ika\’iy nivelirlash barometrik, gidrostati va aeroradio nivclirlashlarga bo'linadi. Barometrik nivelirlash barometrlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda ikki nuqtada havo bosimlari o'lchanib, ulam ing ayirmasi orqali bir- biriga nisbatan balandliklari topiladi. Gidrostatik nivelirlash tutash idishlardagi suyuqlikning yuzi hamma vaqt bir xil balandlikda bo'lishiga asoslangan. Aeroradio nivelirlash samolyotlarga o'm atilgan radio balandlik o'lchagich va statoskop yordamida bajariladi. Bu asboblar yordam ida yer vuziga nisbatan samolyotning balandligi va uning uchish vaqtidagi balandligining o zg arish i aniqlanadi. Olingan qiym atlar yordam ida yer yuzidagi nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar hisoblanadi. Stereofotogrammelrik nivelirlash bitta joyning ikkita nuqtadan olingan surati (stereojufti)ni kuzatganda hosil bo'ladigan joyning stereomode I ini o ‘lchash orqali bajariladi. Avtom atik nivelirlash joy profili avtomatik ravishda chiziladigan asbob yordamida bajariladi. Yuqorida qayd qilib o ’tilgan nivelirlash turlari ichida geometrik nivelirlash eng aniq natijalar beradi va shu boisdan ushbu usul injenerlik ishlarida ko'proq qo'llaniladi. Geometrik nivelirlash. uning turlari va usullari. Nivelirlash ishlari uchga bo'linadi: 1) bo'ylama nivelirlash; 2) ko'ndalang nivelirlash; 3) yuzani nivelirlash. Bo'ylam a nivelirlash bir necha yuz metr yoki kilom etr masofada quriladigan y o 'l, kanal kabi uzunasiga ketgan inshootning o 'q chizig'i deb yuritiluvchi joyning o 'rta chizig'i bo'yicha olib boriladi. Ushbu o 'q chiziq o'tadigan bo'ylam a jo y trassu deb ataladi. Ko'ndalang nivelirlashda trassa o 'q chizig'ining ikki yon tomonlaridagi relefning xarakterli nuqtalarining o'rinlari o ‘q chiziqqa nisbatan belgilanib, balandliklari bo'ylam a nivelirlash vaqtida aniqlanadi. Yuzani nivelirlashda qishloq xo'jalik ekinlari ekiladigan yerlar, stadion, aeroport kabi inshootlar quriladigan maydon yuzasi nivelirlanadi, joy relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. Bo'ylam a va ko'ndalang nivelirlash natijalari bo'yicha bo'ylam a va ko'ndalang profil chiziladi. Trassa o'm ini belgilash bilan bog'liq dala ishlari trassalash deyiladi. Trassa 100 m.Ii kesmalarga bo'linadi, bu tadbir piketlash deb yuritiladi. ular qoziqlar qoqib mahkamlanadi. 13 3 S - ra sm H - J n iv e lirin in n |> u m u m iy lu z ilis h i: I - k o 'r is h tru b a si, 2 - silin d rik a d ila k , 3 - d o ira v iy a d ila k , 4 - tag lik . 5 - k re m a le ra , 6 - m a h k a m la s h v in ti. 7 - q a ra tish v inti: 8 - e le v atsim i v in t, 9 - o k u ly ar, 10 - o b ’e k tiv ; 11 - k o ta rg ic h v in tlar; 12 - d o ira v iy a d ila k n in g tu z a tg ich v in tlari: 13 - n ish u n g a o lish q irra la n nivelirining um um iy tuzilishi: 1 - k o 'r is h iru b a si; 2 - k rc m a lc ra . 3 - d o ira v iy a d ila k ; 4 - o b e k tiv ; 5 - o k u ly a r; 6 - q a ra lis h \ in tlari; 7 - d o ira v iy la g lik ; 8 - k o t a r g i c h v intlar. J J ' N iv e lirla rn in g asosiy geom etrik qlari: Г Г '- in ib a n in g k o 'r is h o 'q i ; C l - silm d rik a d ila k o 'q i ; 77. ’- d o ira v iy a d ila k o 'q i ; J J - n iv e lim in g a y la n ish o 'q i ; H H ‘ - ip la r tu rin in g g o riz o n ta l ipi. Ushbu nuqtalar piketlar deyiladi va PK belgisi bilan belgilanadi. Trassa bosh nuqlasi 0 dan boshlanadi (bu nolinchi piket PK0 ko‘rinishida yoziladi). Ikki qo'shni piket orasidagi joyning balandlik bo'yicha xarakterli nuqtasi ply us nuqta deyiladi va uning o ‘mi oldingi piketga nisbatan o'lchab topiladi. Masalan, 4- jadvaldagi PK|+75 o'm ini belgilashda piket nomeridan keyin plyus ishorasi qo'yilib, uning piketdan uzoqligini ko'rsatuvchi son yoziladi. Millimetrli qog‘ozdan tayyorlangan maxsus daftarchaga (piketlash daftarchasi) trassa o'qidan o 'n g va chap tomondagi tafsilotlar plani chiziladi. Piket va plyus nuqtalar o ’mi piketlash daftarchasida masshtab bo'yicha belgilanadi. Geometrik nivelirlash ikki turga o'rtadan va oldinga nivelirlashlarga bo'linadi. O 'rtadan nivelirlashda nivelir A va В nuqtalr o'rtasiga o'm atiladi Nivelir mustahkamlagich vint yordamida shtativ ustiga o'm atiladi. Shtativ boshmoqlari yerga botirilib o'm ashtirilganda, uning ustki qismini taxminan gorizontal bo'lishiga e ’tibor qilinishi kerak. Shunday qilinmasa, nivelirdagi doiraviy adilak pufakchasini o'rtaga keltirish uchun buraladigan ko'targich vintlam ing buramasi yetmay qolishi mumkin. Ko'targich vintlari yordamida doiraviy adilak pufakchasi nol punktga keltiriladi. Buning uchun avval 2 ta ko'targich vint yordamida pufakcha nol punkt qarshisiga olib kelinadi, keyin esa uchinchi ko'targich vint yordam ida nol punktga keltiriladi. So'ngra niveliming ko'rish trubasi reykaga qaratiladi va mahkamlash vinti bilan mahkamlanadi, qaratgich vinti orqali asosiy vertikal ip reyka o'rtasiga to'g'rilanadi. Reykadan sanoq olishdan oldin elevatsion vint yordamida silindrik adilak o'qi gorizontal holga keltiriladi, ya’ni ko'rish maydonidagi adilak pufakchasi yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi. S o'ngra reykadan sanoq asosiy gorizontal ip bo'yicha olinadi. Sanoq olishda avval gorizontal ip to 'g 'ri kelgan detsimetrli bo'lak qiymati o'qiladi, keyin detsimetrli bo'lakning yuqori chetidan gorizontal ipgacha to'liq santimetrli bo'laklar va oxirgi to"liq bo'lm agan santimetrli bo'lakning millimetrdagi qiymati cham alab olinadi. Nivelirdan reykagacha bo'lgan masofani aniqlashda dalnomer iplardan ham shu tartibda sanoq olinadi. Texnik nivelirlashda bo'yi 3 - 4 m, eni 8 - 1 0 sm. qalinligi 2 - 3 sm bo'lgan ikki tomonli, yaxlit va yig'm a reykalardan foydalaniladi. Ikki tomonli reykalam ing bir tomonida santimetrli bo'laklar oq va qora, ikkinchi tomonidagilari oq va qizil rangda shashkasimon chizilgan va raqamlar yozilgan. Reykaning qora ranglr tomoni qora, qizil rangli tomoni qizil tomon deb nomlanadi. Qora tomonda reyka eng pastidan boshlab santimetrli oq va qora bo’laklarga bo'linadi va 0 dan boshlanib 3000 yoki 4000 da tugaydi. Sanoq olish qulay bo'lishi uchun bo'laklarni har detsimetri «Е» shaklidagi belgidan boshlanadi va qiymati detsimetr (dm) birlikda yoziladi. Har metr 10 detsimetrga, detsimetr 10 sm.ga bo'lingan. Bir bo'lakning qiymati 1 sm = 10 mm. Qizil tomonda sonlar 0 dan boshlanmay, balki boshqa bir kata sondan, masalan 4687, 4700, 4800 mm.dan boshlanadi. Reykaning qora va qizil tomonidan olingan sanoqlar ayirmasi doimiy son bo'lib, nivelirlashni bekatda tekshirish uchun xizmat qiladi. Truba teskari tasvir berganidan reyka yozuvlari teskari. ko'rish m aydonida esa ulami tasviri to 'g 'ri bo'ladi. Sanoqlar reykaning quyi qism ida ortib boradi. Texnikaviy nivelirlashda reyka bo'laklaridan sanoq to 'm in g o 'rta ipidan millimetrgacha aniqlikda olinadi. Bunda ko'rish maydonining tepasidan pastga tomon o 'rta ipigacha avval yozuvli, keyin yozuvsiz bo'laklar soni aniqlanadi. 38- rasmda H-3 va H-3K nivelirlarida sanoq olish ko'rsatilgan. Nivelirlashda reykalar qattiq joy yoki mustahkam qoqilgan yog'och yoki temir qoziq. boshmoqlar ustiga vertikal holda qo'yiladi. A va В nuqtalarda reykalar vertikal holda o'm atiladi. Silindrik adilak pufakchasi uchlari elevatsion vint yordamida tutashtirilgandan so 'n g reykadan sanoq I mm aniqlikda olinadi. B o'laklar sanog'i reyka tagidan yuqoriga tomon orta boradi, ya’ni h - a - b. bu yerda a va b - reykalardan olingan sanoqlar. Agar nivelirlash A nuqtadan В nuqtaga tomon bajarilsa, A dagi reyka orqa, В dagi reyka esa oldingi reyka bo'ladi. Shunga binoan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik orqa va oldingi reykalardan olingan sanoqlar ayirmasiga teng. Agar a > b bo'lsa, nisbiy balandlik musbat, a < b bo'lsa, manfiy ishorali bo'ladi. Oldinga nivelirlashda nivelir asbobi A nuqtaga o'm atiladi (41b- rasm). Truba ko'rish o'qi gorizontal holatga keltiriladi va asbob balandligi i o'lchanadi hamda oldingi reykadan b sanog'i olinadi. Bunda h ~ i - b. y a’ni nisbiy balandlik asbob balandligidan oldingi reykadan olingan sanoqning ayirilganiga teng bo'ladi. Download 29.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling