Xo‘jayin organizmida joylashishi. Parazit erkaklarda siydik yo‘llari, siydik pufagi va prostata bezida, ayollarda esa siydik yo‘llarida, qinda, siydik pufagida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Hamma joylarda uchraydi.
Morfologiyasi. Ichak trixomonadasiga
qaraganda yirikroq, orqa qismida o'tkir o‘simta ko'rinib turadi (59- rasm).
Hayot sikli. Parazitning faqat vegetativ shakli mavjud. Sista hosil qilmaydi. Jinssiz usulda ko‘payadi. Faqat odamlarda parazitlik qiladi (antroponoz). Kasallik manbai kasal odam hisoblanadi. Odamga jinsiy aloqa orqali,
kasalning kiyimlari, o‘rin-ko‘rpasi orqali yuqadi.
Ayollarni ginekologik tekshirish vaqtida ifloslangan, yaxshi steri- lizatsiyalanmagan
instrumentlar, vrach qo'lqopi orqali ham yuqishi mumkin.
Laboratoriya tashhisi qo‘yish uchun siydik-tanosil yo‘llaridan
surtma olinib, bo‘yaladi va mikroskopda tekshiriladi.
Profilaktikasi. Shaxsiy gigi- yena va jinsiy aloqalar gigiyenasiga amal qilish orqali kasallik oldi olinadi.
Lambliya (Lamblia
intestinalis)
Lambliya (Lamblia intestinalis ) — lamblioz qo‘zg‘atuvchisi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Ingichka ichak (o‘n ikki barmoqli ichak)da yashaydi. O‘t yo'llariga ham o‘tishi mumkin.
Geografik tarqalishi. Hamma joyda uchraydi.
59- rasm. Qin trixomonadasi. —qobiq; 2—sitoplazma; 3—yadro;
4—to'lqinlanuvchi membrana;
5—aksotil; 6—xivchin.
Morfologiyasi. Noksimon shaklga ega, oldingi qismi yuma- loqlangan, orqa qismi esa o‘tkir- lashgan. Xarakterli xususiyat- lari —
bilateral simmetriya, 4 juft xivchinlar,
yopishish diski mav-
judligi. Yo‘g‘on ichakda to‘rt yadroli sistalarni hosil qiladi (60- rasm).