2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet62/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

jadval

Ko‘payish
Bo‘linish
Endogoniya

Bir hujayralilarda

Bir hujayralilarda
> Shizogoniya
Kurtaklanish
Sporogoniya
Jinssiz

Ko‘p hujayralilarda
Vegetativ Poliembrioniya Sporogoniya Fragmentatsiya
> Konyugatsiya
Kopulyatsiya

Ko‘p hujayralilarda

Otalanmasdan
(partenogenez)
Otalanib
Jinsiy

Jinsiy ko‘payish
Isrofgarchilik, ko‘p energiya sarflanadi
Genetik xilma-xillikka olib keladi
Evolutsiya uchun foydali
Kam energiya sarflanadi
Jinssiz ko'payish ► Klonlar hosil bo‘ladi
Genetik bir xillikka olib keladi
Evolutsion ahamiyati kam
Jinssiz yo‘l bilan hayvonlar ham, o'simliklar ham ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishning quyidagi usullari mavjud: bo‘linish, endogoniya, ko‘plab bo'linish (shizogoniya, sporogoniya) kurtaklanish, vegetativ ko'payish.
Bo‘linish yo‘li bilan asosan sodda hayvonlar (amyobalar, xivchinlilar), bir hujayrali o'simliklar (xlorella, xlamidomonada) ko'payadilar. Endogoniya usulida ichki kurtaklanish kuzatiladi. Masalan, toksoplazmada, ona toksoplazma kurtaklanib, avval ikki qiz organizm hosil qiladi, ha’zan csa ichki kurtaklanish jadallashishi natijasida juda ko‘p qiz organizmlar paydo bo‘lishi mumkin.
Shizogoniya (ko'plab bo'linib ko‘payish) yo'li bilan sodda hayvonlar ko'payadi. Masalan, bezgak paraziti yadrosi dastlab juda ko‘p mayda bo'laklarga ajralib, keyin ular atrofini sitoplazma o‘rab oladi. Natijada, bitta hujayradan ko'plab qiz hujayralar ho­sil bo'ladi.
Kurtaklanishda ona organizmda dastlab bo'rtma paydo bo‘ladi. Bo‘rtma o‘sib ona organizm shakliga va hajmiga yetgandan so‘ng ajralib, mustaqil hayot kechira boshlaydi. Bunday usul bakteriyalarda, achitqi zamburug'larda, so'ruvchi infuzoriyalarda, kavakichaklilarda uchraydi.
Spora hosil qilib ko'paysh sodda hayvonlardan sporalilar sinfi vakillarida, ko‘p hujayralilardan paporotniksimonlarda uchraydi. Spora — ular hayot siklining bir davri bo‘lib, qobiqqa o‘ralgan hujayradan iborat. Keyinchalik bu hujayra ko‘payish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Vegetativ ko‘payishda yangi organizm ona organizmning bir qancha hujayralari to‘plamidan hosil bo'ladi. Bu usul bilan ko'payish juda sodda tuzilgan ko‘p hujayrali hayvonlarda (kavakichaklilar, g‘ovaksimonlar, yassi va yumaloq chuvalchanglarda) hamda ko‘pchilik o'simliklarda uchraydi.
Vegetativ ko‘payishning o'ziga xos xili — poliembrioniya mavjud. Bunda embrion bir necha marta bo‘linadi. Embrionning ana shu bo'laklaridan keyinchalik mustaqil organizm rivojlanadi. Poliem­brioniya parazitik hayot kechiruvchi ayrim arilarning lichinkalarida, sutemizuvchilardan bronenosetsda uchrashi mumkin. Odamda bir tuxumli egizaklar tug‘ilishi ham poliembrioniya hisoblanadi.


  1. Download 1.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling