Tog‘ adaptiv tipi — atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, gipoksiya, sovuq, ovqatning nisbatan bir xilligi sharoitida shakllangan.
Xarakterli xususiyatlari:
0‘zbekiston aholisining ayrim qismlari tog'li adaptiv tiplarga kiradi.
Antropogen ekosistemalar asosiylari urbanobiotsenozlar va agrobiotsenozlar.
Agrobiotsenozlar (qishloq biotsenozlari) — turlar tarkibi cheklangan bo‘lib, asosan madaniy o‘simliklar va uy hayvonlaridan tashkil topadi. Ekologik aharoitlarning: havo, suv, atrof-muhit omillarining nisbatan yaxshi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Tibbiyot nuqtai nazardan bu ekosistemalarda antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinellez), geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomozlar), biogelmlntozlar (shistosomoz, trixinellez) ko‘p tarqalgan, atrof-muhit kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanganligini e’tiborga olib, ularning profilaktikasi, atrof- muhitni muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi.
Urbanotsenoz (shahlar biotsenozi) ijobiy tomonlari — hayot darajasi yuqoriligi, umumiy kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan pastligi, aholining ish bilan ta’minlanishi va tibbiy yordam yaxshi yo'lga qo'yilganligidir.
Ammo urbanotsenozlarning salbiy tomonlari ham anchadir:
aholi zichligi yuqumli kasalliklar ko‘p tarqalishiga omil hisoblanadi.
shovqin, gipodinamiya, shahar hayotining ancha tangligi, keskinligi asab, ruhiy, yurak-tomir kasalliklari uchun zamin hisoblanadi (bu kasalliklar qishloqqa nisbatan 1,5-2 baravar ko'proq uchraydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |