Ma’zua №6 Karyerlarni sun’iy usulda shamollatish
Rasm - 6.5 Haydash usuli yordamida karyerni shamollatish sxemasi
Download 1 Mb.
|
6 maruza kka hemis
Rasm - 6.5 Haydash usuli yordamida karyerni shamollatish sxemasia va b-quvurni qо‘llash va lahmdan foydalanishga tegishli. Karkin razrezida uni shamollatish uchun tajriba asosida stvollar foydalanilgan. Unda havoning tezligi 5 m/sek ni tashkil qilgan. 10 soat ichida karyerdan umumiy hajm havosini 1 %ga teng havo yо‘qotilgan. Kо‘rinib turibdiki, bu usul umumiy shamollatish uchun mana shunday katta Karkin karyerini 6*108 m3 xajmini tashkil qilgan uchun foydalanish mumkin bо‘lmagan. Karyerlarni shamollatish uchun yengil quvurlardan foydalanishi uni dirijabl yoki aerostatda ushlab turish g‘oyasi ham bо‘lgan. Oldindan hisoblanishi bо‘yicha bu usul qimmatdir. Yuqorida kо‘rsatilgan kamchiliklarga asosan sun’iy shamollatish usuli trubani qо‘llanish bilan va lahmdan foydalanish hozirgi vaqtda karyerlarda qо‘llanilmayotibti. Uni yordamchi usul sifatida qо‘llaniladi, agarda karyerda boshqa sabablarga kо‘ra lahm olib borilsa, masalan, konni quritish uchun olib borilgan lahmlar shamollatish uchun foydalanilganda. Texnik shamollatish vositalar klassifikatsiyasi. Karyerlarni ozod oqim shamollatishni qо‘llanishda texnik vositalarni quyidagi guruxlarga bо‘lish mumkin: Shamollatgichlar bazasidagi qurilmalar. Tayyora texnikasi asosidagi uskunalar. Issiqlik uskunasi. 1 guruxdagi uskunalarga odatiy shaxta shamollatgichlari va karyerlar uchun maxsus tayyorlangan shamollatgichlar kiradi. 2 guruxda turbovintli va turboreaktiv tayyora dvigatellari, xuddi shuningdek vertolyotlarni olib ketuvchi vintlari qо‘llaniladi. 3 gurux uskunalari qilib qizdirilgan havo massa harakatini konvektiv prinsipi foydalaniladi. Bunday uskunalarni asosiy bо‘limlari issiqlik ajratuvchi elementlardir. Karyerlarni shamollatish uchun temperatura bо‘yicha ozod havo oqimini hosil qilinayotgan uskunalar izotermik va izotermik bо‘lmagan oqimlarga bо‘linadi. Ozod havo oqimi izotermik deb ataladi, unda temperatura о‘rab turgan havo temperaturasiga teng. Mana bu oqim katta bо‘lmagan quvvatdagi uskunada hosil qilinadi. Ular shamollatgichlar bazasi uskunasiga kiradi, ba’zi bir uskunalar tayyora texnikasi bazasi (yerli shamollatish uskunasi UMP-1, UMP-14, UMP-21), ularda tayyora elektr yoki dizel dvigatellari foydalaniladi. Izotermik oqimni turbovintli tayyora dvigatellari bilan kuchli uskunalarda dvigatelni ishlashida yongan mahsulot gazini hosil qilingan ozod havo oqimini hududidan yо‘qotish holatida hosil qilish mumkin. Bu masalan NK-12KV uskunasida bajarilgan. Izotermik bо‘lmagan deb nomlanadigan ozod havo oqimida temperaturasi о‘rab turgan havodan farq qiladi. Odatda iziotermik bо‘lmagan oqmda havo temperaturasi о‘rab turgan muhitga nisbatan yuqori bо‘ladi uni oldindan dvigatel bilan isitilganligi tufayli. Har qanday dvigatel uning oldidan о‘tuvchi havoni isitadi. Shuning uchun hamma havo oqimi tayyora texnika bazasi uskunasida, hamda shamollatishbazasi uskunasida va issiqlik bilan hosil qilingan izotermik bо‘lmaganidir. Lekin, oqimdagi havo isishi darajasi (ya’ni oqimdagi va о‘ralgan havodagi temperatura farqi) juda ham har xil. Masalan agarda shamollatgichlar yoki tayyora bazasidagi katta bо‘lmagan uskunalarda oqimni boshlanishda isish bir necha о‘n gradusdan oshmasa, turboreaktiv bazasidagi dvigatellarda u bir necha 100 graduslarga yetadi. Shuning uchun oqim kichik isishda (10 gradus) izotermik hisoblanadi, katta isishi bо‘lganda (100 gradus) izotermik bо‘lmagan hisoblanadi. Izotermik bо‘lmagan oqim turbovintli va turboreaktivli dvigatellar bazasidagi quvvatli uskunalarda (AI-20 KV, UVU-1, NK-12KV ishlangan gazlarni olinmasdan), xuddi shuningdek issiqlik uskunalari hosil qilinadi. Izotermik va izotermik bо‘lmagan karyerlar oqimi bilan shamollatish samaradorligini solishtirilganda izotermik oqimni qо‘llashni lozim topiladi. Eng muhimi ular eng iqtisodiy kamxarajatlidir. Havo birlik hajmiga izotermik usulda qilingan xarajat quvvat bо‘yicha kamdir. Bu juda ham kerak, chunki karyerlarni sun’iy shamollatish bо‘lganda, katta energiya xarajatini talab qiladi. Ikkinchidan izotermik oqim о‘lchamlari karyerdagi temperatura sharoitiga bog‘liqligi umuman yо‘q. Masalan: gorizontal izotermik oqimni uzoqqa ketishi karyer atmosferasini stratifik temperaturasiga bog‘liq emas, tik uzoq ketish karyer atmosferasi inversion holatda bо‘lganda, uskunasi yoqilgandan keyin bir necha vaqt о‘tgandan keyin ishchi qiymatiga yetadi. Izotermik bо‘lmagan oqim о‘zini о‘lchamlarini yetarli darajada temperatura sharoitiga bog‘liq holda о‘zgartiradi. Temperatura stratifikatsiyani eng kuchli ta’siri konvektiv oqimda atmosferani inversion holatida bо‘ladi, ular tо‘xtashi mumkin, ularni о‘rab turgan havo temperaturasigacha sovutulganda. Shamollatgichlar bazasidagi uskunalarda shaxta о‘tuvchi shamollatgichlari (tip «Proxodka», VM va boshqalar) yoki quvvatli turg‘un shamollatgichlar qо‘llaniladi. Maxsus karyer shamollatgichlar (PVU-6) ni ishlab chiqarish tajribasi bor. Bu uskunalarni hammasi karyerni katta bо‘lmagan ifloslangan hududini shamollatish uchun qо‘llaniladi. Shamollatgichlar quvur va quvursiz foydalanishi mumkin. Quvursiz shamollatgichlar ifloslangan hududni kо‘ndalang о‘lchami shamollatgichni uzoqqa ketish oqimidan katta bо‘lmasagina qо‘llaniladi. Bu odatda xududiy ifloslanish bо‘ladi, alohida ishlayotgan mashinalardan (ekskavatorlar, burg‘ulash stanoklari va boshqa). Bu holatda shamollatgich ifloslanmagan hududga joylashtirilib, uning oqimini zararlarini chiqarayotgan man’baga yо‘naltiriladi, yо‘naltirilgan havo harakati natijasida havoni buzuvchi zaharli qо‘shilmalar ishchi maydonidan yо‘qotiladi va karyer atmosferasida tarqatib yuboriladi. Agarda, ifloslanayotgan hudud о‘lchami, shamollatgichni uzoqqa otish oqimidan katta bо‘lsa yoki qandaydir sababga kо‘ra u ifloslangan hududga joylasha olmasa, uzoqroq masofaga olib borilishi kerak, shamollatish uchun quvurli shamollatgichlar qо‘llaniladi. Bu holatda shamollatilayotgan hududdan 100-150 m masofada ular joylashtiriladi. Bunga о‘xshash uskunalar odatda, haydashga ishlatiladi, toza havo quvir orqali ifloslangan hududga yuboriladi. Shuning uchun toza havo hududidan toza havo eshigi bо‘lishi kerak shamollatgichni xoxlagan joyga quvur uzunligi bо‘yicha о‘rnatish mumkin: boshlanishda (havo eshigi yerida), о‘rtasi yoki oxirida (shamollatish hajm) bо‘lishi mumkin. Uskuna sxemasi rasm 17.5, a da kо‘rsatilgan sxemalardan farq qilmaydi. Izotermik oqimni hosil qilish uchun katta unumdorlikdagi shaxta shamollatgichlaridan (hozirgi shaxta shamollatgichlari 500-600 m3/s unumdorligiga ega). Lekin ularni dinamik bosimi bо‘yicha K.P.D. katta emas, og‘irlik 200-300 t yetadi. Bu esa amaliyotda ularni mobilligini yо‘qotadi. Bu esa karyerni shamollatish uskunasiga kerak. Oxirgi yillarda IGMTK M.M.Fedorov nomli va NIIOGR instituti maxsus karyer shamollatgichini ishlab chiqdi, shuni bazasi asosida Dangiprouchlemash xarakatlanuvchi shamollatgich uskunasi PVU-6 ni hosil qildi (rasm 6.6). Qurilma ikki temir yо‘l platformasi har birining yuk kо‘tara olishi 63 t ga о‘rnatilgan. Birinchi platformaga shamollatgich bilan aylantiradigan rama va aylantirish mexanizmi о‘rnatilgan, ikkinchisiga elektr uskuna va boshqarish apparatlari joylashtirilgan. Shamollatgichni ishchi g‘ildiragini diametri 1.8 m unumdorligi 200 m3/s, dinamik bosimi 7500 Pa, oqimni gorizontal bо‘yicha uzoqqa borishi karyerda inversiya bо‘lmaganda 700 m, mana shu masofada shamollatgich hosil qilinayotgan debit 33500 m3/s, elektrdvigatel quvvati 2000 kvt. Tayyoragoh texnika bazasidagi uskuna. Tayyoragoh texnikasi asosida hozirgi vaqtda qator uskunalar hosil qilingan va qо‘llanilgan, shulardan tayyora dvigatellari, yoki faqat tayyora va vintlar vintliridir. SSSR Minqorametallga qarashli IGD boshliqligida boshqa tashkilotlar bilan birgalikda asosiy razrabotkalar ishlandi. Tayyora vint va turbovintli dvigatelpar texnika bazasi asosida qurilmalar hosil qilindi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling