2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet102/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Vaziyatga oid masalalarni yeching va test topshiriqlarini bajaring, javoblaringizni isbotlang.

O‘quv jihozlari.
Rasmlar va jadvallar, mulajlar, qon mikropreparatlari, makro- preparatlar, slaydlar, qon elementlari elektron mikrofotografiyalari, mikroskoplar, diaproektor, kodoskop, tirik obyekt — baqa va uni yorib o‘rganish uchun zarur jihozlar (taxtacha, mahkamlovchi ignalar, qaychi, qisqich).
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar o'qituvchi yordamida mashg'ulot mavzusini nazariy o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng, mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun baqa yoriladi. Bunda baqaning o'pkasi, yuragi, buyragining tuzilishi alohida o‘rganiladi. Keyin umurtqalilar har xil sinflari vakillarning qon mikropreparatlari, elektron mikro­fotografiyalari o‘rganiladi. Vaziyatga oid masalalar va test topshiriqlari yechiladi, ular albomga yozib olinadi. Mashg'ulot oxirida topshiriqlar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baho- lanadi va keyingi mashg‘ulot uchun topshiriqlar beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.

  1. Yurak qorinchasidan chiqqan arterial konus uchta tomir hosil qiladi: Bittasidan arterial qon oqadi, ikkinchisidan aralash qon oqadi, uchinchisidan venoz qon oqadi. Bu yurak umurtqalilarning qaysi sinfiga mansub? Uning yuragi qanday tuzilgan?

  2. Qushlar va sutemizuvchilarda to‘rt kamerali yurakning hosil bo‘lishi yirik aromorfoz hisoblanadi. Ana shu aromorfoz qushlar, ayniqsa, sutemizuvchilarning boshqa a’zo va sistemalari rivojlanishiga qanday ta’sir ko'rsatgan?

  3. Bolaning yoshi ikkida, uning terisi ko‘kish rangli, tez-tez nafas oladi, tana harorati normadan past. Klinikada „yurak porogi“ diagnozi qo'yilgan. Ammo yurak klapanlari normal tuzilganligi aniqlangan. Yurak yoki qon tomirlardagi qanday buzilishlar yuqoridagi o'zgarishlarga olib keladi?

  4. Odamda uchraydigan qon kasalliklaridan ayrimlarida periferik qonda ko'proq tuban umurtqalilarga xos bo'lgan qon shakl elementlari paydo bo'lishi, gemopoezda qatnashmaydigan a’zolarda ham qon hosil qilish markazlari kuzatilishi mumkin, buning sabablarini tushun- l.irib bera olasizmi?

I 1 Tibbiy biologiya va genetika
Test topshiriqlari.

  1. Ikkilamchi nafas olish qaysi sinf vakillari uchun xarakterli?

A. Baliqlar. B. Reptiliyalar. D. Qushlar. E. Hamma sinflar uchun. F. Bunday xususiyat umurtqalilarda uchramaydi.

  1. Yurak qorinchalari orasida to'siq birinchi marta qanday sinfda hosil bo‘ladi?

A. Baliqlarda. B. Qushlarda. D. Reptiliyalarda. E. Amfibiyalarda. F. Sutemizuvchilarda.

  1. Yadroli eritrotsitlar, yadroli trombotsitlar qanday sinf vakillarida uchraydi?

A. Hamma umurtqalilarda. B. Sutemizuvchilarda. D. Faqat reptiliyalarda. E. Faqat amfibiyalarda. F. Sutemizuvchilardan boshqa sinf vakillarida.

  1. Odam buyragida nefronlar soni qancha?

A. 0,5 mln. B. 2 mln. D. 1 mln. E. 300 ming. F. 100 ming.

  1. Buyrak geterotopiyasi nlma?

A. Taqasimon buyrak rivojlanishi. B. Buyrak bel sohasida joylashishi. D. Buyrakning juda past joylashishi. E. Bitta buyrak rivojlanishi. F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Qaysi sinf vakillarining nafas olish sistemasi eng yaxshi rivojlangan?

A. Amfibiyalar. B. Qushlar. D. Reptiliyalar. E. Baliqlar. F. Sutemizuvchilar.

  1. Yurak anomaliyalarini ko‘rsating:

A. Bo'lmachalar va qorinchalar o'rtasida to‘siq bitib ketmasligi. B. Yurakning ikki yoki uch kainerali bo'lishi. D. Botallo oqimi bitib ketmasligi. E. A va D javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Qon tomirlar anomaliyasini ko‘rsating:

A. Botallo oqimi bitib ketmasligi. B. Bo'lmachalar orasida to‘siq bitib ketmaganligi. D. Tomirlar transpozitsiyasi. E. A va D javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Ayirish sistemasi evolutsiyasi qanday yo‘ nalishlarda borgan?

A. Ayirish sathi kattalashishi. B. Metabolitlar to'la va tez chiqarib tashlanish imkoniyati rivojlanishi. D. Ayirish nayining takomillashuvi. E. Suv va kerakli moddalar yo'qotilishi cheklanishi. F. Hamma javoblar bir-birini to‘ldiradi.

  1. Qon hosil qiluvchi sistema evolutsiyasi qanday yo‘nalishlarda borgan?

A. Shakl elementlari tuzilishining takomillashuvi. B. Qon

hujayralari funksiyalarining takomillashuvi. D. Qon hosil qiluvchi a’zolarning konsentratsiyalashishi va markazlashishi. E. Hamma javoblar bir-birini to'ldiradi. F. Faqat D javob to‘g‘ri.

  1. mavzu. ENDOKRIN, NERV, JINSIY
    SISTEMALARNING FILOGENEZI


Mavzuning mazmuni.
Endokrin sistema faoliyatini integratsiyalovchi markaz gipota- lamo-gipofizar nerv sistemasi (GGNS) hisoblanadi. Sekret ishlovchi hujayralar ham nerv, ham bez xususiyatlariga ega. Ular to'planib GGNS yadrolarini hosil qiladi. Yadrolarda ishlangan sekret hujayra aksonlari yordamida uni saqlovchi va transformatsiya qiluvchi depoga — gipofiz orqa bo‘lagining o‘rta do‘mboqchasiga o‘tkaziladi. Bu mahsulot rilizing-faktor yoki liberin deb ataladi. U qonga o‘tkaziladi. Baliqlar va amfibiyalarda sekretor hujayralar faqat bitta preoptik yadro hosil qiladi. Amfibiyalarda neyrogipofizning o‘rta do‘mboqchasi aniq shakllanib, qon bilan alohida ta’minlanadi. Bu holat yuqori tuzilgan umurtqalilarning gipotalamo-gipofizar sistemasi uchun xos holatdir, chunki ular quruqlikka chiqishi muno- sabati bilan organizmda suvni saqlab qolish ehtiyoji tug‘iladi. Natijada, GGNSda sintezlanuvchi antidiuretik gormonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga o'tishiga imkoniyat tug'iladi.
Reptiliyalardan boshlanib GGNSning preoptik yadrosi ikkiga: supraoptik va paraventrikular yadrolarga ajraladi.
Demak, yuqori tuzilgan umurtqalilarda GGNS uch qismdan tuzilgan:

  1. sekret ishlab chiqaruvchi yadrolar (supraoptik va paraventrikular );

  2. sekretor hujayralar aksonidan tuzilgan va sekretni depoga yetkazuvchi yo'l-trakt;

  3. neyrogipofiz.

Gipofizni tuzilishi va faoliyatiga qarab uch qismga bo‘lish mumkin: old, o‘rta (adenogipofiz), orqa (neyrogipofiz).
Oldingi bo‘lakda somatotrop, tireotrop, adrenokortikotrop, follikula yetilishini jadallashtiruvchi, luteinlovchi, laktotrop gormonlar nintezlanadi. O‘rta bo‘lakda melanfor gormoni ishlab chiqariladi.
Gipofizning orqa bo‘lagi GGNSning bir qismi bo‘lib, funksional iicy rosekretor sistema bilan bevosita bog'langan. Bu yerda gormonlar ■lintezlanmaydi, balki gipotalamusda sintezlangan vazopressin, oksitotsin, rilizing-faktor (liberin) neyrosekretor trakt orqali shu yerga to'planadi.
Reptiliyalar va qushlarda gipofiz bo‘laklari aniq shakllangan, boshqa umurtqalilarda esa gipofiz aniq bo‘laklarga ajralmagan. Qalqonsimon bez organizmda umumiy modda almashinuv jarayonini jadallashtirish bilan bog‘liq (48- rasm). Bu bez follikulalardan tashkil topgan va epiteliy hujayralaridan tuzilgan. To'garak og‘izlilarda va baliqlarda bez aniq shakllanmagan. Bez follikulalari hiqildoq usti biriktiruvchi to'qimasida bittadan yoki to'plangan holda joylashadi. Amfibiyalarda bu bez ikki bo'lakdan iborat bo‘lib, uzuksimon tog'ayga bog'langan. Reptiliyalarda bu bez to‘liq o‘rganilmagan. Kaltakesaklarda qalqonsimon bez disk yoki taqa shakliga ega bo‘lib, ikki bo'lakdan iborat. Qushlarning qalqonsimon bezi ikkita izolatsiyalangan bo'laklardan iborat. Sutemizuvchilarda bu bez bo‘yin yordamida birikib turuvchi ikki bo‘lakdan tuzilgan.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling